Nashriyot-matbaaijodiy uyi


-§. SUYUQLIKLI BOSIM O'LCHASH ASBOBLARI


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

3.2-§. SUYUQLIKLI BOSIM O'LCHASH ASBOBLARI 
Suyuqlikli bosim o'lchash asboblarining 
ishlash prinsipi o'lchanayotgan bosimning 
suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan 
muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli 
ishchi suyuqliklar, ko'pincha simob, transfor-
mator moyi, suv va spirt bilan to'ldiriladi. 
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo'lla-
nadi. Ularda ishchi suyuqlik sathlari ular usti-
dagi bosim teng bo'lganda mos tushadi, bosim 
teng bo'lmaganda esa suyuqlik sathi shunday 
holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim 
boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustu-
nining gidrostatik bosimi bilan muvozanat-
lashtiriladi. Ko'pgina suyuqlikli manometrlar 
ishchi suyuqlik ko'rinadigan sathga ega. O'sha 
sath bo'yicha ko'rsatishlarni bevosita yozib 
olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar 
guruhi borki, ularda ishchi suyuqlikning sathi 
bevosita ko'rinib turmaydi. Sathning o'zgarishi 
qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma 
78 


tasniflarining o'zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo raqamli qurilmalar 
yordamida o'lchanayotgan kattalikning bevosita ko'rsatishini, yoki uning 
qiymatini o'zgartirish va masofaga uzatishni ta'minlaydi. 
Suyuqlikli asboblarning ba'zi turlarini ко'rib chiqamiz. 
Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash 
uchun sathi ko'rinadigan ikki naychali U-simon manometrlardan, vakuum-
metrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning 
prinsipial sxemasi 3.1-rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 7 va 2 
metall yoki yog'och asos 3 ga mahkamlangan bo'lib, unga shkala 4 
o'rnatilgan. 
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi 
ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni 
balandliklari bir xil holatda bo'ladi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish 
mumkin: 
(3.5) 
bu yerda: 7?
mut
— o'lchanayotgan bosim, Pa; 
/?
atm
— atmosfera bosimi, Pa; 
naycha ko'ndalang kesimining yuzi, m
2

N — suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m; 
p — suyuqlikning zichligi, kg/m
3

p
1
— manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m
3

g — erkin tushish tezlanishi, m/s
2

Demak, 
(3.6) 
(3.7) 
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo'lsa, u holda: 
(3.8) 
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini 
hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa ko'payishini) 
va ularning qiymatini qo'shish lozim, ya'ni 
(3.9) 
Bosimlar farqini (o'zgarishini) o'lchashda suyuqlikli differensial ikki 
naychali manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga 
esa (manfly) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik 
sathining farqi o'lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (AR): 
(3.10) 
Manometrlarda ish suyuqligi kapillar kuchlarning ta'siridan xalos 
bo'lish uchun ichki diametri 8 ... 10 mm bo'lgan shisha naychalardan 
foydalaniladi. Agar ishchi suyuqlik sifatida spirt olinsa, naychalarning 
diametrini kamaytirish mumkin. 
79 


Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbayi mahalliy erkin tushish 
tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va 
o'lchanayotgan muhitning zichligi p ham p,, h, va h
2
balandliklarni 
o'lchashdagi xatolardan iborat. Ularning ko'rsatish xatosi 20°C haroratda 
2 mm dan oshmaydi. Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi 
va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda o'lchash uchun mo'ljallangan. 
Mazkur asboblardan bosimlar farqini o'lchashda difmanometr sifatida 
foydalanish mumkin. 
Tuzilishiga qarab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), 
og'ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning 
bir turi bo'lib, ikkinchi naycha o'rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. 
Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng 
qo'llanadi. Ularning kamchiliklari — ko'rsatishlarni masofaga uzatish mumkin 
emasligi, o'lchash chegaralarining kichikligi, ko'rsatishlarning yaqqol 
emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat. 
Texnik o'lchashlarda kombinatsiyalashgan suyuqlikli mexanik asboblar 
qo'llanadi. Ular yuqorida ko'rilgan asboblardan farqli o'laroq, ishchi 
suyuqlikning ko'rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo'ng'iroqli va 
halqali asboblar kiradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling