Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Vaznli zichlik o'lchagichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Vaznli zichlik o'lchagichlar. Vaznli zichlik o'lchash asboblarining ishlash
prinsipi nazorat qilinayotgan suyuqlikning ma'lum bir doimiy hajmining vaznini uzluksiz o'lchab turishga asoslangan. Toza suyuqliklar zichligi o'lchashdan tashqari vaznli zichlik o'lchagichlar suspenziya va tarkibida qattiq moddalar bo'lgan suyuqliklar zichligini o'lchashda ham ishlatiladi. 6.34-rasmda pnevmatik o'zgartkichli vaznli zichlik o'lchagichning prin- sipial sxemasi keltirilgan. Suyuqlik rezina tarnov va metall silfonlari 6 bo'l- gan sirtmoqsimon quvur 1 dan o'tadi. Sirtmoqsimon quvur pnevmoo'z- gartkichining to'sig'i 2 bilan bog'liq. Suyuqlik zichligi oshganda sirtmoqsimon quvurning vazni ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan to'siq 2 oralig'i kichrayadi, o'zgartkichdagi bosim ko'tariladi. 188 Unifikatsiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silfon 5 ga uzatiladi (teskari aloqa). Silfondagi bosim suyuqlik zichligining o'zgarishiga mutanosib o'zgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob bilan o'lchanadi. Asbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon quvur to'ldirila- yotgan paytdagi amaliy haroratda o'lchaydi. Vaznli zichlik o'lchagichlarning afzalligi sirtmoqsimon quvur kesimining doimiyligi va quvurdan suyuqlikning katta tezlikda o'tishidir. Bu esa suyuqlik tarkibidagi qattiq jismlarning sirtmoqsimon quvur tubiga (devorlariga) cho'kishiga yo'l qo'ymaydi. Sanoatda 500 ... 2500 kg/m 3 o'lchash chegaralariga mo'ljallangan vaznli zichlik o'lchagichlar chiqariladi. O'lchashdagi asosiy xatolik ± 2 % . 6.35- rasmda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o'qituvchilari yaratgan zichlik o'lchagichning sxemasi keltirilgan. U korpus va o'lchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuqlik bilan to'ldirilgan oraliq kamera 4 va pnevmoo'zgartkich vazifasini bajaradigan kamera 5 dan iborat. Zichligi o'lchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtutseri 6 orqali to'xtovsiz kelib turadi va undan chiqish shtutseri 7 orqali chiqib ketadi, bu esa kamerada suyuqlikning bir sathda turishini ta'minlaydi. Oraliq kamera 4 idish 3 tubi 8 ning siljishini kuzatish uchun mo'ljallangan, u bikir markazli elastik membrana 9 dan iborat, markaz kamera 4 ning tubida o'rnatilgan. Kamera 5 soplo 10 bilan jihozlangan. Siqilgan havo naycha 11 orqali kamera 5ga doimiy drossel 12 orqali kiradi. Membrananing bikir markazi soplo 10 ning to'sig'i rolini o'ynaydi. Membrana 8 ning suyuqlik vazni (zichligi) ga bog'liq bo'lgan siljishi oraliq kamera 4 orqali membrana 9 ga beriladi, bu membrana siljib soplo 10 ni bekitadi. Kamera 5 dagi havo bosimi o'lchash asbobi 2 yordamida nazorat qilib turiladi va suyuqlikning zichlik o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. Membrana-vaznli zichlik o'lchagich o'lchash sezgirligi va aniqligini oshirishga imkon beradi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling