Nashriyot-matbaaijodiy uyi


- §. ELEKTR O'ZGARTKICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

8.2- §. ELEKTR O'ZGARTKICHLAR 
Noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga o'zgartirish va ko'rsatishlarni 
masofaga uzatish uchun kuch kompensatsiyali o'zgartgichlar, siljish kom-
pensatsiyali o'zgartgichlar va chastotali o'zgartkichlar qo'llaniladi. 
Kuch kompensatsiyali o'zgartgichlar birlamchi asbob sezgir elementining 
kuchini 0—5 yoki 0—20 mA li o'zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga 
o'zgartirishga mo'ljallangan. 
Elektr-kuch o'zgartgichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash 
prinsipiga asoslangan: sezgir element tomonidan o'lchanayotgan kattalik 
ta'sirida hosil qilingan kuch shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi 
tomondan ta'sir etadigan kuch bilan muvozanatlashadi. 
O'lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o'zgartgichlarida elektr-
kuch o'zgartgichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signali 
orasida to'g'ri mutanosiblik (chiziqli) munosabatni ta'minlaydigan chiziqli 
o'zgartgichlar va chiqish signali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga 
mutanosib bo'lgan kvadratik o'zgartgichlar. Kvadratik o'zgartgichlardan 
difmanometrlarda — sarf o'lchagichlarda foydalaniladi. Ular chiqish signalini 
o'lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to'g'ri mutanosib o'zgaradigan 
o'zgarmas tok ko'rinishida olishni ta'minlaydi. O'zgartgichlar alohida blok 
ko'rinishida yasaladigan UP-20 turli kuchaytirgich bilan jamlanadi. 
Chiziqli va kvadratik o'zgartgichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan 
farq qiladi. 
Kuch kompensatsiyali, elektr analog o'zgartgichining prinsipial sxemasi 
8.2-rasmda ko'rsatilgan. O'lchanayotgan parametr o'lchash bloki 1 ning 
sezgir elementiga (masalan, manometr membranasiga) ta'sir ko'rsatadi va 
228 


F mutanosib kuchga aylanadi, bu signal richag 2 ga uzatiladi. Richagning 
surgich 3, oraliq richag 4 va lenta(tasma)li tortqi 5 orqali burilishi 
kompensatsion richag 6 ga uzatiladi. Kompensatsion richagda differensial-
transformatorli indikatorning o'zagi 7 va magnitoelektr kuch mexaniz-
mining g'altagi 8 o'rnatilgan. Yarmo 9 ikkilamchi chulg'amlarining bir-
biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo'lgan zanjirdagi muvozanat o'rtacha 
holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali, o'zgaruvchan tok signali paydo 
bo'ladi. Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va 
to'g'rilangan signal masofaga uzatish aloqasiga va shu bilan birga, aloqa 
bilan ketma-ket bog'langan muvozanat indikatorining g'altagi 8 ga (teskari 
bog'lanish) keladi. G'altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan 
doimiy magnit 11 o'rtasidan o'zaro ta'sir natijasida richag 6 da kuch 
paydo bo'ladi, bu kuch o'lchanayotgan kirish (masalan, bosim o'zgarishi 
natijasida) kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 
orqali sozlanadi. Asbobni o'zgartgichning berilgan o'lchash chegarasiga 
sozlash uchun surgich 3 va lentali tortqi 5 ni siljitiladi. 
Kuch kompensatsiyasi prinsipi shu sxemaganisbatan quyidagidan iborat: 
muvozanat paytida sezgir element hosil qilgan kuch Funga teskari aloqa tomonidan 
ta'sir etadigan kuch Fm ga teng. 
Chiziqli o'zgartgichda doimiy magnit 11 bilan g'altakdan o'tayotgan tok 
hosil qiladigan magnit maydoni orasidagi o'zaro ta'sir shu tokka mutanosib 
bo'lgan, richag tizimi orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil 
qiladi, ya'ni, 
(8.1) 
bunda: F
M
— teskari aloqa tomonidan ta'sir etadigan kuch; K— o'zgarmas koeffitsiyent; 
I
chiq
— chiqish toki. 
Kvadratik o'zgartgichda teskari aloqa kuch F
M
bilan chiqish signali I
chiq 
orasidagi o'zaro ta'sirlashuv magnitoelektr mexanizm o'rniga elektromagnit 
kuch mexanizmini qo'llash yordamida ta'minlanadi. Bu holda teskari aloqa kuchi 
bilan chiqish signali orasidagi munosabat quyidagi ko'rinishda bo'ladi: 
(8.2) 
UP-20 turidagi yarimo'tkazgichli kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish 
indikatori signalini o'zgarmas elektr toki signaliga o'zgartiradi. Signalni 
masofaga uzatish 10 km ga yetishi mumkin. O'zgartkichga ulanadigan 
ikkilamchi asboblarni ikki guruhga bo'lish mumkin: o'zgarmas tokning 
unifikatsiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) va o'zgarmas 
kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, 
markaziy nazorat va boshqarishning elektr mashinalari). 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling