Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Elektr taxometrlar mexanizm va mashinalar vallarining aylanish
chastotasini masofadan turib o'lchash imkonini beradi. Taxometrlarda datchik sifatida o'zgaruvchan va o'zgarmas tok generatorlaridan foy- dalaniladi, ko'rsatuvchi asboblar sifatida esa shkalasi tegishlicha graduslarga ajratilgan strelkali elektr o'lchov asboblaridan foydalaniladi. Taxometrlar val mexanizmlari bilan bikir ulanadi yoki turli xil tuzilishdagi ulash muftalari orqali ulanadi. Yo'l qo'yiladigan xato o'lchamining yuqori chegarasidan 1,5 % bo'ladi. Taxometr atrofidagi havoning harorati 10H-60°C bo'lganda va nisbiy namlik 80% gacha bo'lganda ishlashga mo'l- jallangan. Texnologik mashinalarning aylanish (burchak) tezliklarini o'lchash uchun kichik quwatli o'zgarmas yoki o'zgaruvchan tok mashi- nalari — taxogeneratorlardan foydalaniladi (7.6-rasm). Taxogeneratorning vali texnologik mashinalar valiga mexanik bog'langan bo'lib, undan chiqadigan signal — elektr yurituvchi (EYK) texnologik mashina va mexa- nizmlarning aylanish tezligi p ga mutanosib bo'ladi. O'zgarmas tok taxogeneratorining sxemasi 7.6-rasm, a da ko'rsatilgan. Undan olinadigan elektr yurituvchi kuch (EYK): (7.18) 222 Kollektor bilan cho'tka orasidagi qarshilikning o'zgaruvchanligi taxoge- neratordan chiquvchi signal e ning qiymatiga ta'sir qiladi. Ish vaqtida taxo- generatordan chiqadigan shovqinning yuqoriligi, gabarit o'lchamlari va massa- sining katta bo'lishi taxogeneratorning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. Bunday kamchiliklardan birmuncha xoli bo'lganligi uchun hozirgi paytda o'zgaruvchan (asinxron, sinxron) tok taxogeneratorlari keng qo'llanilmoqda. 7.6-rasm, d da asinxron taxoge- neratorning tuzilish sxemasi ko'rsa- tilgan. Asinxron taxogenerator statorida o'zaro 90° ga burilgan ikki chulg'am o'rnatilgan. Birinchi chulg'am I o'zga- ruvchan tok manbayiga ulanadi. Ikkinchi chulg'amdan olinadigan EYK esa tez- likni o'lchash uchun xizmat qiladi. Taxogeneratorning rotori 1 jez yoki aluminiydan stakansimon yasalgan bo'lib, uning vali 2, stakanning tub tomonida bo'ladi (7.6-rasm, c). Statorning manbaga ulangan chulg'amida hosil bo'ladigan pulsatsiya- lanuvchi oqim Ф, rotor devorlarida induksiyalanadigan, o'zaro 90° bur- chakka burilgan ikki xil tok va ular tufayli vujudga keladigan Ф (1 va q oqimlarni hosil qiladi. Taxogeneratorning ikkinchi chulg'amida induk- siyalanadigan EYK qiymati rotorning aylanish tezligi p ga mutanosib (Ф — const) bo'lgani uchun (7.19) bo'ladi. Bunday EYK ni ko'rsatuvchi millivoltmetr shkalasidan texnologik mashinaning aylanish chastotasi (tezligi) p aniqlanadi. Elektron taxometrlarning ishlash prinsipi berilgan barqaror vaqt oralig'ida birlamchi o'zgartkichdan chiqadigan impulslar sonini elektron qurilma yordamida sanashga asoslangan. Birlamchi o'zgartkich o'zgaruvchan tokni kuchaytiruvchisi bo'lgan magnitoelektrik o'zgartkichdan iborat. Nazorat qilinayotgan obyektning valida mahkamlangan ferromagnit mate- rialdan yasalgan tishli disk aylanganda, birlamchi o'zgartkichning chulg'amida o'zgaruvchan kuchlanishli impulslar paydo bo'lib, ular kuchaya boradi va taxometrning elektron blokiga keladi. Impulslarning chas- totasi tishli diskning aylanish chastotasiga mutanosib, demak, nazorat qilinayotgan obyektning aylanish chastotasiga ham mutanosib bo'ladi. Elektron blokiga kelayotgan impulslarning o'zgarishi o'lchangan aylanish chastotasining zarur tarzda axborot berishini ta'minlashga imkon beradi, 223 shuningdek, berilgan aylanishlar soniga yetganda elektr signali agregati tomonidan boshqarish tizimiga signal berishga va chiqarishga imkon beradi. Aylanish tezliklarini o'lchash oraliqlari 2—4000 ayl/min. Asosiy o'lchashning yo'l qo'yiladigan xatolik chegarasi ko'pi bilan 0,5%. Taxometr atrof havosining harorati 10-=-50°C bo'lganda va nisbiy namlik 80% gacha bo'lganda ishlash uchun mo'ljallangan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling