Nashriyot-matbaaijodiy uyi


-§. TELEO'LCHAGICHLAR TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

8.5-§. TELEO'LCHAGICHLAR TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA 
O'lchashlarni uzoq masofalarga uzatishda aloqa liniyalari parametrlarining 
o'zgarishi uzatish aniqligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lganda teleo'lchagichlar 
tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlarda o'lchash natijalari aloqa liniyasiga uzatishda 
16 — N. R. Yusupbekov va boshq. 241 


awal kodlanadi va qabul qilish punktida deshifrovka qilinadi. Ma'lumotlarni 
uzatish uchun son-impulsli, vaqt-impulsli va chastotali tizimlar qo'llaniladi. 
Son-impulsli tizimning ishlash prinsipi o'lchanayotgan kattalikning har 
bir qiymatiga aloqa liniyasi bo'ylab yuboriladigan tok impulslarning muayyan 
soni to'g'ri kelishiga asoslangan. Kodlashni, masalan, o'lchash tizimi bilan 
bog'liq bo'lgan valikning har bir aylanishida bir impulsni qabul qilish bilan 
amalga oshirish mumkin. 
Vaqt-impulsli tizimning uzatish qurilmasi o'lchangan kattalikni o'zgaruv-
chan davomliligida impulslarga o'zgartiradi. Bunday modulatsiya kenglikli 
modulatsiya deyiladi. Agar tizim o'lchangan kattalikni impuls yo'li davrining 
muayyan, ya'ni o'lchangan qiymatiga mutanosib qismini ajratuvchi 0 va 
hisoblovchi ikki impulslar yordamida uzatsa, bunday, modulatsiya fazoviy 
modulatsiya deyiladi. O'lchangan kattalikni kodlash uchun yuguruvchi, 
signalni deshifrovka qilish uchun esa detektorlovchi qurilmalar ishlatiladi. 
Chastotali tizimlar ikki turda bo'ladi: 
1. Chastota-impuls modulatsiyasi tizimining signallari o'lchangan 
kattalikka mutanosib bo'lgan chastota bilan aylanuvchi o'lchash tizimi 
valiklaridan olinishi mumkin.Signallarni detektorlar yoki jamg'aruvchi 
kondensator yordamida qabul qilish mumkin. 
2. Chastotali modulatsiya o'zgaruvchan tok bilan amalga oshiriladi, 
uzatuvchi qurilma o'zgaruvchan sig'imli yoki induktivli sinusoidal tebra-
nishlar generatoridan iborat. O'lchangan kattalikning o'zgarishi o'lchash 
tizimi orqali bajariladi. Uzatilgan signal kuchaytirish kaskadi orqali 
detektorlovchi qurilmaga keladi, bu qurilma esa signal chastotasiga mutanosib 
bo'lgan tok yoki kuchlanishni o'lchashga imkon beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling