Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessorli tizim
Mikroprotsessor — funksional tugallangan, bitta yoki bir necha KIS
yoki O'KIS ko'rinishida bajarilgan, raqamli axborotni ishlovchi, xotirada saqlovchi dastur bilan boshqariluvchi qurilmadir. Bu qurilmani mikro- protsessor deyiladi, chunki u vazifalari va tuzilishiga ko'ra odatdagi EHM protsessorining soddalashtirilgan xilini eslatadi. Ixchamligi, og'irligi kamligi va kam energiya iste'mol qilishi mikroprotsessorni o'lchov qurilmalarining, avtomatik rostlash va boshqarish vositalarining elektron sxemasiga bevosita ulash imkonini beradi. Mikroprointegratsiyalashning kichik va o'rtacha darajasidagi integral sxemalarda qurilgan protsessorlarga qaraganda ancha arzon, ishlatishda tejamliroq va ishonchliroqdir. Mikroprotsessor dasturla- nuvchi mantiqli KIS yoki O'KIS ga asoslangani uchun u qat'iy qayd etilgan mantiqli integral sxemalarning ancha turlarining o'rnini bosdi. Mikroprotsessorning dasturini o'zgartirib, uning yordamida ko'pgina turli xil masalalarni yechish imkoni yaratilishi mumkin. Mikroprotsessor, odatda, maxsus ishlab chiqilgan o'zining konstruktiv- texnologik qiymatlariga ko'ra bir xil va yagona butun yig'ilishi mumkin bo'lgan alohida mikroprotsessorli va boshqa integral sxemalarning yig'in- disidan iborat bo'lgan mikroprotsessor komplekti (to'plami) tarkibida foydalaniladi. Komplekt tarkibiga: mikroprotsessorlar, xotirlovchi qurilmalar, axborotni kiritish, chiqarish, mikrodasturli boshqaruv va hokazolarning integral sxemalari kiradi. Mikroprotsessor komplektlari mikroprotsessorli tizimlar, mikro EHMlar, mikrokontrollerlar va boshqalar kabi keng funksional imkoniyatlarga va yagona matematik ta'minotga ega bo'lgan raqamli boshqariluvchi hisoblash qurilmalarini qurish uchun mo'ljallangan. Mikroprotsessorli tizim — ishlayotgan tizimga tashkil qilingan mikroprotsessorli komplektning o'zaro ta'sirlanuvchi integral sxemalarining yagona bir butun to'plamiga yig'ilgan to'plamidir, ya'ni mikroprotsessorli hisoblash yoki boshqarish tizimi axborotga ishlov berish bo'g'ini sifatida. MikroEHM — bu konstruktiv tugallangan hisoblash qurilmasi bo'lib, u alohida korpusda integral sxemalarning mikroprotsessor komplekti asosida tuzilgan va ta'minot manbaiga, boshqaruv pultiga, axborotni kiritish- chiqarish bo'g'inlariga ega bo'lib, bu esa undan o'z dasturli ta'minotiga ega avtonom (erkin) ishlovchi qurilma sifatida foydalanishga imkon beradi. MikroEHM lar strukturasiga ko'ra odatdagi EHM lardan ancha sodda qilib quriladi. Bu, magistral modulli deb ataluvchi juda o'zgaruvchan strukturaning asosini (9.1-rasm) umumiy magistral (umumiy shina) tashkil etib, unga mashinaning bir-biri bilan interfeyslar yordamida bog'langan konstruktiv tugallangan modullari ko'rinishida bajarilgan talab qilingan nomenklatura va miqdordagi hamma qurilmalari ulanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling