dv
koeffitsiyenti, Pa • s\ S— ichki ishqalanish yuzasi, m
2
; —harakatdagi qatlam
qalinligi bo'yicha tezlik gradiyenti (siljish tezligi), 1/s; v — qatlam oqimining tezligi,
m/s; n — harakatdagi qatlam qalinligi, m. (6.38) tenglamadan dinamik qovushqoqlikni
aniqlaymiz:
(6.39)
SI tizimida dinamik qovushqoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining shunday
qovushqoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m
2
siljish bosimi ta'sirida
chiziqli tezligining gradiyenti siljish tekisligiga perpendikular bo'lgan 1 m
masofada 1 m/s bo'ladi. Dinamik qovushqoqlikning bu birligi N s/m
2
yoki
Pa • s o'lchovga ega.
Amalda ko'pincha dinamik qovushqoqlikning suyuqlik zichligi p ga bo'lgan
nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushqoqlikdan foydalaniladi, ya'ni
(6.40)
Kinematik qovushqoqlik SI da m
2
/s o'lchovga ega. Qovushqoqlik amalda
puaz (P) va santipuaz (sP) birliklarida o'lchanadi. Bu birliklar SI dagi
qovushqoqlikning birligi bilan quyidagicha bog'langan:
Nyuton qonuniga bo'ysunuvchi suyuqliklar, ya'ni qovushqoqligi jadal
mexanik ta'sirlarga bog'liq bo'lmagan siljish (surilish tezligiga chiziqli
bog'lanish) ga ega suyuqliklar
nyuton suyuqliklari deyiladi. Agar bu bog'lanish
chiziqli bo'lmasa, u holda bunday suyuqliklar
nonyuton suyuqliklar deyiladi.
Suyuqliklar, eritmalar, plastik va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi
nonyuton suyuqliklar guruhiga kiradi.
Oziq-ovqat sanoatida ko'pincha qovushqoqlik shartli birliklarda (VU
graduslarida) o'lchanadi, bu birliklar ma'lum hajmdagi tahlil (tahlil)
qilinayotgan suyuqlikning oqib ketish vaqtining shu hajmidagi distillangan
suvning oqib ketish vaqtiga nisbatidan iborat:
(6.41)
Qovushqoqlikni o'lchash paytida haroratning ta'sirini e'tiborga olib, te-
gishli tuzatishlar kiritish lozim.
Suyuqlik qovushqoqligini o'lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu
asboblar ishlash prinsipi jihatidan kapillar, zoldirli, rotatsion, tebranishli va
ultratovushli asboblarga (viskozimetrlarga) bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: