Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

r
va J
t
 — tegishlicha ish va 
taqqoslash kanallaridan o'tgan 
nurlanish oqimlarining jadalligi. Signal kuchaytirgich 5 dan kompensatsion 
pona 3 va o'lchash asbobi 7 bilan kinematik bog'langan reversiv dvigatel 
6 ga tushadi. Signalning fazasiga qarab, reversiv dvigatel har ikki kanaldagi 
oqimlarning jadalligi bir xil bo'lmaganiga qadar ponani suradi; bu yerda signal 
nolga teng bo'ladi. Kompensatsion ponaning vaziyati tahlil qilinayotgan 
muhitning konsentratsiyasining o'lchovi bo'ladi. Shkalaning nol nuqtasi 
zaslonka 8 bilan o'rnatiladi. Shkalaning o'lchov chegarasi kompensatsion 
ponaning yo'lini o'zgartirish bilan amalga oshiriladi. 
Suyuqlik analizatorlarida P- nurlanishdan foydalanilganda o'lchashning 
ikki usuli — suyuqlikning P- nurlanish tutamini susaytirish va uning 
qaytarilishi qo'llanilishi mumkin. Birinchi usul tahlil qilinayotgan muhitdan 
o'tgan P- nurlanish jadalligini o'lchashga, ikkinchi usul tahlil qilinayotgan 
muhit qaytargan P- nurlanish jadalligini o'lchashga asoslangan. Ikkinchi usulda 
radioaktiv manba va nurlanish detektori nurlanish bevosita detektorga 
tushmaydigan qilib o'rnatiladi. 
P va j- nurlanishlardan foydalanish uchta va undan ortiq komponentli 
suyuqliklar tarkibini tahlil qiladigan analizatorlar yaratishga ham imkon 
beradi. Uch komponentli suyuqliklarni tahlil qilish uchun, masalan P-
zarralar tutamlarining zaiflanish va qaytarilish koeffitsiyentlarini ayni bir 
vaqtda o'lchashdan foydalanish mumkin, chunki bu samaralar energiyalari 
yetarli darajada turlicha bo'lgan yumshoq j- nurlanish tutamlarining tarkibiga 
turlicha darajada bog'liq bo'ladi. 
6.4- §. SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI O'LCHASH 
Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini, ba'zi hollarda esa 
tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni 
avtomatik o'lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoq-
laridagi bir qator jarayonlarni avtomatlashtirishdagi muhim vositalardan 
hisoblanadi. Masalan, bug'latuvchi qurilmalar, absorber, distillatsion, 
rektifikatsion va boshqa uskunalarni nazorat qilish hamda boshqarishda 
185 


zichliklarni uzluksiz o'lchab turilish talab qilinadi. Ba'zi ishlab chiqarishda 
suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentratsiyasini aniqlash maqsadida 
o'lchanadi. 
Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi, ya'ni 
(6.29) 
bu yerda: p — zichlik, kg/m
3
; m — moddaning massasi, kg; V— modda hajmi, m
3

Suyuqlikning zichligi haroratga bog'liq va normal (20 °C) haroratda 
quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: 
(6.30) 
bu yerda: P
t
— suyuqlikning ishchi haroratidagi zichligi, kg/m
3
; p — suyuqlik hajmiy 
issiqlik kengayishining o'rtacha koeffitsiyenti, 1/°C; t — suyuqlik harorati, °C. 
Sanoatda suyuqlikning zichligini o'lchash uchun qalqovichli, vaznli, 
gidrostatik va radioizotopli zichlik o'lchagichlar ko'p qo'llaniladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling