Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Siljish kompensatsiyali o'zgartgichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Siljish kompensatsiyali o'zgartgichlar o'lchash bloki sezgir elementi-
ning siljishini 20—100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o'zgartirish uchun mo'ljallangan. 8.12- rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo'yicha ishlaydigan pnev- matik o'zgartgichning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Ta'minlovchi havo bosimi hamda o'zgartgich chiqishidagi havo bosimi M ] va M 2 manometrlar orqali nazorat qilinadi. Birlamchi rele tarkibiga o'zgarmas kesimli drossel 7, soplo 3 va o'lchash bloki 1 ning sezgir elementi bilan bog'langan to'siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma-ket ulangan drossel va silfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi soplo 9 va 11 larni o'z ichiga oladi. Birinchi soplodan P (j bosimli 239 siqilgan havo kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi. Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan mavjud. Uning holatiga ikkala drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, drossel qarshiliklari ham bog'liq. Kuchay- tirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-biriga nisbatan konsentrik o'rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan silfonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi rele va ikkilamchi asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog'langan. Silfon yuritmasiga P x va P 2 bosimlardan o'zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta'sir qiladi. To'siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog'liq. To'siq soploni bekitganda silfonga ta'sir qiladigan P x bosim ko'payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni bekitadi; P 2 bosim oshadi va soplo 11 batamom bekilganda, P 2 bosim o'zining maksimal qiymatiga erishadi. To'siq soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz beradi, ya'ni soplo 9 teshigi bekilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, shuning uchun P 2 bosim pasayadi va u soplo 11 ning to'liq ochilishida nolga tenglashadi. Havo bosimining va o'lchanayotgan parametrning o'zgarishi quyidagicha bo'ladi. P 2 bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to'siqni soplo 3 dan chetga suradi hamda soploning batamom bekilishiga yo'l qo'ymaydi. Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o'lchagichlar ishlatilishi mumkin. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling