Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Optik namlik o'lchagichlarda
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SOZ VA IBORALAR
- Nazorat savollari
Optik namlik o'lchagichlarda moddaning
namiigi bilan undan qaytgan nurlanishning orasidagi bog'lanishdan foydalaniladi. Eng katta sezgirlik hosil qilish uchun spektrning infra- qizil sohasidagi nurlanishdan foydalaniladi. Uni manba 1 hosil qiladi (6.54-rasm). Tahlil qilinayotgan material 2 dan qaytgan yorug'lik oqimi to'plash qurilmasi 3 yordamida qabul qilgich 4 ga yuboriladi. Materialning namiigi qancha katta bo'lsa, u infraqizil nurlarni shuncha yaxshi yutadi va qaytgan oqim miqdori shuncha kam bo'ladi. Bu usul bilan faqat yupqa qatlamning (5 ... 30 mm) namliginigina o'lchash mumkin bo'lganligidan namlik o'lchagichdan, odatda, konveyer lentalarida tashilayotgan sochiluvchan materiallar uchun foydalaniladi. „Bereg" turidagi optik namlik o'lchagichlar namiigi 80 % gacha bo'lgan materiallarni tahlil qilishga imkon beradi. TAYANCH SO'Z VA IBORALAR Analiz qilish; kimyoviy gaz analizatori; elektr-kimyoviy gaz analizatori; termokimyoviy gaz analizatori; xromatografik gaz analizatori; termokonduktometrik gaz analizatori; termomagnit gaz analizatori; absoibsion-optik gaz analizatori; eritmalarning tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik usullari; zichlik o'lchagichlari; psixrometrik, shudring nuqtasi, sorbsion, sig'imli, absorbsion, kon- duktometrik, dielkometrik, o'ta yuqori chastotali, optik namlik o'lchagichlar. Nazorat savollari 1. Gaz aralashmalari tarkibini analiz qilishning qanday usullarini bilasiz? 2. Termokimyoviy, termokonduktometrik, termomagnit gaz analizatorlarining ishlash prinsipini tushuntiring. 3. Kimyoviy va elektrokimyoviy gaz analizatorlarining bir-biridan farqi nimada? 4. Xromatografik, absorbsion-optik gaz analizatorlarining ishlash prinsipini tushuntirib bering. 5. Eritmalarning tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik usullarini tushuntirib bering. 7. Sanoatda gaz aralashmalari va eritmalarning tarkibini analiz qilishda qanday muammolar mavjud? 8. Suyuqliklar zichligini o'lchash usullarini izohlab bering. 9. Qalqovichli, vaznli, gidrostatik, radioizotopli zichlik o'lchagichlarining ishlash prinsipini tushuntiring. 10. Suyuqliklarning qovushqoqligini o'lchash usullarini izohlab bering. 11. Kapillar, erkin tushuvchi zoldirli, tebranishli, aylanma momentli visko- zimetrlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering. 212 12. Moddalarning namiigi qanday o'lchanadi? 13. Psixrometrik, shudring nuqtasini, sorbsion, sig'imli, chastotali, optik namlik o'lchagichlarining ishlash prinsipini tushuntirib bering. 14. Sanoatda zichlik, qovushqoqlik va namliklarni o'lchashda qanday muammolar mavjud? Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling