Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Radioizotopli zichlik o'lchagichlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Radioizotopli zichlik o'lchagichlar.
Radio-
izotopli zichlik o'lchagichlarning ishlash prin-
sipi radioaktiv manba j- nurlarining suyuq-
likdan o'tishida yutilishiga asoslangan. Bular 
suspenziya, pulpa, agressiv va katta bosimli 
suyuqliklarning zichligini o'lchashda ishlatilishi 
mumkin. O'lchash vositalari o'lchanayotgan 
muhit bilan kontaktsiz bog'langan. Bu esa 
bunday asboblarning afzalligiga kiradi. 
191 


Radioizotopli zichlik o'lchagich tar-
kibiga (6.38-rasm)
 j- nurlanishlar man-
bayi 1 va qabul qilgich 2 kiradi, uning 
chiqish signali avtomatik potensiometr 3 
ga beriladi. Qabul qilgich 2 qabul qiladigan 
nurlanish jadalligi quvurdan oqib o'ta-
digan suyuqlikning zichligiga bog'liq 
bo'ladi: zichlik qancha katta bo'lsa,
 j- nur-
larning yutilishi shuncha kuchli va qabul 
qilgich 2 ning kirishida signal shuncha 
kuchsiz bo'ladi. Bu signalning kattaligiga 
quvur devorlarining qalinligi, suyuqlik 
tarkibi va manba nurlanishini kamaytiradigan boshqa omillar ta'sir qiladi. Bu 
omillarning ta'siri turg'un bo'lganligi sababli asbobni darajalashda olingan 
tuzatmani ko'rsatishlarga kiritish yo'li bilan hisobga olinadi. 
Sanoat radioizotopli zichlik o'lchagichlardan PJR-2, PJR-2N, PJR-5, 
PR-1024, PR-1025M va boshqa turlarini ishlab chiqaradi. 
PJR-2 zichlik o'lchagichining o'lchash chegarasi 600 + 2000 kg/m
3

asbobning o'lchash xatoligi ±2 %. 
6.5- §. SUYUQLIKLARNING QOVUSHQOQLIGINI O'LCHASH 
Suyuq muhitlarning qovushqoqligini o'lchash sanoatda TJABT ni joriy 
qilishda eng murakkab muammolardan biridir. Jarayonlarning ko'pchiligi 
dispers tizimlar, suspenziyalar, kolloid eritmalar va plastik massalarni qayta 
ishlash bilan bog'liq. Ayrim mahsulotlar sezgir elementga yopishib qolib, 
ishlab chiqarish jarayonida sezgir elementga ta'sir etib, ulardan foydalanishni 
qiyinlashtirishi mumkin. 
Sanoatda viskozimetrlarning qo'llanilishi qovushqoqlikni o'lchash uslub-
larining konstruktiv-texnik kamchiliklari yoki viskozimetrlarning o'zicha 
ishlatish sharoitlarini yaratish qiyinligi sababli juda ham cheklangandir. 
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun'iy tolalar, sintetik 
smolalar, kauchuk eritmalari, bo'yoqlar, surkov moylari va boshqa mah-
sulotlar ishlab chiqarishda qovushqoqUk mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi 
kattalik hisoblanadi. Shuning uchun ko'pgina hollarda qovushqoqlikni 
avtomatik tarzda uzluksiz o'lchab turish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 
Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko'rsatish xususiyati 
qovushqoqlik deyiladi. 
Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch 
vujudga keladi. Shu kuch Nyuton qonuniga ko'ra quyidagicha aniqlanadi: 
(6.38) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling