Nashriyot-matbaaijodiy uyi
- §. ELEKTR O'ZGARTKICHLAR
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuch kompensatsiyali ozgartgichlar
8.2- §. ELEKTR O'ZGARTKICHLAR
Noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga o'zgartirish va ko'rsatishlarni masofaga uzatish uchun kuch kompensatsiyali o'zgartgichlar, siljish kom- pensatsiyali o'zgartgichlar va chastotali o'zgartkichlar qo'llaniladi. Kuch kompensatsiyali o'zgartgichlar birlamchi asbob sezgir elementining kuchini 0—5 yoki 0—20 mA li o'zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga o'zgartirishga mo'ljallangan. Elektr-kuch o'zgartgichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash prinsipiga asoslangan: sezgir element tomonidan o'lchanayotgan kattalik ta'sirida hosil qilingan kuch shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomondan ta'sir etadigan kuch bilan muvozanatlashadi. O'lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o'zgartgichlarida elektr- kuch o'zgartgichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signali orasida to'g'ri mutanosiblik (chiziqli) munosabatni ta'minlaydigan chiziqli o'zgartgichlar va chiqish signali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga mutanosib bo'lgan kvadratik o'zgartgichlar. Kvadratik o'zgartgichlardan difmanometrlarda — sarf o'lchagichlarda foydalaniladi. Ular chiqish signalini o'lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to'g'ri mutanosib o'zgaradigan o'zgarmas tok ko'rinishida olishni ta'minlaydi. O'zgartgichlar alohida blok ko'rinishida yasaladigan UP-20 turli kuchaytirgich bilan jamlanadi. Chiziqli va kvadratik o'zgartgichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan farq qiladi. Kuch kompensatsiyali, elektr analog o'zgartgichining prinsipial sxemasi 8.2-rasmda ko'rsatilgan. O'lchanayotgan parametr o'lchash bloki 1 ning sezgir elementiga (masalan, manometr membranasiga) ta'sir ko'rsatadi va 228 F mutanosib kuchga aylanadi, bu signal richag 2 ga uzatiladi. Richagning surgich 3, oraliq richag 4 va lenta(tasma)li tortqi 5 orqali burilishi kompensatsion richag 6 ga uzatiladi. Kompensatsion richagda differensial- transformatorli indikatorning o'zagi 7 va magnitoelektr kuch mexaniz- mining g'altagi 8 o'rnatilgan. Yarmo 9 ikkilamchi chulg'amlarining bir- biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo'lgan zanjirdagi muvozanat o'rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali, o'zgaruvchan tok signali paydo bo'ladi. Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va to'g'rilangan signal masofaga uzatish aloqasiga va shu bilan birga, aloqa bilan ketma-ket bog'langan muvozanat indikatorining g'altagi 8 ga (teskari bog'lanish) keladi. G'altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan doimiy magnit 11 o'rtasidan o'zaro ta'sir natijasida richag 6 da kuch paydo bo'ladi, bu kuch o'lchanayotgan kirish (masalan, bosim o'zgarishi natijasida) kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. Asbobni o'zgartgichning berilgan o'lchash chegarasiga sozlash uchun surgich 3 va lentali tortqi 5 ni siljitiladi. Kuch kompensatsiyasi prinsipi shu sxemaganisbatan quyidagidan iborat: muvozanat paytida sezgir element hosil qilgan kuch Funga teskari aloqa tomonidan ta'sir etadigan kuch Fm ga teng. Chiziqli o'zgartgichda doimiy magnit 11 bilan g'altakdan o'tayotgan tok hosil qiladigan magnit maydoni orasidagi o'zaro ta'sir shu tokka mutanosib bo'lgan, richag tizimi orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil qiladi, ya'ni, (8.1) bunda: F M — teskari aloqa tomonidan ta'sir etadigan kuch; K— o'zgarmas koeffitsiyent; I chiq — chiqish toki. Kvadratik o'zgartgichda teskari aloqa kuch F M bilan chiqish signali I chiq orasidagi o'zaro ta'sirlashuv magnitoelektr mexanizm o'rniga elektromagnit kuch mexanizmini qo'llash yordamida ta'minlanadi. Bu holda teskari aloqa kuchi bilan chiqish signali orasidagi munosabat quyidagi ko'rinishda bo'ladi: (8.2) UP-20 turidagi yarimo'tkazgichli kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish indikatori signalini o'zgarmas elektr toki signaliga o'zgartiradi. Signalni masofaga uzatish 10 km ga yetishi mumkin. O'zgartkichga ulanadigan ikkilamchi asboblarni ikki guruhga bo'lish mumkin: o'zgarmas tokning unifikatsiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) va o'zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, markaziy nazorat va boshqarishning elektr mashinalari). Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling