Nashriyot-matbaaijodiy uyi


  Fotoelektrik kalorimetrlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

178 


Fotoelektrik kalorimetrlar spektrning ko'rinadigan qismida ishlash uchun 
mo'ljallangan. Konsentratsiyani o'lchash tahlil qilinayotgan moddaning 
ho'yalish jadalligi bo'yicha bajariladi, asbobning nomi ham shundan olingan 
(„kolor" — rang degani). Odatda, fotokalorimetrlar spektrning keng sohasida 
ishlaydi, shuning uchun ularda nurlanish manbalari sifatida cho'g'lanish 
lampalaridan foydalaniladi. O'lchash sezgirligi va tanlanishini oshirish uchun 
fotokalorimetrlarda yorug'lik filtrlaridan keng foydalaniladi. Yorug'lik 
oqimlarining jadalligini qayd etish uchun qabul qilgichlar sifatida turli 
fotoelementlar, fotoqarshiliklar va fotoko'paytirgichlardan foydalaniladi. 
Avtomatik fotokalorimetrlarda, odatda, ikki kanalli (differensial) sxema-
lar qo'llaniladi. Bu sxemalar yorug'lik manbayidagi o'zgarishlarga sezgir 
emas, chunki ularda o'lchash ishlari taqqoslash usulida bajariladi. Ikki kanalli 
kalorimetrlarda (6.27-rasm) ikki fotoelementning fototoklari taqqoslanadi; 
fototoklardan birining kattaligi nazorat qilinayotgan eritma orqali o'tayotgan 
yorug'lik oqimiga, ikkinchi fototokning kattaligi esa etalon eritmadan o'tgan 
yorug'lik oqimiga mutanosib bo'ladi. 
Etalon va tekshirilayotgan suyuqliklarning optik xossalari bir xil bo'lgan 
hollarda har ikki fotoelementning yoritilganligi bir xil bo'ladi va ko'prik 
diagonalida tok bo'lmaydi. Agar tekshirilayotgan suyuqlik etalon suyuq-
liknikidan farq qiladigan konsentratsiyaga ega bo'lsa (kuchli yoki kuchsiz 
bo'yalgan bo'lsa), u holda ko'prikning diagonalida tok paydo bo'lib, uning 
kattaligi konsentratsiyaga funksional bog'liq bo'ladi. 
Optik qismining nisbatan murakkabligi va sxema elementlari spektral 
tavsiflarining o'lchash natijalariga ta'sir qilishi bu asboblaming kamchiligi 
hisoblanadi. Bunday asboblaming xatoligi kyuvet darchalarining va nurlar 
yo'lidagi boshqa elementlaming bir xilda ifloslanmasligi tufayli katta bo'ladi. 
Suyuqlikda erimay qolgan muallaq 
zarralar konsentratsiyasini nazorat qi-
lish uchun loyqa muhitlarda yorug'lik-
ning sochilishiga asoslangan usullar 
qo'llaniladi. Agar loyqa muhit orqali 
yorug'lik oqimi o'tkazilsa,. u holda uning 
bir qismi suyuqlikdagi zarralar orqali 
sochiladi. Nazorat qilinayotgan suyuq-
likda muallaq zarralar konsentratsiyasi 
qancha yuqori bo'lsa, yorug'lik oqimi-
ning shuncha katta qismi sochiladi. 
Bunda nazorat qilinayotgan suyuqlik 
orqali o'tayotgan yorug'lik oqimi jadal-
ligining kuchsizlanishi ham (turbidi-
metrik o'lchash) yorug'lik oqimining 
sochilish jadalligi ham (nefelometrik 
o'lchash) konsentratsiya o'lchovi bo'li-
shi mumkin. 
179 


« 
Ikki optik kanalli nefelometrning prinsipial sxemasi 6.28-rasmda 
ko'rsatilgan. Yorug'lik oqimi manba 1 dan chiqib, shisha darchalar 3 bilan 
jihozlangan o'lchash kamerasi 2 orqali o'tadi. Kamera 2 orqali o'tgan 
yorug'lik oqimi taqqoslash kanaliga yo'naladi, sochilgan yorug'lik oqimi esa 
o'lchash kanaliga yo'naladi. Har ikki oqim obtyurator 4 yordamida 
navbatma-navbat fotoelement 5 ga tushadi. Sochilgan yorug'lik oqimi bilan 
taqqoslash oqimi o'rtasidagi farq (ayirma) muallaq zarralar konsentratsiyasiga 
bog'liq bo'ladi. Nefelometrlarda yorug'lik oqimlarining kompensatsiyalanish 
prinsipidan foydalaniladi, buning uchun ularning notengligi mavjud bo'lga-
nida elektron kuchaytirgich chiqishiga ulangan reversiv dvigatel RD asbob 
strelkasini optik pona 6 sari siljitib, yorug'lik oqimlarini tenglashtiriladi. 
Nefelometrlar, asosan, emulsiyalarni tkhlil qilishda va qisman oqova 
suvlardagi neft mahsulotlari miqdorini tahlil qilishda ishlatiladi. 
Turbidimetrik analizatorlar ichimlik va oqova suvlarning loyqaligini, 
tindirgichlar va texnologik uskunalardagi shlam sathini, suspenziyalardagi 
zarralar konsentratsiyasini o'lchashda qo'llaniladi. Turbidimetrik analizatorlar 
suv loyqaligini o'lchaydigan 0—3 dan 0—500 mg/1 gacha o'lchash chegarasiga 
ega, o'lchash xatoligi ±2 % dan oshmaydi. 
Konsentratsiyani aniqlashning polarimetrik usuli ba'zi optik jihatdan 
aktiv moddalarning ulardan o'tayotgan qutblangan yorug'likning qutblan-
tirish tekisligini aylantirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Optik jihat-
dan aktiv moddalari bor eritmalar qutblanish uchun qutblanish tekisligini 
aylantirish burchagi a eritma qalinligi bir xil turganida shu eritma qatlamiga 
mutanosib bo'ladi: 
(6.21) 
bu yerda: a
0
— qutblanish tekisligining qutblangan yorug'lik haroratiga, uning to'lqin 
uzunligiga bog'liq bo'lgan solishtirma aylanishi; / —qatlam qalinligi; C—eritmaning 
konsentratsiyasi. 
Shunday qilib, a
0
ning qiymatini bilgan holda, I ni o'lchangan qiymati 
bo'yicha konsentratsiya С ni aniqlash mumkin. 
180 


6.29-rasmda avtomatik polarimetrning prinsipial sxemasi keltirilgan. 
Yorug'lik nurlari manba 1 dan chiqib, linza 2 yordamida parallel tutamga 
yaqinroq yorug'lik tutamiga aylantirilgach, interferension filtr 3 dan o'tib, 
monoxromatik bo'lib qoladi. Polarizator 4 bu nurlanishni azimuti ma'lum 
qutblangan chiziqli nurlanishga aylantiradi. Modulator 5 (masalan, Faradey 
yacheykasi) qutblanish azimutini / chastota bilan o'rta vaziyatdan bir xildagi 
kattalikka o'zgartiradi. Analizator 7 qutblanish azimutining o'rtacha 
vaziyatiga nisbatan 90° burchak hosil qilib o'rnatilgan (ayqash vaziyat) bo'lib, 
foto qabul qilgich 8 ga qutblanish azimuti o'zgarishining qo'shaloq chastotasi 
(2/) ga teng modulatsiyali amplituda bilan kiradi. Foto qabul qilgich 
ta'minlash bloki 9 dan ishlaydi va nurlanishni elektr signaliga o'zgartiradi. 
Agar modulator bilan analizator o'rtasiga optik jihatdan aktiv obyekt 6 
joylashtirilsa, u holda qutblanish azimuti o'rtacha vaziyatdan ma'lum burchak 
a ga o'zgaradi va foto qabul qilgichga / chastotali nurlanish kiradi. / chastotali 
elektr signal elektron kuchaytirgich 10 da nomuvofiqlik signalini hosil qiladi, 
bu signal analizator bilan bikir aloqaga ega bo'lgan ijro mexanizmi
 11 ga 
keladi. Nomuvofiqlik signalining fazasiga qarab, ijro mexanizm analizatorning 
tizimini optik o'qi atrofida u yoki bu tomonga buradi. Bu hoi to ayqash vaziyat 
yana qaror topguniga qadar davom etadi va analizatordan keyin nurlanish 
chastotasi 2/ga teng bo'lmay qoladi. 
Analizatorning burilish burchagi qutblanish azimutining optik jihatdan 
aktiv obyekt bilan birga aylanish burchagiga teng bo'ladi. O'lchash natijalari 
analizator bilan ijro mexanizmi orqali bog'langan sanoq qurilmasi 12 da qayd 
etiladi. 
Qutblanish-optik usullar amalda inersiyasiz bo'lib, yuqori aniqlikka 
egadir. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling