Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Fotoelektrik kalorimetrlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
178
Fotoelektrik kalorimetrlar spektrning ko'rinadigan qismida ishlash uchun mo'ljallangan. Konsentratsiyani o'lchash tahlil qilinayotgan moddaning ho'yalish jadalligi bo'yicha bajariladi, asbobning nomi ham shundan olingan („kolor" — rang degani). Odatda, fotokalorimetrlar spektrning keng sohasida ishlaydi, shuning uchun ularda nurlanish manbalari sifatida cho'g'lanish lampalaridan foydalaniladi. O'lchash sezgirligi va tanlanishini oshirish uchun fotokalorimetrlarda yorug'lik filtrlaridan keng foydalaniladi. Yorug'lik oqimlarining jadalligini qayd etish uchun qabul qilgichlar sifatida turli fotoelementlar, fotoqarshiliklar va fotoko'paytirgichlardan foydalaniladi. Avtomatik fotokalorimetrlarda, odatda, ikki kanalli (differensial) sxema- lar qo'llaniladi. Bu sxemalar yorug'lik manbayidagi o'zgarishlarga sezgir emas, chunki ularda o'lchash ishlari taqqoslash usulida bajariladi. Ikki kanalli kalorimetrlarda (6.27-rasm) ikki fotoelementning fototoklari taqqoslanadi; fototoklardan birining kattaligi nazorat qilinayotgan eritma orqali o'tayotgan yorug'lik oqimiga, ikkinchi fototokning kattaligi esa etalon eritmadan o'tgan yorug'lik oqimiga mutanosib bo'ladi. Etalon va tekshirilayotgan suyuqliklarning optik xossalari bir xil bo'lgan hollarda har ikki fotoelementning yoritilganligi bir xil bo'ladi va ko'prik diagonalida tok bo'lmaydi. Agar tekshirilayotgan suyuqlik etalon suyuq- liknikidan farq qiladigan konsentratsiyaga ega bo'lsa (kuchli yoki kuchsiz bo'yalgan bo'lsa), u holda ko'prikning diagonalida tok paydo bo'lib, uning kattaligi konsentratsiyaga funksional bog'liq bo'ladi. Optik qismining nisbatan murakkabligi va sxema elementlari spektral tavsiflarining o'lchash natijalariga ta'sir qilishi bu asboblaming kamchiligi hisoblanadi. Bunday asboblaming xatoligi kyuvet darchalarining va nurlar yo'lidagi boshqa elementlaming bir xilda ifloslanmasligi tufayli katta bo'ladi. Suyuqlikda erimay qolgan muallaq zarralar konsentratsiyasini nazorat qi- lish uchun loyqa muhitlarda yorug'lik- ning sochilishiga asoslangan usullar qo'llaniladi. Agar loyqa muhit orqali yorug'lik oqimi o'tkazilsa,. u holda uning bir qismi suyuqlikdagi zarralar orqali sochiladi. Nazorat qilinayotgan suyuq- likda muallaq zarralar konsentratsiyasi qancha yuqori bo'lsa, yorug'lik oqimi- ning shuncha katta qismi sochiladi. Bunda nazorat qilinayotgan suyuqlik orqali o'tayotgan yorug'lik oqimi jadal- ligining kuchsizlanishi ham (turbidi- metrik o'lchash) yorug'lik oqimining sochilish jadalligi ham (nefelometrik o'lchash) konsentratsiya o'lchovi bo'li- shi mumkin. 179 « Ikki optik kanalli nefelometrning prinsipial sxemasi 6.28-rasmda ko'rsatilgan. Yorug'lik oqimi manba 1 dan chiqib, shisha darchalar 3 bilan jihozlangan o'lchash kamerasi 2 orqali o'tadi. Kamera 2 orqali o'tgan yorug'lik oqimi taqqoslash kanaliga yo'naladi, sochilgan yorug'lik oqimi esa o'lchash kanaliga yo'naladi. Har ikki oqim obtyurator 4 yordamida navbatma-navbat fotoelement 5 ga tushadi. Sochilgan yorug'lik oqimi bilan taqqoslash oqimi o'rtasidagi farq (ayirma) muallaq zarralar konsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Nefelometrlarda yorug'lik oqimlarining kompensatsiyalanish prinsipidan foydalaniladi, buning uchun ularning notengligi mavjud bo'lga- nida elektron kuchaytirgich chiqishiga ulangan reversiv dvigatel RD asbob strelkasini optik pona 6 sari siljitib, yorug'lik oqimlarini tenglashtiriladi. Nefelometrlar, asosan, emulsiyalarni tkhlil qilishda va qisman oqova suvlardagi neft mahsulotlari miqdorini tahlil qilishda ishlatiladi. Turbidimetrik analizatorlar ichimlik va oqova suvlarning loyqaligini, tindirgichlar va texnologik uskunalardagi shlam sathini, suspenziyalardagi zarralar konsentratsiyasini o'lchashda qo'llaniladi. Turbidimetrik analizatorlar suv loyqaligini o'lchaydigan 0—3 dan 0—500 mg/1 gacha o'lchash chegarasiga ega, o'lchash xatoligi ±2 % dan oshmaydi. Konsentratsiyani aniqlashning polarimetrik usuli ba'zi optik jihatdan aktiv moddalarning ulardan o'tayotgan qutblangan yorug'likning qutblan- tirish tekisligini aylantirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Optik jihat- dan aktiv moddalari bor eritmalar qutblanish uchun qutblanish tekisligini aylantirish burchagi a eritma qalinligi bir xil turganida shu eritma qatlamiga mutanosib bo'ladi: (6.21) bu yerda: a 0 — qutblanish tekisligining qutblangan yorug'lik haroratiga, uning to'lqin uzunligiga bog'liq bo'lgan solishtirma aylanishi; / —qatlam qalinligi; C—eritmaning konsentratsiyasi. Shunday qilib, a 0 ning qiymatini bilgan holda, I ni o'lchangan qiymati bo'yicha konsentratsiya С ni aniqlash mumkin. 180 6.29-rasmda avtomatik polarimetrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Yorug'lik nurlari manba 1 dan chiqib, linza 2 yordamida parallel tutamga yaqinroq yorug'lik tutamiga aylantirilgach, interferension filtr 3 dan o'tib, monoxromatik bo'lib qoladi. Polarizator 4 bu nurlanishni azimuti ma'lum qutblangan chiziqli nurlanishga aylantiradi. Modulator 5 (masalan, Faradey yacheykasi) qutblanish azimutini / chastota bilan o'rta vaziyatdan bir xildagi kattalikka o'zgartiradi. Analizator 7 qutblanish azimutining o'rtacha vaziyatiga nisbatan 90° burchak hosil qilib o'rnatilgan (ayqash vaziyat) bo'lib, foto qabul qilgich 8 ga qutblanish azimuti o'zgarishining qo'shaloq chastotasi (2/) ga teng modulatsiyali amplituda bilan kiradi. Foto qabul qilgich ta'minlash bloki 9 dan ishlaydi va nurlanishni elektr signaliga o'zgartiradi. Agar modulator bilan analizator o'rtasiga optik jihatdan aktiv obyekt 6 joylashtirilsa, u holda qutblanish azimuti o'rtacha vaziyatdan ma'lum burchak a ga o'zgaradi va foto qabul qilgichga / chastotali nurlanish kiradi. / chastotali elektr signal elektron kuchaytirgich 10 da nomuvofiqlik signalini hosil qiladi, bu signal analizator bilan bikir aloqaga ega bo'lgan ijro mexanizmi 11 ga keladi. Nomuvofiqlik signalining fazasiga qarab, ijro mexanizm analizatorning tizimini optik o'qi atrofida u yoki bu tomonga buradi. Bu hoi to ayqash vaziyat yana qaror topguniga qadar davom etadi va analizatordan keyin nurlanish chastotasi 2/ga teng bo'lmay qoladi. Analizatorning burilish burchagi qutblanish azimutining optik jihatdan aktiv obyekt bilan birga aylanish burchagiga teng bo'ladi. O'lchash natijalari analizator bilan ijro mexanizmi orqali bog'langan sanoq qurilmasi 12 da qayd etiladi. Qutblanish-optik usullar amalda inersiyasiz bo'lib, yuqori aniqlikka egadir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling