Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Magnitomodulatsion o'zgartgichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Magnitomodulatsion o'zgartgichlar (magnit kompensatsiyali uzatuvchi
o'zgartgichlar) ning ishi magnit oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulatsion o'zgartgichlar birlamchi asbob sezgir elementining chiziqli siljishini o'zgarmas tokning unifikatsiyalangan chiqish signaliga o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Bunday o'zgartgichlarning ishlash prinsipi quyidagidan iborat: maxsus qurilma — indikatorda hosil qilinadigan boshqaruvchi magnit oqimi harakatdagi element o'zgarmas magnitning (birlamchi o'zgartgichning sezgir elementi bilan siljitiladigan) siljishida shu indikatorda teskari aloqa toki yordamida hosil qilinadigan magnit maydoni bilan kompensatsiyalanadi. Bunda chiqish toki va qo'zg'aluvchan elementning siljishi va, demak, o'lchanayotgan kattalik qiymati orasida ma'lum munosabat o'rnatiladi. O'zgartgichning struktura sxemasi 8.6-rasmda keltirilgan. Birlamchi o'z- gartkichning qayishqoq sezgir elementi 1 o'lchanayotgan kattalik Ф ni o'zgartgich 2 o'zgarmas magnitining chiziqli siljishi Xga o'zgartiradi. Magnitning siljishida boshqaruvchi magnit oqimi Ф т o'zgaradi. U magnit oqimlari 3 ning indikatorida teskari aloqa (bog'lanish) magnit oqimi Ф (Ь bilan tenglashadi. Indikator chiqishidan magnit oqimlari ayirmasi лФ = Ф т ~ Ф, ь ga mutanosib bo'lgan kuchlanish U paydo bo'ladi. U kuchaytirgich 4 yordamida chiqish toki signali I chiq ga o'zgartiriladi. Chiqish toki I chiq masofadagi uzatish aloqasiga va bir vaqtda teskari aloqa qurilmasi 5 ga boradi, uning chiqish toki I t b magnit oqimi F m ni kompensatsiya qiluvchi magnit oqimi Ф (Ь hosil qiladi. Shunday qilib, o'lchanayotgan kattalik U ni orttirilganda magnit siljishi vVortadi, boshqarish magnit oqimi F m ortadi va, demak, Ф т ni kompensatsiya qiluvchi magnit oqimi Ф /Ь ni paydo qilish uchun katta chiqish toki I chiq va teskari aloqa toki \ tb zarur bo'ladi. 233 Teskari aloqa qurilmasi 5 o'z- gartirishning zarur qonuni I chiq = fly) ni topish imkonini beradi. Bu munosabat yo chiziqli, yoki kvadratik bo'lishi mumkin. Magnit kompensatsiyali o'zgart- gichning prinsipial sxemasi 8.7-rasmda ko'rsatilgan. O'zgartgichda o'lchana- yotgan parametr (masalan, bosim) sezgir element (masalan, bir o'ramli naychasimon prujina 7) bilan o'zgarmas magnit 6 siljishiga o'zgartiriladi. U magnit oqimi Ф т ko'rinishida bosh- qarish ta'sirini hosil qiladi. Bu oqim chiqish signali teskari aloqa (bog'lanish) chulg'amlari w t b dan o'zgarmas tok / chiq o'tganda paydo bo'ladigan teskari aloqa magnit oqimi F tb bilan kompensatsiyalanadi. Ф т oqimni o'zgartirganda magnit modulatsion o'zgartgich 5 o'zaklarining magnitlanganligi o'zgaradi va uning w 6 o'ramlarida nomuvofiqlik signali paydo bo'ladi. Bu signal kuchaytirish qurilmasi 3 ning masofaga uzatish aloqasiga va bir vaqtda teskari aloqa o'ramasiga uzatiladigan chiqish signali / ni boshqaradi. O'zgartgich chegarasini sozlash uchun qarshilik 4 o'zgartiriladi, nolga sozlash uchun esa ferromagnit shunt 1 ni 2 vint yordamida ravon siljitiladi. Magnit kompensatsiyali o'zgartgichlar qator afzalliklarga ega: bir necha ikkilamchi asboblarni bitta o'zgartgichga ulash imkoniga, titrashga nisbatan yetarlicha yuqori turg'unlikka va mustahkamlikka ega. Kamchiliklari — harorat tufayli xatoligi ancha yuqori va kuchaytirgichning elektron sxemasi elementlariga zararli ta'sir etuvchi muhitlarda ishlay olmaydi, shuningdek, sezgir element va magnit oqimi indikatori, va xatoliklarining birlamchi o'zgartgich xatoligiga ta'siri katta. Shu turdagi o'zgartgichlar 1 va 1,5 sinfga oid bo'ladi. Ikkilamchi asboblar sifatida 1 va 1,5 sinfli milliampermetr yoki ASK tizimdagi ko'p shkalali, tor profllli asboblardan foydalaniladi. Yuqorida ta'riflangan ko'rsatishlarni masofaga uzatish tizimlari birlamchi o'zgartgichlar hosil qilgan chiziqli yoki burchakli siljishlar uncha katta bo'lmagan hollarda ishlatiladi. Lekin ba'zi hollarda o'zgartgich chiqish o'qining bir necha o'ramida birlamchi asbob o'zgartgichi signalini yoki bir necha metrga cho'zilgan siljishlarni masofaga uzatish kerak bo'ladi. Masalan, sath o'lchagichlarda ko'rsatishlarni masofaga uzatishda shunday vazifa qo'yiladi. Bunday masalani selsinli uzatish yo'li bilan hal qilish mumkin. 234 O'zgaruvchan tokda ishlaydigan selsinli masofaga uzatish ham burchakli siljishlarni uzatishga mo'ljallangan. Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar sifatida kontakt halqalarga ega bo'lgan sinxronlanuvchi asinxron elektr dvigatellar yoki chulg'amsiz rotorli, kontaktsiz selsinlar ishlatiladi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar rotorlarining simmetrik holati buzilganda ularning chulg'amida qiymatlari turlicha bo'lgan EYKlar induksiyalanadi, aloqa simi bo'yicha muvo- zanatlovchi toklar o'tadi va sinxronlash momenti vujudga keladi, natijada qabul qiluvchi seisin rotori buriladi. Selsinlarning bunday ulanishi (8.8- rasm, a) indikatorli rejim deyiladi. Transformatorli rejimda (8.8-rasm, b) qabul qiluvchi selsinning rotori tormozlangan bo'ladi va voltmetrning ko'rsatishlari uzatuvchi seisin buri- lishiga mutanosib o'zgaradi. Voltmetr qabul qiluvchi selsinning stator chulg'amiga ulangan. Sanoat selsinlarning ta'minlash kuchlanishining turli odatda, 50 dan 500 gs gacha chastotalariga mo'ljallangan bir necha turlarini chiqaryapti. Kontaktli selsinlarning eng katta kamchiligi kontakt, cho'tkalaridagi xato- liklarga olib keluvchi va seisin ishining ishonchliligini kamaytiruvchi ishqalanishdan iborat. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling