Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Vaznli zichlik o'lchagichlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Vaznli zichlik o'lchagichlar. Vaznli zichlik o'lchash asboblarining ishlash 
prinsipi nazorat qilinayotgan suyuqlikning ma'lum bir doimiy hajmining 
vaznini uzluksiz o'lchab turishga asoslangan. 
Toza suyuqliklar zichligi o'lchashdan tashqari vaznli zichlik o'lchagichlar 
suspenziya va tarkibida qattiq moddalar bo'lgan suyuqliklar zichligini 
o'lchashda ham ishlatiladi. 
6.34-rasmda pnevmatik o'zgartkichli vaznli zichlik o'lchagichning prin-
sipial sxemasi keltirilgan. Suyuqlik rezina tarnov va metall silfonlari 6 bo'l-
gan sirtmoqsimon quvur 1 dan o'tadi. Sirtmoqsimon quvur pnevmoo'z-
gartkichining to'sig'i 2 bilan bog'liq. Suyuqlik zichligi oshganda sirtmoqsimon 
quvurning vazni ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan to'siq 2 
oralig'i kichrayadi, o'zgartkichdagi bosim ko'tariladi. 
188 


Unifikatsiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silfon 5 ga 
uzatiladi (teskari aloqa). Silfondagi bosim suyuqlik zichligining o'zgarishiga 
mutanosib o'zgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob 
bilan o'lchanadi. Asbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon quvur to'ldirila-
yotgan paytdagi amaliy haroratda o'lchaydi. 
Vaznli zichlik o'lchagichlarning afzalligi sirtmoqsimon quvur kesimining 
doimiyligi va quvurdan suyuqlikning katta tezlikda o'tishidir. Bu esa suyuqlik 
tarkibidagi qattiq jismlarning sirtmoqsimon quvur tubiga (devorlariga) 
cho'kishiga yo'l qo'ymaydi. Sanoatda 500 ... 2500 kg/m
3
o'lchash chegaralariga 
mo'ljallangan vaznli zichlik o'lchagichlar chiqariladi. O'lchashdagi asosiy 
xatolik ± 2 % . 
6.35- rasmda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o'qituvchilari 
yaratgan zichlik o'lchagichning sxemasi keltirilgan. 
U korpus va o'lchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan 
suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuqlik bilan to'ldirilgan oraliq kamera 
4 va pnevmoo'zgartkich vazifasini bajaradigan kamera 5 dan iborat. Zichligi 
o'lchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtutseri 6 orqali to'xtovsiz kelib 
turadi va undan chiqish shtutseri 7 orqali chiqib ketadi, bu esa kamerada 
suyuqlikning bir sathda turishini ta'minlaydi. Oraliq kamera 4 idish 3 tubi 8 
ning siljishini kuzatish uchun mo'ljallangan, u bikir markazli elastik 
membrana 9 dan iborat, markaz kamera 4 ning tubida o'rnatilgan. Kamera 
5 soplo 10 bilan jihozlangan. Siqilgan havo naycha 11 orqali kamera 5ga doimiy 
drossel 12 orqali kiradi. Membrananing bikir markazi soplo 10 ning to'sig'i 
rolini o'ynaydi. Membrana 8 ning suyuqlik vazni (zichligi) ga bog'liq bo'lgan 
siljishi oraliq kamera 4 orqali membrana 9 ga beriladi, bu membrana siljib 
soplo 10 ni bekitadi. Kamera 5 dagi havo bosimi o'lchash asbobi 2 yordamida 
nazorat qilib turiladi va suyuqlikning zichlik o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. 
Membrana-vaznli zichlik o'lchagich o'lchash sezgirligi va aniqligini 
oshirishga imkon beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling