Nashriyot-matbaaijodiy uyi
7.3- §. KUCHNI O'LCHASH
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
219
7.3- §. KUCHNI O'LCHASH Texnologik jarayonlarda mashina va mexanizmlarning alohida qismlariga ta'sir qiladigan kuchlar va bu kuchlar ta'sirida vujudga keladigan defor- matsiyalarni (cho'zilish, qisilish, bukilish va hokazo) o'lchash uchun ko'- pincha tenzometrik o'lchagichlar qo'llaniladi. Bunday o'lchash o'tkazgich yoki yarimo'tkazgich simlar aktiv qarshiligining deformatsiya natijasida o'zgarish samarasiga asoslanadi. Bu samara tenzosezuvchanlik deb ataladi. Tenzometrik o'lchagichlarning tenzosezuvchanlik koeffitsiyenti (7.15) bilan xarakterlanadi, bu yerda: AR n = — qarshilikning nisbiy o'zgarishi; Д/„ = ~r — cho'zilish yoki К I qisilishning nisbiy o'zgarishi; / — tenzoo'lchagichning deformatsiyagacha bo'lgan uzunligi; А/— tenzoo'lchagichning deformatsiya natijasida cho'zilishi, R — tenzoo'lchagichning deformatsiyagacha bo'lgan aktiv qarshiligi; ЛR — tenzoo'lchagich qarshiligining deformatsiya natijasida o'zgarishi. Hozirgi vaqtda juda ingichka sim, folga va yarimo'tkazgich materiallardan tayyor- langan tenzometrik o'lchagichlar texnikada keng qo'llanilmoqda. Simdan yasalgan tenzoo'lchagichning tuzilishi, mashina va mexanizmning tekshirilishi lozim bo'lgan qismiga o'rnatilishi sxemasi va tavsifi 7.5- rasm, a, b, с larda ko'rsatilgan. Undagi ten- zoo'tkazgich diametri 0,02...0,05 mm gacha bo'lgan ingichka zigzag shakliga ega bo'lgan sim bo'lagidan tuzilgan va yupqa qog'oz yoki plyonka orasiga olinib, yelim bilan yopish- tirilgan bo'ladi. Bunday tenzoo'lchagich statik yoki dinamik deformatsiyasi o'lchanishi kerak bo'lgan mashina va mexa- nizmning tekshirilishi kerak bo'lgan qismiga yelimlab mustahkam yopishtiriladi. Bunda sim zigzaglarining uzun tomoni 1 mashina va mexanizmning deformatsiyasi o'lchanishi kerak bo'lgan qismiga ta'sir qiladigan kuch / yo'nalishiga mos yo'nalgan bo'lishi kerak (7.5-rasm, a). Shunda kuch yo'nalishi bo'yicha vujudga kelgan deformatsiya (cho'- zilish, qisilish) tenzoo'lchagich simining 220 uzunligi / ni ham o'zgartiradi. Natijada simning ko'ndalang kesimi S va solishtirma qarshiligi p ham o'zgaradi. Agar simning cho'zilgunga qadar bo'lgan qarshiligi (7.16) bo'lsa, cho'zilgandan keyingi qarshiligi R + AR bo'ladi. Amalda tenzoo'lchagich qarshiligining o'zgarishi дR muvozatlanadigan ko'prik sxema yordamida o'lchanadi (7.5-rasm, a, b). Simli tenzoo'lchagichlar ko'pincha konstantan yoki nixromdan tayyor- lanadi. Chunki bu simlarning solishtirma qarshiligi p k katta, qarshilik o'zgarishiga haroratning ta'siri juda kam bo'ladi. Simli tenzoo'lchagichlarning xarakterli o'lchamlari: nominal qarshiligi R— (50 — 400) Om; simning kuch yo'nalishi bo'yicha uzunligi /= (15 — 45) mm; eni b = l —10 mm; sezuvchanlik koeffitsiyenti (7.17) massasi juda ham kichik bo'ladi. So'nggi paytlarda texnikada yarimo'tkazgichli tenzoo'lchagichlar keng qo'llanila boshlandi. Bunday tenzoo'lchagichlar asosan germaniy yoki kremniy plastinalaridan tayyorlanadi. Plastinalar yupqa qog'oz yoki plyonka orasiga olinib, yelimlanadi va tekshirilishi kerak bo'lgan mashina qismiga yelim bilan mustahkam yopishtiriladi. Afzalliklari: tenzosezuvchanlik koeffitsiyenti sim yoki folganikiga nisbatan 60 marta katta, plastinaning aktiv uzunligi 3—10 mm. Tashqi muhit harorati -160 +300°C gacha o'zgarganda ham normal ishlayveradi. Nisbiy deformatsiya + 0,1% o'zgarganda ham tavsifining to'g'ri chiziqliligi saqlanadi. Kamchiliklari: plastinalarning elastikligi kam, bir turdagi tenzoo'lcha- gichlarning tavsiflari har xil va to'g'ri chiziqli emas. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling