Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Chastotali o'zgartgichlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Chastotali o'zgartgichlar texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat 
qilish va boshqarish tizimlarida keng qo'llaniladi. 
O'lchash axborotini bir xillashtirilgan chastotali signal bilan uzatish 
tizimi birlamchi o'lchash o'zgartgichlari asosida amalga oshirilib, bunda 
birlamchi o'lchash o'zgartgichlari o'lchanayotgan texnologik parametrni bir 
xillashtirilgan chastotaviy signalga o'zgartiradi. 
O'zgartirish parametr —> kuch —> chastota sxemasi bo'yicha yuz beradi. 
Kuch chastotali o'zgartgichlarning ishlash prinsipi mexanik kuch-
lanishni torli elementning ko'ndalang tebranishlar chastotasiga o'zgar-
tirishga asoslangan. O'lchanayotgan fizik kattaliklar o'lchash asbobining 
sezgir elementiga ta'sir qilib, fizik kattaliklarga mutanosib bo'lgan F 
235 


kuchga aylanadi (8.9-rasmda torli chastota o'zgartgichning prinsipial 
sxemasi ko'rsatilgan). Bu kuch elastik steijen (richag) 1 va u bilan 
bog'langan torli element 3 tomonidan qabul qilinadi. O'lchanayotgan 
fizik kattalik F kuch o'zgarishi bilan elastik steijen va o'zgarmas magnit 
qutblari 4 orasida joylashgan torli elementda kichik (mikronlarda 
o'lchanadigan) deformatsiya hosil qiladi, natijada torning ko'ndalang 
tebranishlar chastotasi o'zgaradi. 
Kuch-chastota o'zgartgichi rezistorlar R
x
, R
v
 R
i
va R
t
qarshilikli tor 
3 yordamida tashkil etilgan ko'prikli sxemani ifodalovchi torli generator 
asosida amalga oshiriladi. 
Ko'prikning o'lchash diagonali 5 elektron kuchaytirgichning kirishiga 
ulangan, uning chiqishi esa ko'prik manbai diagonaliga ulangan. Tor doi-
miy 4 magnitning qutblari orasiga joylashgan. Torning pastki uchi 
qo'zg'almas asosiga bikir mahkamlangan, yuqori uchi esa — harakatla-
nuvchi richag 1 ga mahkamlangan. Tordan o'zgaruvchan tok o'tganda 
tor tebrana boshlaydi va unda shakliga ko'ra sinusoidaga yaqin bo'lgan 
EYK induksiyalanadi. Torda kechadigan fizik jarayonlarga muvofiq uning 
magnit maydonidagi tebranishlarida tebranish konturi ko'rinishiga ega 
bo'lgan elektr sxema 8.10-rasmda berilgan. 
Tebranish konturining parametrlari tor parametrlari bilan quyidagi 
munosabatlar orqali bog'langan: 
(8.5) 
bu yerda: L — ekvivalent induktivlik; B — doimiy magnit oralig'idagi (tirqishidagi) 
induksiya; /—torning uzunligi; S— torning ko'ndalang kesimi yuzi; F— kuch-
lanish; С — ekvivalent sig'im; p — tor materialning zichligi; v — havoga ishqalanish 
koeffitsiyenti; R — tebranayotgan torning dinamik qarshiligi. 
236 


Ekvivalent sxemasidagi r qarshilik tor 
harakatsiz bo'lganda uning aktiv qarshiligini 
ifodalaydi. Tor tebranayotganda sof aktiv 
qarshiliklarni o'z ichiga olgan ko'prik sxemasi 
chastota bog'liqli elementlari bo'lgan ko'prikka 
aylanadi. Ma'lumki, o'z-o'zini uyg'otuvchi 
generatorning chastotasi tebranish konturininig 
f
0
xususiy chastotasi bilan aniqlanadi, u esa 
konturning L induktivligi va С sig'imi bilan 
quyidagi ko'rinishda bog'langan: 
Qarab chiqilayotgan generator uchun xu-
susiy tebranishlar chastotasi f
0
ushbu 
(8.6) 
ifoda bilan aniqlanadi. 
(8.6) tenglamadan generatorning xususiy tebranish chastotasi tor-
ning xususiy tebranishlar chastotasi orqali aniqlanishi va taranglanish 
kuchiga bog'liq bo'lishi kelib chiqadi. Qarab chiqilgan generator 10
2
—10

Hz chastotalar diapazonida ishlaydi. Tordan o'tadigan tok 100 mkA dan 
oshmaydi. Tor, odatda, diametri 0,05 mm va uzunligi 20—50 mm 
atrofida bo'lgan volfram simdan tayyorlanadi. 
O'lchanayotgan parametrning chastotaviy signalga o'zgarishi quyi-
dagicha amalga oshiriladi. O'lchash blokining sezgir elementi o'lcha-
nadigan parametrni richag 1 va u bilan birga tor 3 qabul qiladigan 
mutanosib F kuchlanishga o'zgartiradi. Tor tarangligining o'zgarishi 
generatorning xususiy tebranishlar chastotasining o'zgarishiga olib keladi, 
bu esa uning chiqish signalida o'zgaruvchan tok chastotasi ko'rinishida 
aks etadi. O'zgartgichni berilgan o'lchashlar chegarasiga moslash richag 1 
ning epyura 6 nuqtasini surish bilan amalga oshiriladi. Chiqish signa-
lining boshlang'ich qiymatini nol signal korrektori 2 o'rnatadi. 
(8.6) tenglamadan ko'rinishicha, o'zgartgichning statik tavsifi chiziqli 
emas. Statik tavsifni chiziqlilashtirish maqsadida o'zgartgichning ba'zi 
turlarida kvadraturalar qo'llaniladi. Chiziqli, statik tavsifli, birlamchi o'l-
chov o'zgartkichlarining chiqish signalini quyidagi tenglama bo'yicha 
hisoblab topish mumkin: 
(8.7) 
bu yerda: /, — boshlang'ich chastota; N — o'lchanayotgan parametr qiymati; N
mgx

N
mjn
— o'lchashlar oralig'ining (diapazonining) mos ravishda yuqori va quyi qiy-
matlari; A/—chastotaning o'zgarish oralig'i. 
237 


Chastotali signallari bir xillashtirilgan birlamchi o'lchash o'zgart-
gichlaridan keladigan o'lchov axborotlarini qabul qiluvchilari (priyomnik-
lari) raqamli mashinalar, boshqaruvchi va hisoblash mashinalari bo'lishi 
mumkin. Chastotali signali birlashtirilgan birlamchi o'lchash o'zgart-
gichlarining aniqlik sinfi 0,5 va 1,0. Axborotni uzatish uzoqligi 10 km. 
gacha. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling