Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Rotatsion viskozimetrlar.
Suyuq-
liklar qovushqoqligini o'lchashda hamda 
ularning reologik xususiyatlarini o'rga-
nishda rotatsion viskozimetrlardan 
foydalanish qulay. Bu asboblar tekshi-
rilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qar-
shilik momentlari va aylantiruvchi 
momentlarni o'lchashga asoslangan. 
Qovushqoq suyuqlikda jism aylan-
ganida qovushqoqlik qarshiligi teskari 
199 


ta'sir etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu 
moment suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik 
qovushqoqlikka mutanosib bo'ladi: 
(6.50) 
bu yerda: M— aylantiruvchi moment, Nm; A"—asbob doimiysi; ц — dinamik 
qovushqoqlik, Pa • s; со — aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s. 
Rotatsion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi 
momentni o'lchash usuliga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga 
nisbatan koaksial silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka 
cho'ktiriladigan aylanuvchi parallel diskli asboblar ko'proq ishlatiladi. 6.46-
rasmda rotatsion viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko'rsatilgan. 
Koaksial silindrli viskozimetr (6.46-rasm, a) tashqi silindri tahlil 
qilinayotgan suyuqlik bilan to'ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 
2 o'zgarmas tezlik bilan aylanganda dvigatel 1 ta'sirida suyuqlik statsionar 
aylanish holatiga keladi va aylantiruvchi momentni ichki silindr 3 ga uzatadi. 
Bu silindrni tinch holatda saqlash uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari 
ishorali kuch momenti ta'sir qilishi kerak. Bu kuch, rasmda ko'rsatilga-
nidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil qilinadi. 
Laminar harakatda kuch momenti bilan ko'rilayotgan suyuqlikning 
qovushqoqligi quyidagicha bog'langan: 
(6.51) 
bu yerda: M— kuch momenti, N-m; /—ichki silindrning uzunligi, m\ w — tashqi 
silindr aylanishining burchak tezligi, 1/s; R va r— tashqi va ichki silindrlarning radiasi, m. 
Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo'ladi. 
Tekshiriladigan suyuqlikka cho'ktiriladigan aylanuvchi jism (6.46-rasm,
 b) 
sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida 
o'zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor 
aylanishiga ko'rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o'lchanadi. 
200 


Aylanuvchi diskli viskozimetr (6.46-rasm, d) tekshirilayotgan suyuqlikka 
cho'ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida 
ravon aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqlik xususiyati tufayli 
disk 3 ga aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik 
qovushqoqligiga mutanosib bo'lib, hisoblash asbobi bilan bog'langan silindrik 
prujina 4 yordamida muvozanatlanadi. 
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushqoqligini 
uzluksiz o'lchashda ham foydalanish mumkin. 
Rotatsion viskozimetrlarning o'zgarmas koeffitsiyentlari analitik ravishda 
yoki etalon suyuqliklar bo'yicha tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Rotatsion 
viskozimetrlarning o'lchash chegarasi 0,01... 1000 Pa s. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling