Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4- §. SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI OLCHASH
r
va J t — tegishlicha ish va taqqoslash kanallaridan o'tgan nurlanish oqimlarining jadalligi. Signal kuchaytirgich 5 dan kompensatsion pona 3 va o'lchash asbobi 7 bilan kinematik bog'langan reversiv dvigatel 6 ga tushadi. Signalning fazasiga qarab, reversiv dvigatel har ikki kanaldagi oqimlarning jadalligi bir xil bo'lmaganiga qadar ponani suradi; bu yerda signal nolga teng bo'ladi. Kompensatsion ponaning vaziyati tahlil qilinayotgan muhitning konsentratsiyasining o'lchovi bo'ladi. Shkalaning nol nuqtasi zaslonka 8 bilan o'rnatiladi. Shkalaning o'lchov chegarasi kompensatsion ponaning yo'lini o'zgartirish bilan amalga oshiriladi. Suyuqlik analizatorlarida P- nurlanishdan foydalanilganda o'lchashning ikki usuli — suyuqlikning P- nurlanish tutamini susaytirish va uning qaytarilishi qo'llanilishi mumkin. Birinchi usul tahlil qilinayotgan muhitdan o'tgan P- nurlanish jadalligini o'lchashga, ikkinchi usul tahlil qilinayotgan muhit qaytargan P- nurlanish jadalligini o'lchashga asoslangan. Ikkinchi usulda radioaktiv manba va nurlanish detektori nurlanish bevosita detektorga tushmaydigan qilib o'rnatiladi. P va j- nurlanishlardan foydalanish uchta va undan ortiq komponentli suyuqliklar tarkibini tahlil qiladigan analizatorlar yaratishga ham imkon beradi. Uch komponentli suyuqliklarni tahlil qilish uchun, masalan P- zarralar tutamlarining zaiflanish va qaytarilish koeffitsiyentlarini ayni bir vaqtda o'lchashdan foydalanish mumkin, chunki bu samaralar energiyalari yetarli darajada turlicha bo'lgan yumshoq j- nurlanish tutamlarining tarkibiga turlicha darajada bog'liq bo'ladi. 6.4- §. SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI O'LCHASH Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini, ba'zi hollarda esa tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni avtomatik o'lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoq- laridagi bir qator jarayonlarni avtomatlashtirishdagi muhim vositalardan hisoblanadi. Masalan, bug'latuvchi qurilmalar, absorber, distillatsion, rektifikatsion va boshqa uskunalarni nazorat qilish hamda boshqarishda 185 zichliklarni uzluksiz o'lchab turilish talab qilinadi. Ba'zi ishlab chiqarishda suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentratsiyasini aniqlash maqsadida o'lchanadi. Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi, ya'ni (6.29) bu yerda: p — zichlik, kg/m 3 ; m — moddaning massasi, kg; V— modda hajmi, m 3 . Suyuqlikning zichligi haroratga bog'liq va normal (20 °C) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: (6.30) bu yerda: P t — suyuqlikning ishchi haroratidagi zichligi, kg/m 3 ; p — suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o'rtacha koeffitsiyenti, 1/°C; t — suyuqlik harorati, °C. Sanoatda suyuqlikning zichligini o'lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o'lchagichlar ko'p qo'llaniladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling