Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
x
ga ulangan bo'ladi. Rezistor R ning cheklovchi qarshiligi kattaligi tufayli yacheyka zanjiridagi tok kuchi I, eritmaning qarshiligi o'zgarishidan qat'i nazar, o'zgarmasdan qoladi. Ikki ichki elektrod 2 va J potensiometr vazifasini bajaradi va eritmada kuchlanish tushuvini o'lchash uchun mo'ljallanadi: (6.13) bu yerda: R = K/g — elektrodlar 2 va 3 orasidagi eritmaning qarshiligi (A' — to'rt elektrodli o'lchash yacheykasining konstantasi, u elektrodlar 2 va 3 ning oralig'iga va ular sirtining yuzasiga bog'liqdir). Binobarin, (6.14) bu yerda K=K- /= const. 169 Shunday qilib, elektrodlar 2 va 3 orasidagi potensiallar farqi nazorat qilinayotgan eritmaning konsentratsiyasi bilan bir qiymatda aniqlanadi. O'lchanadigan kattalik AU 23 muvozanatlovchi ko'prikning a va b uchlaridagi potensiallar ayirmasi U AB bilan taqqoslanadi. Agar U AB * AU 23 bo'lsa, u holda elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga muvozanatning buzilish signali A U X = AU AB — AU 2J kiradi. Muvozanat vaqtida U AB -AU 1} bo'lib, bunda elektrodlar 2 va 3 zanjirida tok bo'lmaydi. O'lchashdagi harorat xatoliklarini avtomatik kompensatsiyalashni muvozanatlovchi ko'prikning yelkalaridan biriga ulangan metall qarshilik termometri R t bajaradi. Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o'zgar- ganida, R t qarshilik ham o'zgaradi, buning natijasida potensiallar ayirmasi U ab ham o'zgaradi. R t o'zgargandagi orttirma A U ab (At) nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o'zgarishi At tufayli hosil bo'lgan orttirma AJ7 2 3 (At) ga kattaligi jihatidan teng va ishorasi jihatidan qarama-qarshi bo'lishi kerak. Bu tenglikka kompensatsiyalovchi ko'prikning parametrlarini (R v R v R 3 rezistorlarning qarshiliklarini) hamda kuchlanish U 2 ni tanlash yo'li bilan erishiladi. Eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi haroratga juda bog'liq. Eritma harorati 1 °C ga ortsa, uning solishtirma elektr o'tkazuvchanligi 1,5—2 % ga oshadi. Eritmalarning harorati amalda juda keng chegaralarda o'zgaradi, shuning uchun konduktometrik konsentratomerlar harorat o'zgarishining o'lchash natijalariga ta'sir qilishini bartaraf qiluvchi avtomatik kompen- satorlarga ega bo'lishi kerak. Sanoatda avtomatik harorat kompensatorlari eng ko'p tarqalgan bo'lib, suyuqlikli kompensatorlar ularning turlaridan biridir. Suyuqlikli kompensator parametrlari o'lchash yacheykasining parametr- lariga o'xshash elektrod datchikdan iboratdir. Kompensator elektr o'tkazuv- chanlik harorat koeffitsiyenti nazorat qilinayotgan suyuqlikning harorat koef- fitsiyentiga taxminan teng bo'lgan etalon suyuqlik bilan to'ldiriladi. Kom- pensator nazorat qilinayotgan suyuqlikka konsentratomerning o'lchash yacheykasi bilan birgalikda kiritiladi. Kompensator ko'prikli o'lchash sxe- masining yelkasiga ulanadi. Etalon va nazorat qilinayotgan suyuqlikning haroratlari bir xil bo'lganligi va harorat koeffitsiyentlari bir-biriga yaqin bo'lganligi sababli haroratlar o'zgarganida, o'lchash yacheykasi qarshiligining o'zgarishini suyuqlikli kompensatorning qarshihgini o'zgartirish yo'li bilan to'la kompensatsiyalash mumkin. Sulfat kislota konsentratomeri KSO-u (6.20-rasm) eritmadagi sulfat kislota konsentratsiyasini nazorat qilish, qayd etish va rostlash uchun mo'ljallangan. Konsentratomer elektrodli datchik 1 va ikkilamchi asbob 2 KSMZ dan iborat. Konsentratomerning datchigi idishdan iborat bo'lib, uning ichiga teshiklar bilan yonma-yon qilib past tomoni ochiq stakan o'rnatilgan hamda 170 o'lchash va taqqoslash yacheykalari joylashtirilgan. O'lchash yacheykasi ikkita o'lchash elektrodidan iborat bo'lib, ularning har qaysisi elektrod kavshar- langan ochiq shisha naychadan iborat. Taqqoslash yacheykasi haroratni avtomatik tarzda kompensatsiyalash uchun mo'ljallangan bo'lib, shisha naychaga kavsharlangan elektrodlardan iboratdir, naychalarga sulfat kislota to'ldirilgan bo'ladi, uning konsentratsiyasi esa asbob shkalasidagi o'rta belgiga mos keladi. Elektr o'tkazuvchanlik muvozanatdagi ko'prik sxemasi bo'yicha o'lcha- nadi, o'lchaydigan R Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling