Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Ferrodinamik o'zgartkichlarda
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Ferrodinamik o'zgartkichlarda burchak siljishlar o'zgaruvchan tok
EYUK ning mutanosib qiymatiga o'zgartiriladi. Ular bosim, sarf, sath va boshqa kattaliklarni o'lchashda ishlatiladi. Bunda bu kattaliklarning qiymati ferrodinamik o'zgartgich ramkasining burilish burchagiga o'zgartirilishi mumkin. O'zgartgich (8.4-rasm) uning magnit tizimini hosil qiluvchi magnit o'tkazgich 1, boshmoq 2, o'zak 3 va harakatchan plunjer 7 hamda plunjer 7 ning siljishi vaqtida o'zgaradigan ikkita halqasimon 4 va rostlanuvchi 6 havo oraliqlaridan iborat. G'altak 9 da sanoat chastotali o'zgaruvchan tokdan ta'minlanuvchi uyg'otish chulg'ami joylashgan. Bu g'altak hosil qilgan magnit oqimi uyg'otish chulg'amiga o'ralgan siljish chulg'ami va o'zgartgichning aylanuvchi ramkachasi 5 da EYK induksiyalaydi. Ramkacha siljish va uyg'otish chulg'amlarining uchlari klemmali panel 8 ga chiqarilgan. Ramkacha joylashgan havo oralig'ida radikal magnit oqimi bo'lib, ramkacha neytral holat chizig'i NN bilan mos kelganda, magnit oqimi ramkachani kesib o'tmaydi va undagi EYK nolga teng bo'ladi. Ramka NN chiziqdan chetga chiqqanda undagi EYK ramkachaning burilish burchagiga mutanosib induksiyalanadi. Ramkacha 5 birlamchi asbobning sezgir elementi bilan bog'langan. Ramkacha neytral holatdan chetga chiqqanda unda EYUK induksiyalanadi: (8.3) bu yerda: w — tokning burchak chastotasi; В — magnit induksiyasi; 1 — ramkachaning magnit may- doni kesib o'tgan o'tkazgichi uzunligi; r 0 . r — ram- kachaning o'rtacha radiusi; ф — ramkachaning burilish burchagi. Ramkacha o'ramlari soni va magnit induk- siyasi o'zgarmas bo'lganda, ferrodinamik o'zgartgich kattaligi E r burilish burchagi yoki o'lchanayotgan parametr qiymatiga mutanosib, ya'ni (8.4) bu yerda: К — o'zgartirish koeffitsiyenti. 231 Magnit oqimining kattaligi boshmoq 2 va qo'zg'aluvchan plunjer 7 orasidagi masofaga bog'liq bo'lgani sababli, ramkacha va siljish chulg'ami EYK ini havo oralig'ini rostlash yo'li bilan o'zgartirish mumkin. Masofaga uzatish ferrodinamik tizimining ishlash prinsipi PF dat- chiklarni ishlatishga asoslangan. Bu usul birlamchi asbob datchigidan olingan EYKni ikkilamchi asbob ferrodinamik o'zgartgichning EYK bilan kompensatsiyalashdan iborat. Ferrodinamik tizim (8.5-rasm) o'lchash asbobining uzatuvchi o'zgartgichi (datchik) 1, aloqa yo'li 5 va ikkilamchi asbob elementlari bo'lgan o'zgartgich 2, elektron kuchaytirgich 4 va reversiv elektr dvigatel 3 dan iborat. Ferrodinamik o'zgartgich 1 va 2 laming ram- kachalari ketma-ket ulangan, ulardagi EYK lar bir-biriga qarama-qarshi, shuning uchun elektron kuchaytirgich 4 kirishiga ikkala datchik EYK larining farqi E = E~E 2 uzatiladi. Agar aE = 0 bo'lsa, tizim muvozanat holatida bo'ladi. Agar o'zgartgich / ramkachasining holati o'lchanayotgan parametr ta'sirida cp, burchakka burilsa, EYK ham o'zgarib, E x ga teng bo'lib qoladi, tizimning muvozanati buziladi, kuchaytirgich 4 kirishiga a £ E Y K uzatiladi, bu kattalik kuchayib, elektr dvigatel 3 ga uzatiladi. Elektr dvigatel ikkilamchi asbob ramkachasini burchaklar (p, va cp 2 tenglashguncha siljitadi (^va E 2 EYK lar ham tenglashadi). Ferrodinamik o'zgartgichlardagi induksiyalangan EYK ramka burilish burchagiga bog'lanishi chiziqli bo'lgani sababli ular differensial-trans- formatorli o'zgartgichlarga nisbatan katta o'lchash chegaralariga ega. Masofaga signal uzatiladigan ferrodinamik o'zgartgichlar o'zlarining ishonchliligi, ishlatilishi oddiy va qulayligi, universalligi, yuqori metrologik tavsiflarga ko'ra keng tarqalgan. Sanoatda quyidagi turdagi o'zgartgichlar chiqariladi: PF-ferrodinamik o'zgartgichlar; PFF — ferrodinamik funksional o'zgartgichlar; PFF-K — ferrodinamik funksional korreksiyalik o'zgartgichlar. PFF va PFF—К turdagi o'zgartgichlarda PS, PF, PP va BD turdagi chiqish o'zgartkichlarining borligi o'lchanayotgan kattalikka mu- tanosib bo'lgan elektr va pnev- matik signallarni berishga imkon beradi. Torli (simli) chiqish o'zgart- gichi PS chastotali signal olishga imkon beradi. Undan integral- lovchi qurilmalarda axborotni raqamli avtomatikaning turli qu- rilmalariga, boshqariluvchi va hisoblash mashinalariga kiritish uchun foydalaniladi. Ferrodinamik 232 chiqish o'zgartgichi PF ushbu PFF va PFF—К turdagi o'zgartgichlarni turli hisoblash tizimlarida, teleo'lchash va boshqarish tizimlarida qo'llashga imkon beradi. Pnevmatik chiqish o'zgartgichi PP o'zgartgichlar bilan pnevmatik apparatura orasida bog'lanishni amalga oshirish, axborotni pnevmatik raqamli — yechuvchi va boshqarish mashinalariga kiritish, shuningdek, pnevmatik qurilmalar qo'llashni talab etadigan alohida sxemalar bilan aloqa o'rnatish imkonini beradi. Chiqish selsini BD ning borligi o'zgartgichlar bilan selsinlar orqali ishlaydigan qurilmali o'zgartgichlar orasida masofaga uzatish uchun aloqani amalga oshirishga imkon beradi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling