Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
{
— kumush xlorid qoplangan kontaktli elektrod bilan xlorid kislota orasidagi potensialning keskin o'zgarishi; E 2 — xlorid kislota eritmasi bilan shisha elektrod zoldiri ichki yuzasi o'rtasidagi potensialning o'zgarishi; Е ъ — simob bilan kalomel o'rtasidagi yordamchi elektroddagi potensialning o'zgarishi; E x — shisha elektrod zoldiri tashqi sirti bilan tekshirilayotgan eritma o'rtasidagi potensialning o'zgarishi. E v E 2 va Е ъ kattaliklar nazorat qilinayotgan eritmaning tarkibiga bog'liq bo'lmaydi va faqat haroratga qarab o'zgaradi. Shisha elektrod zoldirining tashqi yuzasida hosil bo'ladigan elektr yurituvchi kuch E x eritmaning pH miqdori va temperaturasi bilan aniqlanadi hamda (6.18) tenglama bilan hisoblanishi mumkin. Binobarin, pH-metr elektr zanjirining yig'indi EYK ma'lum harorat uchun tekshirilayotgan eritmadagi vodorod ionlari aktivligining funksiyasidan iboratdir. Bu EYK ni o'lchab tekshirilayotgan eritma uchun pH kattalikni topish mumkin. Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o'zgarganida shisha elektrodning elektrod potensiali o'zgaradi. Buning natijasida eritmaning turli haroratlaridagi 175 aynan bir xil kattalikdagi pH larga elektrod tizimining turli qiymatlari mos keladi. 6.24-rasmda elektrod tizimi EYK ning na- zorat qilinayotgan eritmaning turli haroratlaridagi pH lariga bog'liqlik xarakteri ko'rsatilgan. Erit- maning harorati ortishi bilan tizim tavsifining tik- ligi oshadi. Izopotensial nuqta deb ataladigan A nuqtada to'g'ri chiziqlar kesishadi va demak, elektrod tizimining EYK eritmaning haroratiga bog'liq bo'lmaydi. Bu nuqtada eritma haroratining shisha elektrod ichki va tashqi potensiallariga ta'siri o'zaro kompensatsiyalangan. Izopotensial nuqta- ning E t va рН и bilan belgilangan koordinatalari elektrod tizimining eng muhim tavsiflari hisob- lanadi, ularga pH-metrning harorat kompen- satsiyasi sxemasini hisoblashda amal qilinadi. Sanoat pH-metrlarida o'lchash elektrodi va yordamchi elektrod bitta korpusda joylashtiriladi va sig'imlarda o'rnatiladigan, botirib qo'yiladigan datchiklar tarzida yoki quvurlarda o'rnatiladigan, oqar suvda turadigan datchik tarzida tayyorlanadi. pH zanjirning EYK ini o'lchashda odatda kirish qarshiligi katta bo'lgan avtomatik potensiometrlardan foydalaniladi, ularning shkalasi pH birliklarida darajalanadi. Tekshirilayotgan eritmalarning harorati keng chegaralarda o'zgarib turganida o'lchash tizimida eritma haroratlarining o'zgarib turishini avtomatik kompensatsiyalovchi qurilma bo'lishi kerak. Asbobsozlik sanoatida ishlab chiqariladigan pH-metrlarning eng ko'p tarqalgan turlariga pH-201 va pH-261 xillari kiradi. Ularning o'lchash o'zgartkichlari o'zgarmas kuchlanish bo'yicha 0—50 mV va tok bo'yicha 0—5 mA chiqish signallariga ega bo'ladi. Bu esa ularning avtomatik potensio- metrlar, nazorat qilish va rostlash qurilmalari bilan birgalikda ishlashga imkon beradi. pH-metrning komplekti pH-201 eritmalarida vodorod ionlari aktivligini o'lchash, qayd etish hamda rostlash uchun mo'ljallangan. pH-metrga oqar suvda turadigan datchik — sezgir element DM-5M shisha va kumush xlorid qoplangan elektrodlar bilan, yuqori chastotali sanoat o'zgartkichli P-201 va o'ziyozar potensiometr KSP-2 kiradi. Sanoat P-201 o'zgartkichi pH larni o'lchashda qo'llaniladigan elektrod tizimlarining sezgir elementlari EYK ni unifikatsiyalangan o'xshash elektr signallariga o'zgartirish uchun mo'ljallangan. O'zgartkich ko'rsatuvchi asbob M1730A (yoki M325) bilan jihozlangan. O'zgartkich chiqish toki bo'yicha manfiy teskari aloqa bilan qamrab olingan o'zgarmas tok kuchaytirgichidan iborat, bu esa katta chiqish qarshiliklari olishga imkon beradi. P-201 o'zgartkichi bilan elektrod tizimining EYK ni o'lchash sxemasi 6.25-rasmda ko'rsatilgan. Elektrod tizimining o'lchanadigan EYK E x teskari ishorali U Mq 176 kuchlanish bilan taqqoslanadi. Bu kuch- lanish rezistor R dan kuchaytirgichning chiqish toki I chiq o'tayotganida kuchlanish tushuvi natijasida hosil bo'ladi. Binobarin, elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga U kir = E x — U chiq kuchlanishlar ayirmasi be- riladi; bu yerdan Elektron kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti (u kuchaytirgich chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishi nisbatiga teng) qiymati ancha katta bo'lganida U chi >> U kir bo'ladi, shuning uchun U kir ning qiy- matini hisobga olmasa ham bo'ladi. U holda Shunday qilib, rezistor orqali o'tayotgan tok kuchi amalda elektrod tizimida hosil bo'ladigan EYK ga mutanosib bo'ladi. Uning kattaligini o'lchab, E x ning va binobarin, eritmaning pH miqdorini aniqlash mumkin. O'zgartkichda o'lchash chegaralari 10 dan 100 mV gacha bo'lgan o'ziyozar potensiometrlarni ulash uchun kuchlanish va tok bo'yicha chiqishlari bor. Harorat kompensatsiyasi 0 dan 100 °C gacha. Sezgir elementdan o'zgartkichgacha yo'l qo'yiladigan eng katta masofa 150 m. Chiqish signallari o'zgarmas tok bo'yicha 0—5 mA; o'zgarmas tok kuchlanishi bo'yicha 0 dan (10—100) mV gacha. Ko'rsatishlarni aniqlash vaqti 10 s. pH- 201 asbobida pH sonlarini o'lchashning besh chegarasi bor: 1; 2,5; 5; 10; 15. Elektr chiqish signallari bo'yicha asosiy xatolik ± 1 %. Ko'rsatuvchi asbob bo'yicha ±2 %. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling