Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

7.4-§. TEZLIKNI O'LCHASH 
Turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda tezlikni o'lchash 
asboblari keng qo'llanilmoqda, bu jarayonlarda mashina va mexanizmlar 
qismlarining aylanishlar sonini o'lchash hamda nazorat yoki boshqarish 
tizimiga berilgan qiymatdagi aylanishlarga yetganda buyruq berish talab 
qilinadi. Burchak tezlikni o'lchovchi asboblar — taxometrlar ishlash prinsipiga 
ko'ra mexanik, stroboskopik, magnitoinduksion, elektrik va elektronli bo'ladi. 
Taxometrlar ko'rsatishlarni (ma'lumotlarni) masofaga uzatuvchi va 
ma'lumotlarni bevosita joyda ko'rsatuvchi turlarda ishlab chiqariladi. Asboblar 
o'lchash obyektiga ulash usuliga ko'ra turli xil tuzilishda yasaladi. Mexanik va 
stroboskopik taxometrlar avtomatlashtirish tizimlarida cheklangan tarzda 
qo'llaniladi, shu munosabat bilan mazkur darslikda ular qarab chiqilmaydi. 
221 


Magnitoinduksion taxometrlar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish 
tizimlaridagi mexanizmlar va mashinalar qismlarining aylanishlar sonini 
ham, mahalliy o'lchash uchun ham masofadan o'lchash uchun keng 
qo'llaniladi. Masofadan turib o'lchaydigan magnitoinduksion taxometrlar-
ning ishlash prinsipi obyekt valining aylanish chastotasini birlamchi 
o'zgartkich tomonidan valning aylanish chastotasiga mutanosib chastotali 
elektr yurituvchi kuchga aylantirishga hamda uch fazali toklar tizimining 
aylanuvchi magnit maydonini vujudga keltirish xossasiga asoslangan. 
TuziUshi jihatidan o'zgartkich o'zgarmas magnitli, uch fazali, o'zgaruvchan 
tok generatoridan iborat. Kuchlanish generatordan ko'rsatuvchi asbobga 
keladi, unda esa qabul qilgich (priyomnik) sifatida doimiy magnitlarni 
aylantiruvchi sinxron dvigatel qo'llanilgan. Aylanish chastotasining strel-
kaning burchak siljishiga o'zgartirish magnitoinduksion o'lchov uzeli 
(bo'g'ini) vositasida amalga oshiriladi, bo'g'inning ishlashi esa aylanuvchi 
doimiy magnitlar magnit maydonning shu maydonning metall diskka 
yo'naltirgan induksion toklar bilan o'zaro ta'siriga asoslangan. Bunday 
o'zaro ta'sir natijasida strelka bilan bog'liq diskning aylanish momenti 
yuzaga keladi, bu moment magnitlarning aylanish chastotasiga muta-
nosibdir, disk qarshi ta'sir ko'rsatuvchi prujina yordamida muvozanatga 
keltirib turiladi. 
Uzoq masofaga uzatmaydigan taxometrlarda mexanizm valining 
aylanishi doimiy magnitlar o'rnatilgan asbob valiga bevosita uzatiladi. 
Magnitoinduksion taxometrlar aylanish tezligini o'lchashning ishchi 
oralig'i doirasida 1% gacha aniqlikda o'lchashga imkon beradi, shkalaning 
qolgan qismida esa o'lchashning yuqori chegarasidan ko'pi bilan 1,5% 
aniqlikda o'lchashga imkon beradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling