Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
x
va taqqoslaydigan R t elektrod yacheykalari ko'prikning ikki yelkasi bo'lib xizmat qiladi. Ko'prik sxemasining qolgan ikki yelkasini o'zgarmas rezistorlar R 4 , R 5 , R 7 va shuntlovchi rezistorlari R 2 hamda R 3 va reoxord R x tashkil qiladi. Ko'prik sanoat chastotasidagi o'zgaruvchan tok bilan ta'minlanadi. O'lchash sxemasidagi tok kuchi o'zgaruvchan tok manbayiga parallel qilib ko'prikning ta'minlash diagonaliga ulangan rezistor R s ni siljitish yo'li bilan rostlanadi. Datchik orqali oqib o'tadigan eritmaning konsentratsiyasi o'zgarganda o'lchash yacheykasining qarshiligi o'zgaradi, buning natijasida o'lchash ko'prigining muvozanati buziladi. Nomuvozanat kuchlanishi KSMZ ko'prikning elektron kuchaytirgichi EK transformatori T r ning birlamchi chulg'amiga kelib, kuchaytiriladi va reversiv dvigatel RD ning rotorini aylantiradi, bu dvigatel reoxord R x ning surilgichi va asbob strelkasi bilan kinematik bog'langan bo'ladi. Konsentratomerning o'lchash chegaralari: 75—79; 93—96 va 95—99 % li sulfat kislota. Asosiy xatolik ± 0,2 dan ± 0,5 % gacha. KK rusumidagi konduktometrlar suyuqlikli analizatorlarning keng tarqalgan turlariga kiradi, ularda ikki va to'rt elektrodli o'zgartkichlar ham kontaktsiz o'zgartkichlar ham bo'ladi. Bu rusumdagi asboblar yordamida ish haroratlari diapazoni 25 ± 15 °C va chegaraviy asosiy xatolik ± 2,5 % bo'lganida 10—6 dan 1 C m /sm gacha bo'lgan elektr o'tkazuvchanlikni o'lchash mumkin. 171 Elektrodli konduktometrlarning eng katta kamchiligi elektrodlarning qutblanishi va elektrodlar sirtida sodir bo'ladigan elektr-kimyoviy reaksiyalarda hosil bo'ladigan moddalar bilan, shuningdek, eritmadagi mavjud mahsulot- lar bilan ifloslanishidir. Kontaktsiz konduktometrlarda o'lchanayotgan muhit bilan bevosita kontaktga ega bo'lmagan birlamchi o'zgartkichlar bo'ladi, shu sababli ularda bunday kamchiliklar bo'lmaydi. Ta'minlovchi kuchlanishning chastotasiga qarab kontaktsiz konduktometrlar past chastotali (1000 Hz gacha bo'lgan sanoat va tovush chastotasidagi) va yuqori chastotali (1 kHz dan ortiq) turlarga bo'linadi. Past chastotali kontaktsiz konduktometrlarda tahlil qilinayotgan eritma berk halqa hosil qiluvchi naychada oqadi. Naycha dielektrik materialdan tayyorlangan. Naychaga tashqi tomondan ikki transformator uyg'otuvchi T rl va o'lchash transformatorlari T r2 ning (6.21-rasm) chulg'amlari o'ralgan bo'ladi. T rt transformatorning birlamchi chulg'ami o'zgaruvchan tok manbayiga ulanadi. Elektrolit eritmasi naychada hosil qilgan berk suyuqlik o'rami transformator T rl ning ikkilamchi chulg'ami vazifasini bajaradi. Suyuqlik o'ramidagi elektromagnit ta'sirlashuv natijasida EYK induksiyalanadi: (6.15) bu yerda: r{ ning birlamchi chulg'amlaridagi o'ramlar soni; a> 2 — suyuqlik o'ramlari soni, odatda (a> 2 = 1); U — transformator T p] ning birlamchi chulg'amini ta'minlovchi kuchlanish. EYK ta'sirida suyuqlikdan o'tayotgan tok kuchi (6.16) bu yerda: R r — suyuqlik o'ramining qarshiligi; K r — past chastotali konduktometrik yacheykaning konstantasi, uning qiymati suyuqlik o'rami uzunligining o'tkazuvchi 172 kesimi yuzi nisbatiga teng bo'lib, odatda K r ning kattaligi tajriba yo'li bilan topiladi; x — eritmaning elektr o'tkazuvchanligi. (6.16) tenglamaning o'ng qismidagi x kattalikdan boshqa hamma kattaliklar o'zgarmasdir. Shuning uchun tok kuchi I r nazorat qilinayotgan eritmaning konsentratsiyasiga teng bo'ladi. Tok kuchi I r ikkinchi transformator T r2 bilan o'lchanadi, suyuqlik о'rami uning uchun birlamchi chulg'am bo'lib xizmat qiladi. O'lchash transfor- matori T r2 ning ikkilamchi chulg'amida hosil bo'ladigan EYK E 0 , lch ning kattaligi konsentratsiyaga mutanosib bo'ladi. Ko'pgina hollarda uni kom- pensatsion usulda o'lchanadi, buning uchun transformator T r2 ning qo'- shimcha chulg'ami w q dan foydalaniladi, bu transformatorning amper- o'ramlari soni eritmaning amper-o'ramlariga ko'ra hisoblanadi. Kompensatsiya sharti: (6.17) Kompensatsiyalovchi chulg'am orqali o'tadigan tok kuchini o'lchash uchun reversiv dvigatel PD dan foydalaniladi, u surilgich R r ni siljitadi. Reoxord surilgichining va asbobning u bilan bog'langan strelkasining vaziyati nazorat qilinayotgan eritma konsentratsiyasiga mutanosib bo'ladi. O'lchashdagi harorat xatoliklarini kompensatsiyalash uchun qarshilik termometri R t mo'ljallangan, u ko'prik sxemasiga ulangan bo'lib, nazorat qilinayotgan eritma ichida turadi. Kontaktsiz past chastotali konduktometrlardan solishtirma elektr o'tka- zuvchanligi 1 • 10~ 6 C m /sm chegarasida bo'lgan elektrolitlarning kon- sentratsiyasini nazorat qilishda foydalaniladi. Yuqori chastotali konduktometrlarda tahlil qilinayotgan eritmaning konsentratsiyasini o'lchash eritmaning unga bog'liq bo'lgan reaktiv qarshiligini nazorat qilish yo'li bilan bajariladi. Yuqori chastotali kontaktsiz konduktometrlarning birlamchi o'zgart- kichlari o'lchanadigan reaktiv qarshilikning turiga qarab sig'imli va induktivli xillarga bo'linadi. Har ikki turdagi o'zgartkichlarning sxemasi 6.22-rasmda ko'rsatilgan. Eritmaning konsentratsiyasi bilan o'zgartkichlarning chiqish parametrlari C x va L x o'rtasida murakkab bog'liqlik mavjud bo'lganligi sababli (bu bog'liqlikka eritmaning tabiatidan tashqari o'zgartkichning o'lchamlari va materiali, ta'minlash chastotasi va boshqalar ta'sir qiladi) ularning darajalanish tavsiflari har qaysi konkret o'zgartkich va eritma uchun tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Yuqori chastotali konduktometrlarning o'lchash o'zgartkichlari sifatida yuqori chastotali generatorlardan ta'minlanadigan ko'prikli va rezonansli sxemalardan foydalaniladi. Rezonansli sxemalarda rezonans konturining birlamchi o'zgartkich induktivli yoki sig'imli qarshiliklariga bog'liq bo'lmagan xususiy tebranishlari o'lchanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling