Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
„Shudring nuqtasi" usuli yoki gazlarning namligini kondensatsion usul
bo'yicha o'lchash quyidagi bog'lanishga asoslangan: (6.56) bu yerda: P % — „shudring nuqtasi"ning т — haroratida bug'ning elastikligi, Pa; P t — to'yingan bug'ning t haroratdagi elastikligi, Pa. Shunday qilib, „shudring nuqtasi"ni va tekshirilayotgan gazning haro- ratini bilsak, nisbiy namlikni aniqlash mumkin. „Shudring nuqtasi" usuli katta qulaylikka ega, chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida o'lchashga imkon beradi (10... 15 mPa va undan ortiq). Bu usul bo'yicha namlikni o'lchash haroratni o'lchashdan iborat. Shu usulda o'lchash asbobining tuzilishi 6.50-rasmda ko'rsatilgan. Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq havo bilan sovitiladigan ko'zgu 2 gacha keladi. Sezgir element 205 ko'zgucha sirtiga kichik inersiyali termojuft 3 o'rnatilgan, unga millivolt- metr 6 ulangan. Ko'zguchada shudring paydo boiish payti fotorele sxemasi bo'yicha ulangan fotoelement 8 yor- damida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib, millivoltmetr ulanadi hamda ko'zgucha haroratini o'lchaydi. Ayni bir vaqtda havo isitgich 5 ning elektr qizdirish ele- menti ulanadi, bu element ko'zgucha qizib, ravshanlanguncha ulangan holda turadi. Ko'zgucha sirtidagi shudring batamom bugianganda isitgich uziladi va ko'zgucha isiydi. Shunday qilib, o'lchash jarayoni takrorlanib turadi. Bu asboblarning bir qancha turlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni sovitish, kondensatsiya paytini qayd etish, shudring paydo bo'lish haroratini o'lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o'lchagichlar murakkab tuzilishga ega bo'lib, ishlatishda katta malaka va e'tiborni talab qiladi. Shuning uchun bu asboblar boshqa usullarni qo'llab bo'lmagan hollardagina ishlatiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling