Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi fotoelementning fototokni
o'zgartirish xususiyatiga asoslangan. Fototok tushayotgan yorug'lik oqimi jadalligiga bog'liq bo'lib, uning kuchi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: (2.84) bu yerda: a — asbobning sezgirligiga bog'liq bo'lgan asbob doimiysi; n — asbob- ning spektr xarakteristikasiga bog'liq bo'lgan asbob doimiysi; T — fizik jismning harorati. Olingan haroratning nurlanishini xarakterlovchi fototok juda kichik bo'lib, uni kuchaytirish uchun elektron kuchaytirgichlar qo'llanadi. FEP (2.25-rasm) turidagi fotoelektr pirometrlarda nur oqimi bo'yicha manfiy teskari bog'lanishdan foydalaniladi. Mazkur bog'lanish yorug'ligi elektron kuchaytirgich chiqishida kuchlanish funksiyasidan iborat bo'lgan qizdirish lampasining fotoele- mentni yoritishi bilan amalga oshi- riladi. Nurlanayotgan jismdan chiqayotgan nur oqimi linza bi- lan bir joyga yig'iladi va qizil yorug'lik filtri 2 kassetasining yuqori teshigi orqali fotoelement 3 ga tushadi. Fotoelementga kassetaning pastki teshigi orqali ham cho'g'- lanish lampasi 4 dan nur oqimi tushadi. Fotoelementning galma- gal goh nurlanayotgan jismdan, 70 goh cho'g'lanish lampasidan yoritilishi yorug'lik filtri kassetasining oldiga o'rnatilgan yorug'lik modulatorining 50 Hz chastota bilan tebranuvchi to'sig'i 5 yordamida ta'minlanadi. Yorug'lik filtri kassetasida tebranuvchi to'siq va teshiklar shakli shunday tanlanganki, fotoelementga ikkala nurlanish manbayining sinusoidal o'zga- ruvchi nur oqimlari tushadi. Bunda ikkala nur oqimlarining fazalari 180° ga siljigan bo'ladi. Fotoelement chiqishida fototok paydo bo'ladi, uning kattaligi jism va lampa tomonidan yoritilganlik darajasiga bog'liq. Shu yoritilganliklar teng bo'lmasa, fotoelement zanjirida o'zgaruvchan fototok hosil bo'lib, u yo jism fototoki bilan, yo lampa fototoki bilan ustma-ust tushadi. Bu tok foto- element chiqishida rezistorda kuchlanishning sinusoidal tushuvini hosil qiladi, bu kuchlanish С kondensator orqali uch bosqichli elektron kuchlanish kuchaytirgichi 6 ga uzatiladi. Fototokning nur oqimlari farqiga mutanosib bo'lgan o'zgaruvchi tashkil etuvchisi 6 kuchaytirgichda kuchay- tiriladi va fotosezgir detektor 7 orqali elektron lampaga uzatiladi. Shu lampa toki chiqish parametridan iborat. Elektron lampaning anod zanjiriga manfiy, teskari bog'lanishli lampa 4 ulangan. Lampani qizdirish toki o'lchanayotgan jism va lampaning yoritilganligi o'zaro teng bo'lguncha va fototokning o'zgaruvchi tashkil etuvchisi o'zaro nolga teng bo'lguncha o'zgartirib boriladi. Bu bilan lampadagi tok kuchi o'lchanayotgan jismning yorug'lik harorati bilan bir qiymatli bog'liq bo'lib qoladi. Lampani ta'minlovchi tok kuchi tezkor avtomatik potensiometr bilan lampa zanjiridagi R qarshilikdagi kuchlanish tushuvi miqdori bo'yicha o'lchanadi. Potensiometr yorug'lik harorati darajalari bilan darajalangan. Fotoelektr pirometrning o'lchash chegaralari 800 dan 4000°C gacha. Asosiy xatolik o'lchash yuqori chegarasining ±1% ini tashkil etadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling