Nashriyot-matbaaijodiy uyi
VOSITALARINING O'LCHOV TIZIMLARIDA QO'LLANILISHI
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
VOSITALARINING O'LCHOV TIZIMLARIDA QO'LLANILISHI
9.6-rasm, a, b da tasvirlangan o'lchov tizimlari (O'T) hozirgi vaqtda kimyoviy-texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarishda keng qo'llanilmoqda. 9.6-sxema, a da yasalgan o'lchov tizimi o'lchash obyektidagi hamma kattaliklarni bir vaqtda o'lchashni va qayd qilishni ta'minlaydi. 9.6-sxema, b bo'yicha yasalgan o'lchov tizimi esa navbati bilan o'lchashni va qayd qilishni ta'minlaydi. Rasmda keltirilgan o'lchov tizimlaridagi o'lchov axboroti birlamchi o'lchov o'zgartgichlar 1 yordamida shakllanadi va signallar tarzida aloqa kanali 4 ga yuboriladi. O'lchanayotgan fizik kattalikning turiga, birlamchi o'lchov o'zgartkichining ishlov prinsipiga va axborotni uzatish zarur bo'lgan masofaga bog'liq holda o'lchov tizimi tarkibiga birlamchi o'lchov o'zgart- gichlardan tashqari, oraliq 2 (9.6-rasm, a) va uzatuvchi 3 o'lchov o'zgart- gichlari ham kiritilishi mumkin. Bunda o'lchov o'zgartgichi birlamchi o'lchov o'zgartkichi yonida yoki aloqa kanalidan kelayotgan signalni o'l- chovchi asbob 5 yonida joylashgan bo'lishi mumkin, bu signal odam qabul qilishi uchun qulay va qayd qiluvchi bo'ladi. O'lchov asbobi 5 ni ikkilamchi asbob deb atab, bunda u bilan bir to'plam (komplekt)dagi o'lchov o'zgart- gichlarining hammasi birlamchi asboblar bo'ladi. O'lchov tizimida (9.6- rasm, b) birlamchi o'lchov o'zgartkichlarni asbob 5 ga navbatma-navbat ulash bilan kommutator 6 qo'llanilib, uni yordamchi qurilma deb qarash lozim bo'ladi. Soddalik uchun, 9.6-rasm, b da tarkibida faqat birlamchi o'lchov o'zgartgichlari bo'lgan o'lchov tizimi ko'rsatilgan. Umumiy holda unga oraliq va uzatuvchi o'lchov o'zgartgichlari kiritilishi mumkin. Bunda hamma o'lchanuvchi kattaliklar o'zgartgichlarining chiqish signallari 9.6- 260 rasm, a da sxema bo'yicha yasalgan tizimidan farqli ravishda, tabiati va o'lchash oraliqlariga ko'ra bir xil bo'lishi kerak. O'lchov oralig'i ayni bir asbob 5 bilan o'lchash va qayd qilish imkoniyatini ta'minlash uchun zarur. Bir necha birlamchi o'lchov o'zgartgichlari BO'O' bo'lgan bitta ikkilamchi asbobli o'lchov tizimlarining (9.6-rasm, b) ish imkoniyatlari cheklangan bo'lib, parametrlarni avtomatik rostlash vositalarini murak- kablashtirib yuboradi. Bir necha yuz parametrlarni o'lchash talab qilinadigan zamonaviy kimyoviy-texnologik jarayonlardagi har bir birlamchi o'lchov o'zgartgichi uchun individual ikkilamchi asbobi bo'lgan O'T ning qo'llanilishi — nazorat va boshqaruv shchitlarining ortishi bilan va operatorning qisqa vaqt ichida juda ko'p axborotni idrok qilish zarurligi bilan bog'liq qiyinchiliklar bilan bog'langan. Fiziologik cheklanishlar tufayli, hayotda ancha tajribali operator ham bunday O'T olgan axborotni zarur tarzda qayta ishlay va foydalana olmaydi. Shuning uchun bu ish bilan bir vaqtda bir necha operator shug'ullanadi. Texnologik qurilmalar quwatining ortishi, shu munosabat bilan o'lchanayotgan parametrlar sonining ancha ortishi, axborotlarga ishlov berishning raqamli texnikasining rivojlanishi va TJABT ni qo'llanish yo'li bilan jarayonlarni optimallashtirishga o'tish — axborot tizimi (AT) ning yangi yo'nalishlarini, texnologik jarayonlarda AT bilan birga, „axborot- o'lchov tizimlari" (AO'T) tushunchasi bilan birlashtirilgan shakllarni ajrata olish tizimini ham qo'llanishni belgilab berdi. AO'T bilan bog'liq o'lchov texnikasi sohasida quyidagi tushunchalar foydalaniladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling