Nashriyot-matbaaijodiy uyi


- §. PNEVMATIK O'ZGARTKICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

8.3- §. PNEVMATIK O'ZGARTKICHLAR 
O'lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o'zgartirish va 
ko'rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo'llaniladigan pnevmatik 
o'zgartgichlar ichida kuch kompensatsiyali va siljish kompensatsiyali 
o'zgartgichlar yong'in va portlash xavfi bor korxonalarda keng ishlatiladi. 
Kuch kompensatsiyali pnevmatik o'zgartgichlar o'lchash blokidan 
sezgir elementining kuchini 20—100 kPa (0,2—1 kgk/sm
2
) qiymatda bir 
xillashtirilgan pnevmatik chiqish signalni o'zgartirish uchun mo'ljallangan. 
Pnevmatik kuch o'zgartgichlarining ishlash prinsipi pnevmatik kuch 
kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan. 
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o'zgartgichning prinsipial sxemasi 
8.11-rasmda ko'rsatilgan. O'lchanayotgan parametr o'lchash blokining sezgir 
elementiga ta'sir ko'rsatadi va F mutanosib kuchga aylanadi. F kuch ta'sir 
238 


qilayotgan richag 1 orqali to'siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to'siq 
orasidagi tirqishning o'zgarishi natijasida o'zgarmas kesimli drossel 7 orqali 
keladigan havo bosimi o'zgaradi. Shu bilan birga, kuchaytirish pnev-
morelesining a kamerasidagi bosim ta'sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi 
natijasida kirish 10 va chiqish 11 soqqali klapanlarning holati o'zgaradi. 
Natijada b va с kameralarda bosim o'zgaradi. To'siq 2 silfon 4 ta'sirida 
soploga nisbatan shunday holatni egallaydiki, silfondagi kuch o'lchash 
blokining F kuchiga tenglashib, b va с kameralardagi bosim shunga qarab 
o'zgaradi. O'zgartkich berilgan o'lchash chegarasiga silfonni richag 5 bo'ylab 
siljitish orqali sozlanadi. O'zgartgichning chiqish signali 20 kPa (0,2 kGk/sm
2

— boshlang'ich bosim nol korrektorning prujinasi 6 yordamida o'rnatiladi. 
O'zgartgich chang, nam va yog'dan tozalangan havo bilan ta'minlanadi. 
Havoning nominal bosimi 140 ±14 kPa. Chiqish signalini 300 metr 
masofaga uzatish mumkin. O'zgartkichning aniqlik sinfi 1,0. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling