Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Qalqovichli zichlik o'lchash asboblari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Qalqovichli zichlik o'lchash asboblari. Qalqovichli zichlik o'lchagichlarda 
Arximedning qalqovichga ta'sir etuvchi itarib chiqaruvchi kuchining suyuqlik 
zichligiga bog'liqligidan foydalaniladi. Bu asboblar suzib yuruvchi va batamom 
cho'kadigan qalqovichli bo'ladi. Birinchi tur asboblarda zichlikni o'lchash 
qiymati qalqovichning cho'kish chuqurligiga bog'liq bo'ladi. Ikkinchi tur 
asboblarda qalqovichni cho'kish chuqurligi o'zgarmaydi. Faqat uning itaruvchi 
kuchi o'lchanadi, bu kuch esa suyuqlikning zichligiga mutanosib bo'ladi. 
Birinchi tur zichlik o'lchagichlarda qalqovichning og'irlik kuchi qal-
qovichga zichligi p bo'lgan, tekshiriladigan muhit tomonidan, ham suyuqlik 
yuzasida bo'lgan zichligi p
0
bo'lgan muhit tomonidan (6.32- rasmga qarang) 
ta'sir etadigan itaruvchi kuch bilan muvozanatlashadi. Qalqovich muvo-
zanatda turganida itaruvchi kuch qalqovichning og'irlik kuchiga teng bo'ladi. 
Bu yerda, tekshirilayotgan muhit zichligining har bir qiymatiga qalqovich-
ning ma'lum botish chuqurligi mos keladi. Ixtiyoriy shakldagi qalqovichga 
ta'sir etuvchi itaruvchi kuch Arximed qonuniga ko'ra aniqlanadi: 
(6.31) 
bu yerda: p
0
— suyuqlik ustidagi muhitning zichligi; g — erkin tushish tezlanishi; P — 
qalqovichning pastki qismi botirilgan suyuqlik zichligi; S —qalqovich kesimining yuzi, 
h — qalqovichning balandligi; x — qalqovichning suyuqlikka botish sathi. 
O'zgarmas kesimli qalqovich uchun: 
(6.32) 
Agar suyuqlik ustida havo bo'lsa, u holda P
0
 0. Unda umumiy holda 
186 


(6.33) 
O'zgarmas kesimli qalqovich uchun ita-
ruvchi kuch ifodasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi: 
(6.34) 
6.32- rasmda suzib yuruvchi, qalqovichli 
zichlik o'lchash asbobining prinsipial sxemasi 
ko'rsatilgan. Asbob qalqovich 2, o'lchash idishi 
/ dan iborat. Suyuqlik asbobga tarnov 3 orqali 
kelib, tarnov 4 orqali chiqib ketadi. Oqimning 
tezligi doimiy kesimli drossel 5 yordamida 
aniqlanadi. Plastinalar 6 qalqovichni uyurma-
lardan saqlaydi. 
Suyuqlik zichligining o'zgarishi qalqovich va 
u bilan bog'liq bo'lgan o'zak 7 ning siljishiga olib 
keladi. O'zak differensial-transformator o'zgartkich g'altagida siljiydi. 
Ikkilamchi (ko'rsatuvchi yoki qayd qiluvchi) asbob zichlik birligida daraja-
lanadi. Haroratning kompensatsiyasi ildkilamchi asbobning o'lchash sxemasiga 
ulangan qarshilik termometri yordamida amalga oshiriladi. Zichlik o'lchagichlar 
korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlanib, agressiv suyuqliklar 
zichligini o'lchashda ham ishlatilishi mumkin. 
Oraliqdagi o'zgartkichning turiga qarab, zichlik o'lchagich elektrik yoki 
pnevmatik unifikatsiyalangan chiqish signaliga ega bo'lishi mumkin. 
6.33-rasmda qalqovichi batamom cho'kadigan zichlik o'lchagichning 
prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Bu asbobda pnevmatik o'zgartkich ishlatilgan. 
Ventil yoki boshqa toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimning pasayishi 
ta'sirida suyuqlik quvur 13 dan halqa taqsimlagich orqali o'lchash kamerasi 
1 ga keladi va chiqarma quvurchalar yordamida quvur 14 dan asosiy quvurga 
uzatiladi. Suyuqlikning bunday yo'nalishi oqim tezligining qalqovich 2 ga 
ko'rsatilgan ta'sirini yo'qotadi. Qalqovich zoldirli podshipnikda turgan va 
silfon 10 dan o'tadigan koromislo uchiga o'rnatilgan. Koromislo posangi 11 
orqali muvozanatlashadi. Posangi shunday rostlanganki, qalqovich eng kichik 
zichlikka ega bo'lgan (o'lchash asbobining pastki chegarasi) suyuqlikda pastga 
siljiy boshlaydi. Zichlik ko'payishi bilan qalqovich ko'payuvchi, itaruvchi 
kuch ta'sirida ko'tariladi va tizimdagi muvozanat buziladi. 
Pnevmatik o'zgartkich yordamida muvozanat qaytadan tiklanadi. Buning 
uchun asbobga filtr, reduktor va drossel 7 orqali havo uzluksiz kelib turadi 
va soplo 6 bilan koromislo 3 uchiga o'rnatilgan to'siq 5 oralig'idan atmosferaga 
chiqib ketadi. Qalqovich ko'tarilganda, to'siq soplo tomon siljiydi, natijada 
soplodan siqilgan havoning atmosferaga chiqishi kamayadi va membranali 
kuchaytirgich 8 da havo bosimi oshadi. Bu yerda, membranadan itaruvchi 
187 


richag 9ga uzatiladigan kuch oshadi va rolik 4 orqali koromisloning o'ng uchi 
yuqoriga ko'tariladi, natijada to'siq soplodan uzoqlashadi. Membranaga ta'sir 
etgan havo bosimi qalqovichning itaruvchi kuchiga mutanosib bo'lib, suyuqlik 
zichligining o'lchovi hisoblanadi va ikkilamchi asbob 12 orqali o'lchanadi. 
O'lchashning pastki chegarasi (50 kG/m
3
) rostlagich posangisi 11 ni siljitish 
yo'li bilan rostlanadi. O'lchashning yuqorigi chegarasi qalqovich hamda 
membrana gabaritlariga yoki ularning koromislo o'qiga nisbatan burilish 
masofasiga bog'liq. Asbobdan o'tgan havo sarfi o'zgarmas kesimli drossel 7 
yordamida amalga oshiriladi. 
Batamom cho'kadigan qalqovichli zichlik o'lchagichlarning turli tuzi-
lishlari mavjud. Ular bir-biridan qalqovichining tuzilishi, muvozanatlovchi 
qurilma, ko'rsatishlarni masofaga uzatuvchi mexanizmning usullari, avto-
matik harorat kompensatsiyasi usuli va boshqalar bilan farq qiladi. 
Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng tarqalgan zichlik 
o'lchagichlar bir-birlaridan qalqovichning shakli, ko'rsatishlarni masofaga 
uzatish usuli bilan farq qiladi. Qalqovichli asboblar 1000... 1400 kg/m

chegaradagi suyuqlik zichligini ± 2 % aniqlik bilan o'lchaydi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling