Nashriyot-matbaaijodiy uyi


-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR O'ZGARTGICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

8.4-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR O'ZGARTGICHLAR 
Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinatsiyalangan 
elektr-pnevmatik tizimlarni yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga 
ega bo'lgan asboblar qo'llaniladi. O'lchash tizimining elektr va pnevmatik 
shoxobchalarini moslashtirish uchun elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr 
o'zgartgichlar chiqariladi. 
Elektr-pnevmatik o'zgartgich 0—5 mA o'zgarmas tokning uzluksiz 
elektr signalini bir xillashtirilgan 20—100 kPa qiymatidagi pnevmatik 
signalga o'zgartirishga mo'ljallangan. EPP turidagi elektr-pnevmatik o'z-
gartgichning prinsipial sxemasi 8.13-rasmda tasvirlangan. O'zgartgich ishi 
kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan. O'zgartgichdan nazorat va 
sozlash tizimlarida elektr analog asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda 
tizimlar orasida bog'lanish o'rnatishda foydalaniladi. 
Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o'zgartgich (mag-
nitoelektrik mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchay-
tirgichdan tuzilgan. 
Elektr kirish signali (I = 0—5mA) elektromagnit 5 ning g'altaklari 6 
ga beriladi. Bunda magnit o'tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan 
240 


magnit oqimi paydo bo'ladi. Yakordagi kuch tok miqdoriga to'g'ri mutanosib. 
Shu kuch ta'sirida richag 2 ning siljishi soplo 1 aloqasida bosim o'zgarishiga 
olib keladi. Bu bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va 
pnevmoaloqalar bo'ylab o'zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga 
beriladi. Chiqish bosimi ta'sirida silfonda paydo bo'ladigan kuch yakorda 
kirish signalidan hosil bo'lgan kuch bilan kuch richagi orqali muvo-
zanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0. 
Pnevmo-elektr o'zgartkich 20—100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik 
signalni 0—5 mA o'zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga 
o'zgartirish uchun mo'ljallangan. 
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o'zgart-
gichlar ham, to'g'ri ta'sir etuvchi o'zgartgich ham qo'shimcha energiya 
manbayidan foydalanadigan kompensatsion turdagi o'zgartgich tarzida 
chiqarilishi mumkin. 
To'g'ri ta'sirli pnevmo-elektr o'zgartkich (8.14-rasm) pnevmatik kirish 
signalini qabul qiluvchi o'lchash bloki 1 dan va differensial transformatorda 
uzatuvchi o'zgartgichdan tashkil topgan. Bosim ta'sirida silfon 2 ning 
qo'zg'aluvchan tubi va u bilan bog'langan, birlamchi 3 va ikkilamchi 5 
chulg'amga ega bo'lgan o'zak 4 siljiydi. Aks ta'sir etuvchi kuch prujina 6 
yordamida yaratiladi. O'zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo'ladigan 
asosiy xatolik ±1 % dan oshmaydi. 
Kompensatsion pnevmo-elektr o'zgartgichlarda kuchlarni kompen-
satsiyalash prinsipidan foydalaniladi. To'g'ri ta'sirli o'zgartgichlar kompen-
satsion turdagi o'zgartgichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo 
kompensatsion turdagi o'zgartgichlar to'g'ri ta'sirli o'zgartgichlarga nisbatan 
qimmat turadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling