Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq va sochiluvchan materiallarning namligini olchash.
- Konduktometrik usul
207
Absorbsion namlik o'lchagichning ishlash prinsipi (suyuqlik uchun) suv- ning infraqizil nur sohasiga yaqin spektr nurlanish energiyasini yutishi- ga asoslangan. Bunday namo'lcha- gichning prinsipial sxemasi 6.51- rasmda ko'rsatilgan. Suyuqlik kamera 2 dan o'tka- ziladi, u yerda suyuqlik orqali manba 1 dan nurlanish oqimi F, o'tadi. Ka- merada energiyaning bir qismini nam yutganligi uchun chiqayotgan nur- lanish oqimi F 2 ning energiyasi aralashmadagi nam qiymati qancha ko'p bo'lsa, shuncha kam bo'ladi. Oqim F 2 ni qabul qilgich 3 o'lchaydi. Nur- lanish manbayi bo'lib cho'g'lanish lampasi, qabul qilgich bo'lib esa fotorezistor xizmat qiladi. Sanoatda ishlatiladigan nam analizatorlari aseton va spirtdagi nam qiymatini 0 dan 5 % gacha aniqlash uchun xizmat qiladi. Qattiq va sochiluvchan materiallarning namligini o'lchash. Qattiq va sochiluvchan materiallarning namligini o'lchash usullari shartli ravishda ikki guruhga bo'linadi: 1) namunadagi nam yoki quruq modda massasini aniqlashga imkon beradigan bevosita usullar (quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar); 2) namlikni unga bog'liq parametrni o'lchash yo'li bilan aniqlaydigan bilvosita usullar (konduktometrik, dielkometrik, o'ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit rezonansli, termovakuum, issiqlik fizikasi usullari). Bevosita usullar yuqori o'lchash aniqligi va uzoq davom etishi bilan farqlanadi (10—15 soatgacha). Bilvosita usullar yuqori tezlikda bajarilishi va o'lchash aniqligi ancha pastligi bilan xarakterlanadi. Texnik o'lchashlarda deyarli hamma vaqt bilvosita usullar qo'llaniladi. Bilvosita usullardan konduktometrik, dielkometrik (sig'imli), o'ta yuqori chastotali va optik usullar keng tarqalgan. Odatda sanoatda ishlatiladigan materiallarning ko'pchiligi kapillar-g'ovak moddalar bo'lib, ularda nam g'ovaklarda saqlanadi. Material yutishi mumkin bo'lgan nam miqdori kapillarlarning shakli, o'lchami va joy- lashuviga, shuningdek, suvning material bilan bog'lanish jihatiga bog'liq. Namning material bilan turlicha bog'lanishi uning fizik tavsiflariga turlicha ta'sir qiladi va bu bog'lanishni aniqlash ancha qiyinchiliklarga bog'liq. Shuning uchun qattiq va sochiluvchan materiallarning namligini o'lchash qiyinchiliklar tug'diradi va darajalangan tavsiflarning yetarli bo'lmasligiga olib keladi. Kapillar-g'ovak materiallar quruq holida solishtirma qarshiligi 10 8 Om • m va undan yuqori bo'lgan dielektrik moddalar hisoblanadi. Kapillar-g'ovak 208 materiallar namlanganida solishtirma qarshiligi 10 4 Om • m bo'lgan o'tkazgichlarga aylanishi mumkin. Konduktometrik namlik o'lchagichlar qattiq va sochiluvchan materiallar namligini o'lchashda keng ishlatiladi. Konduktometrik usul modda namiigi bilan uning elektr qarshilik o'rtasidagi bog'lanishga asoslangan. Bu bog'lanish quyidagicha ifodalanadi: (6.57) bu yerda: R — materialning qarshiligi, Om; C— material tabiatiga bog'liq bo'lgan doimiy kattalik; W— materialning namiigi, %; n — tekshirilayotgan materiallarning strukturasi va tabiatiga bog'liq bo'lgan daraja ko'rsatkichi (turli materiallar uchun keng chegaralarda o'zgarib turadi). С doimiy ham daraja ko'rsatkichi n ham har bir material uchun tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Qarshilikning namlikka bo'lgan darajali nisbati kapillar-g'ovak mate- riallar namligini konduktometrik usul bilan aniqlash usulining yuqori sezgirligini ko'rsatadi. Lekin qarshilikning boshqa omillarga (harorat, ma- terial tarkibi, zichlik, kimyoviy tarkib, elektrolitlar mavjudligi va bosh- qalar) murakkab bog'liqligi namlikni avtomatik ravishda uzluksiz o'lchashda bu usulni yaroqsiz qilib qo'yadi. Shuning uchun konduktometrik namlik o'lchagichlarning ishlatilishi cheklangan. Konduktometrik namlik o'lchagichlarning o'zgartkichlari yassi plasti- nalar, silindrik naychalar, roliklar va hokazo ko'rinishda ishlangan ikki elektroddan iborat. Konduktometrik namlik o'lchagichlarning ko'rsatishlari faqat tortilmalarning presslanishidagina tiklanadi, shuning uchun sochi- luvchan materiallarga mo'ljallangan o'zgartkichlarning ko'pi elektrodlar orasidagi tortilmalarni presslovchi qurilmalar bilan ta'minlangan. O'lchash sxemalar orasida unumlisi ko'p- rikii sxemalardir. Ko'prikli o'lchash sxemalari yuqori sezgirlikka ega bo'lib, o'rtacha va yuqori (5.... 25 %) namliklarni o'lchashda ishlatiladi. 6.52-rasmda ko'prikli o'lchash sxemasiga ega bo'lgan avtomatik namlik o'lchagichning prin- sipial sxemasi ko'rsatilgan. Tekshirilayotgan material rolik va val orasidan o'tkaziladi (rolik valdan izolatsiyalangan). Zanjirning asosiy elementi ko'prikdir, ko'prikning R Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling