Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

{
— kumush xlorid qoplangan kontaktli elektrod bilan xlorid kislota 
orasidagi potensialning keskin o'zgarishi; E
2
— xlorid kislota eritmasi bilan shisha 
elektrod zoldiri ichki yuzasi o'rtasidagi potensialning o'zgarishi; Е
ъ
— simob bilan 
kalomel o'rtasidagi yordamchi elektroddagi potensialning o'zgarishi; E
x
 — shisha 
elektrod zoldiri tashqi sirti bilan tekshirilayotgan eritma o'rtasidagi potensialning 
o'zgarishi. 
E
v
 E
2
va Е
ъ
kattaliklar nazorat qilinayotgan eritmaning tarkibiga bog'liq 
bo'lmaydi va faqat haroratga qarab o'zgaradi. Shisha elektrod zoldirining tashqi 
yuzasida hosil bo'ladigan elektr yurituvchi kuch E
x
eritmaning pH miqdori 
va temperaturasi bilan aniqlanadi hamda (6.18) tenglama bilan hisoblanishi 
mumkin. Binobarin, pH-metr elektr zanjirining yig'indi EYK ma'lum 
harorat uchun tekshirilayotgan eritmadagi vodorod ionlari aktivligining 
funksiyasidan iboratdir. Bu EYK ni o'lchab tekshirilayotgan eritma uchun pH 
kattalikni topish mumkin. 
Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o'zgarganida shisha elektrodning 
elektrod potensiali o'zgaradi. Buning natijasida eritmaning turli haroratlaridagi 
175 


aynan bir xil kattalikdagi pH larga elektrod 
tizimining turli qiymatlari mos keladi. 
6.24-rasmda elektrod tizimi EYK ning na-
zorat qilinayotgan eritmaning turli haroratlaridagi 
pH lariga bog'liqlik xarakteri ko'rsatilgan. Erit-
maning harorati ortishi bilan tizim tavsifining tik-
ligi oshadi. Izopotensial nuqta deb ataladigan A 
nuqtada to'g'ri chiziqlar kesishadi va demak, 
elektrod tizimining EYK eritmaning haroratiga 
bog'liq bo'lmaydi. Bu nuqtada eritma haroratining 
shisha elektrod ichki va tashqi potensiallariga ta'siri 
o'zaro kompensatsiyalangan. Izopotensial nuqta-
ning E
t
va рН
и
bilan belgilangan koordinatalari 
elektrod tizimining eng muhim tavsiflari hisob-
lanadi, ularga pH-metrning harorat kompen-
satsiyasi sxemasini hisoblashda amal qilinadi. 
Sanoat pH-metrlarida o'lchash elektrodi va yordamchi elektrod bitta 
korpusda joylashtiriladi va sig'imlarda o'rnatiladigan, botirib qo'yiladigan 
datchiklar tarzida yoki quvurlarda o'rnatiladigan, oqar suvda turadigan datchik 
tarzida tayyorlanadi. pH zanjirning EYK ini o'lchashda odatda kirish qarshiligi 
katta bo'lgan avtomatik potensiometrlardan foydalaniladi, ularning shkalasi 
pH birliklarida darajalanadi. Tekshirilayotgan eritmalarning harorati keng 
chegaralarda o'zgarib turganida o'lchash tizimida eritma haroratlarining 
o'zgarib turishini avtomatik kompensatsiyalovchi qurilma bo'lishi kerak. 
Asbobsozlik sanoatida ishlab chiqariladigan pH-metrlarning eng ko'p 
tarqalgan turlariga pH-201 va pH-261 xillari kiradi. Ularning o'lchash 
o'zgartkichlari o'zgarmas kuchlanish bo'yicha 0—50 mV va tok bo'yicha 
0—5 mA chiqish signallariga ega bo'ladi. Bu esa ularning avtomatik potensio-
metrlar, nazorat qilish va rostlash qurilmalari bilan birgalikda ishlashga imkon 
beradi. 
pH-metrning komplekti pH-201 eritmalarida vodorod ionlari aktivligini 
o'lchash, qayd etish hamda rostlash uchun mo'ljallangan. pH-metrga oqar 
suvda turadigan datchik — sezgir element DM-5M shisha va kumush xlorid 
qoplangan elektrodlar bilan, yuqori chastotali sanoat o'zgartkichli P-201 va 
o'ziyozar potensiometr KSP-2 kiradi. 
Sanoat P-201 o'zgartkichi pH larni o'lchashda qo'llaniladigan elektrod 
tizimlarining sezgir elementlari EYK ni unifikatsiyalangan o'xshash elektr 
signallariga o'zgartirish uchun mo'ljallangan. O'zgartkich ko'rsatuvchi asbob 
M1730A (yoki M325) bilan jihozlangan. O'zgartkich chiqish toki bo'yicha 
manfiy teskari aloqa bilan qamrab olingan o'zgarmas tok kuchaytirgichidan 
iborat, bu esa katta chiqish qarshiliklari olishga imkon beradi. P-201 
o'zgartkichi bilan elektrod tizimining EYK ni o'lchash sxemasi 6.25-rasmda 
ko'rsatilgan. Elektrod tizimining o'lchanadigan EYK E
x
teskari ishorali U
Mq 
176 


kuchlanish bilan taqqoslanadi. Bu kuch-
lanish rezistor R dan kuchaytirgichning 
chiqish toki I
chiq
o'tayotganida kuchlanish 
tushuvi natijasida hosil bo'ladi. Binobarin, 
elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga 
U
kir
 = E
x
 — U
chiq
kuchlanishlar ayirmasi be-
riladi; bu yerdan 
Elektron kuchaytirgichning kuchaytirish 
koeffitsiyenti (u kuchaytirgich chiqish 
kuchlanishining kirish kuchlanishi nisbatiga 
teng) qiymati ancha katta bo'lganida U
chi
>> 
U
kir
bo'ladi, shuning uchun U
kir
ning qiy-
matini hisobga olmasa ham bo'ladi. U holda 
Shunday qilib, rezistor orqali o'tayotgan tok kuchi amalda elektrod 
tizimida hosil bo'ladigan EYK ga mutanosib bo'ladi. Uning kattaligini o'lchab, 
E
x
ning va binobarin, eritmaning pH miqdorini aniqlash mumkin. 
O'zgartkichda o'lchash chegaralari 10 dan 100 mV gacha bo'lgan 
o'ziyozar potensiometrlarni ulash uchun kuchlanish va tok bo'yicha 
chiqishlari bor. Harorat kompensatsiyasi 0 dan 100 °C gacha. Sezgir 
elementdan o'zgartkichgacha yo'l qo'yiladigan eng katta masofa 150 m. 
Chiqish signallari o'zgarmas tok bo'yicha 0—5 mA; o'zgarmas tok kuchlanishi 
bo'yicha 0 dan (10—100) mV gacha. Ko'rsatishlarni aniqlash vaqti 10 s. pH-
201 asbobida pH sonlarini o'lchashning besh chegarasi bor: 1; 2,5; 5; 10; 
15. Elektr chiqish signallari bo'yicha asosiy xatolik ± 1 %. Ko'rsatuvchi asbob 
bo'yicha ±2 %. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling