Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Gigrometrik namo'lchagichlarda


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Gigrometrik namo'lchagichlarda sezgir element o'lchanayotgan gaz 
bilan gigrometrik muvozanatda turishi kerak. Texnik o'lchashlar amaliyotida 
gigrometrik o'zgartkichlarning quyidagi turlari tarqalgan: elektrolitik, 
qizdirishli elektrolitik va sorbsion. Elektrolitik gigrometrlarda o'lchash 
o'zgartkichida elektrolitli namga sezgir element bo'ladi. Gazning namiigi 
o'zgarganda bu elementdagi nam miqdori o'zgaradi, natijada elektrolitning 
konsentratsiyasi hamda tegishlicha uning qarshiligi yoki elektr o'tkazuv-
chanligi o'zgaradi. Elektrolit sifatida, ko'pincha, litiy xlorid ishlatiladi. 
Elektrolitik gigrometrlarning o'lchash sxemalari ko'prikli o'lchash sxema-
larining turli variantlaridan iborat bo'ladi. Elektrolitik gigrometrlarning 
kamchiligiga ularning darajalanish tavsiflarining noturg'unligini, shuning-
dek, ularning ko'rsatishiga haroratning va eritma konsentratsiyasining 
ta'sirini kiritish mumkin. 
Qizdirishli elektrolitik o'zgartkichlar tuzilishi jihatidan elektrolitik 
o'zgartkichlarga yaqin. Biroq ishlash prinsipi bo'yicha farq qiladi. Gaz 
namiigi o'zgarishi natijasida o'zgartkich elektr o'tkazuvchanligi o'zgarib, 
uning harorati ham o'zgaradi. Agar gazning namiigi ortsa, o'zgartkichning 
elektr o'tkazuvchanligi ham ortib, tokning ko'payishiga, o'zgartkich haro-
ratining ko'tarilishiga va o'zgartkichdan namning bug'lanishiga olib keladi. 
Bu esa, o'z navbatida elektr o'tkazuvchanlikning, tokning va o'zgartkich 
haroratining kamayishiga olib keladi. Shunday qilib, tahlil qilinayotgan 
206 


gazdagi suv bug'larining parsial bosimlari bilan elektrolitning to'yingan 
eritmasi ustidagi parsial bosimlarning muvozanat holatiga mos keladigan 
rejim avtomatik tarzda saqlab turiladi. Bu muvozanat holatiga mos 
keluvchi harorat biror termometr bilan o'lchanadi. Qizdirishli elektrolitik 
gigrometrlar nisbatan sodda va ishonchlidirlar. Ularning tavsifi amalda 
gazning changishiga yoki ifloslanishiga, tezligiga, bosimiga va ta'minlash 
kuchlanishiga bog'liq emas. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling