Nashriyot-matbaaijodiy uyi


  7.3- §. KUCHNI O'LCHASH


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

219 


7.3- §. KUCHNI O'LCHASH 
Texnologik jarayonlarda mashina va mexanizmlarning alohida qismlariga 
ta'sir qiladigan kuchlar va bu kuchlar ta'sirida vujudga keladigan defor-
matsiyalarni (cho'zilish, qisilish, bukilish va hokazo) o'lchash uchun ko'-
pincha tenzometrik o'lchagichlar qo'llaniladi. Bunday o'lchash o'tkazgich 
yoki yarimo'tkazgich simlar aktiv qarshiligining deformatsiya natijasida 
o'zgarish samarasiga asoslanadi. Bu samara tenzosezuvchanlik deb ataladi. 
Tenzometrik o'lchagichlarning tenzosezuvchanlik koeffitsiyenti 
(7.15) 
bilan xarakterlanadi, 
bu yerda: AR
n
= — qarshilikning nisbiy o'zgarishi; Д/„
=
~r — cho'zilish yoki 
К I 
qisilishning nisbiy o'zgarishi; / — tenzoo'lchagichning deformatsiyagacha bo'lgan 
uzunligi; А/— tenzoo'lchagichning deformatsiya natijasida cho'zilishi, R — 
tenzoo'lchagichning deformatsiyagacha bo'lgan aktiv qarshiligi; ЛR — tenzoo'lchagich 
qarshiligining deformatsiya natijasida o'zgarishi. 
Hozirgi vaqtda juda ingichka sim, folga va 
yarimo'tkazgich materiallardan tayyor-
langan tenzometrik o'lchagichlar texnikada 
keng qo'llanilmoqda. Simdan yasalgan 
tenzoo'lchagichning tuzilishi, mashina va 
mexanizmning tekshirilishi lozim bo'lgan 
qismiga o'rnatilishi sxemasi va tavsifi 7.5-
rasm, a, b, с larda ko'rsatilgan. Undagi ten-
zoo'tkazgich diametri 0,02...0,05 mm gacha 
bo'lgan ingichka zigzag shakliga ega bo'lgan 
sim bo'lagidan tuzilgan va yupqa qog'oz yoki 
plyonka orasiga olinib, yelim bilan yopish-
tirilgan bo'ladi. Bunday tenzoo'lchagich 
statik yoki dinamik deformatsiyasi 
o'lchanishi kerak bo'lgan mashina va mexa-
nizmning tekshirilishi kerak bo'lgan qismiga 
yelimlab mustahkam yopishtiriladi. Bunda 
sim zigzaglarining uzun tomoni 1 mashina va 
mexanizmning deformatsiyasi o'lchanishi 
kerak bo'lgan qismiga ta'sir qiladigan kuch / 
yo'nalishiga mos yo'nalgan bo'lishi kerak 
(7.5-rasm, a). Shunda kuch yo'nalishi 
bo'yicha vujudga kelgan deformatsiya (cho'-
zilish, qisilish) tenzoo'lchagich simining 
220 


uzunligi / ni ham o'zgartiradi. Natijada simning ko'ndalang kesimi S va 
solishtirma qarshiligi p ham o'zgaradi. Agar simning cho'zilgunga qadar 
bo'lgan qarshiligi 
(7.16) 
bo'lsa, cho'zilgandan keyingi qarshiligi R + AR bo'ladi. 
Amalda tenzoo'lchagich qarshiligining o'zgarishi дR muvozatlanadigan 
ko'prik sxema yordamida o'lchanadi (7.5-rasm, a, b). 
Simli tenzoo'lchagichlar ko'pincha konstantan yoki nixromdan tayyor-
lanadi. Chunki bu simlarning solishtirma qarshiligi p
k
katta, qarshilik 
o'zgarishiga haroratning ta'siri juda kam bo'ladi. 
Simli tenzoo'lchagichlarning xarakterli o'lchamlari: nominal qarshiligi 
R— (50 — 400) Om; simning kuch yo'nalishi bo'yicha uzunligi /= (15 — 45) 
mm; eni b = l —10 mm; sezuvchanlik koeffitsiyenti 
(7.17) 
massasi juda ham kichik bo'ladi. 
So'nggi paytlarda texnikada yarimo'tkazgichli tenzoo'lchagichlar keng 
qo'llanila boshlandi. Bunday tenzoo'lchagichlar asosan germaniy yoki 
kremniy plastinalaridan tayyorlanadi. Plastinalar yupqa qog'oz yoki plyonka 
orasiga olinib, yelimlanadi va tekshirilishi kerak bo'lgan mashina qismiga yelim 
bilan mustahkam yopishtiriladi. 
Afzalliklari: tenzosezuvchanlik koeffitsiyenti sim yoki folganikiga nisbatan 
60 marta katta, plastinaning aktiv uzunligi 3—10 mm. Tashqi muhit harorati 
-160 +300°C gacha o'zgarganda ham normal ishlayveradi. Nisbiy deformatsiya 
+ 0,1% o'zgarganda ham tavsifining to'g'ri chiziqliligi saqlanadi. 
Kamchiliklari: plastinalarning elastikligi kam, bir turdagi tenzoo'lcha-
gichlarning tavsiflari har xil va to'g'ri chiziqli emas. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling