Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Gazlarning namligini o'lchash


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Gazlarning namligini o'lchash. Hozir texnologik jarayonlarda gazlarning 
203 


va havoning namligini o'lchashning psixrometrik, shudring nuqtasi va 
gigrometrik usullari eng ko'p tarqalgan. 
Psixrometrik asboblar bilan namlikni o'lchash prinsipi suv bug'ining 
elastikligi hamda quruq va nam termometrlarning ko'rsatishlari o'rtasidagi 
bog'lanishga asoslangan. Psixrometrik samarani o'lchash uchun psixrometr 
ikkita bir xil termometrga ega bo'lishi kerak. Bulardan binning (ho'l 
termometrning) issiqlik qabul qiluvchi qismi idishdan suvni so'rib oluvchi 
gigroskopik jismga tutashib turadi va doimo nam holda saqlanadi. Ho'l 
termometrning sirtidagi namlik bug'langanda uning harorati pasayadi. 
Natijada quruq va ho'l termometrlar o'rtasida psixrometrik farq deb 
ataluvchi haroratlar farqi paydo bo'ladi. 
Psixrometrik farqqa bog'liq nisbiy namlik quyidagi nisbatdan aniqlanadi: 
(6.55) 
bu yerda: P
N
 — nam termometrning t
N
haroratida tekshirilayotgan muhitning 
to'yintiruvchi bug'lari elastikligi, Per, P
q
 — quruq termometrning t
q
haroratida 
tekshirilayotgan muhitning to'yintiruvchi bug'lar elastikligi, Pa\ A — psirxometrik 
koeffitsiyent bo'lib, u psixrometrning tuzilishi, nam termometrga gaz haydash tezligi 
va gaz bosimiga bog'liq, 1/°C. 
A koeffitsiyent ma'lum tuzilishli psixrometrlar uchun tuzilgan maxsus 
jadvallardan olinadi. Bu koeffitsientga ho'l termometrga gaz haydash tezUgi 
katta ta'sir qiladi. Gaz oqimining tezligi oshishi bilan A koeffitsiyent 
kamayadi va 2,5 4- 3 m/s dan ortiq tezlikda doimiy bo'lib qoladi. Sanoat 
psixrometrlarida gaz oqimining tezligini o'zgartirmaydigan qurilmalar bor. 
Bu tezlik 3 4 m/s dan kam emas. 
Elektr psixrometrlarda haroratni aniqlash uchun termojuftlar, yarim-
o'tkazgichli termoqarshiliklar va standart metall qarshilik termometrlari 
ishlatiladi. 
6.49- rasmda qarshilik termometrlariga ega bo'lgan elektr psixro-
metrning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Asbobning o'lchash qismi / va II 
204 


ko'priklaridan iborat. Ikkala ko'prik ham elektron kuchaytirgichning ikkita 
umumiy va R
3
yelkalariga ega. R
mq
quruq qarshilik termometri I 
ko'prikning yelkasiga, R
mH
ho'l qarshilik termometri II ko'prik yelkasiga 
ulangan. I ko'prik R
v
 R
2
, R
3
 R
tg
qarshiliklardan iborat. II ko'prik R
{
 R
3

R
4
, R
mH
qarshiliklardan iborat. 
Ko'prik diagonalining a va b uchlaridagi potensiallar farqi quruq 
qarshilik termometrining haroratiga, a va с uchlaridagi potensiallar farqi esa 
ho'l qarshilik termometrining haroratiga mutanosib. Qo'shaloq ko'prik 
diagonalining v va s nuqtalari orasidagi kuchlanishning pasayishi quruq va 
ho'l qarshilik termometrlarining haroratlari farqiga mutanosib. O'lchash 
tizimining muvozanati RD reversiv dvigatel yordamida harakatga kel-
tiriladigan R reoxord sirpang'ichini avtomatik ravishda siljitish yo'li bilan 
hosil qilinadi. Shu bilan birga, dvigatel asbob strelkasini ham siljitadi. 
Asbobning shkalasi nisbiy namlik foizlarida darajalangan. 
Psixrometrik usulning afzalliklari — musbat haroratda o'lchashning 
yetarli darajada aniqligi va inersionligining kichikligi; kamchiliklari — 
o'lchash natijalarining gaz harakati tezligiga va atmosfera bosimi o'zga-
rishlariga bog'liqligi; harorat pasayishi bilan sezgirlikning kamayishi va 
xatoning ko'payishidir. 
Avtomatik psixrometrik namlik o'lchagich APV-201 texnologik obyekt-
lardagi bug'-gaz aralashmasining nisbiy namligini uzluksiz nazorat qilish 
uchun mo'ljallangan. Uning ishlash prinsipi nisbiy namlikni o'lchashning 
psixrometrik usuliga asoslangan. 
Namo'lchagich uchta blokdan: birlamchi o'zgartkich, ikkilamchi 
o'zgartkich va muvozanatlashtirilgan ko'prik KSM-3 dan iborat. Nisbiy 
namlikni o'lchash chegaralari 10...100%. O'lchanayotgan muhitning 
harorati 30...100°C. Asosiy xatolik nisbiy namlikning 3 % iga teng. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling