Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Xromatografik gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Xromatografik gaz analizatorlari. Gaz analizatorlarining ko'rib o'tilgan 
hamma turlari gaz aralashmasidagi faqat bitta komponentning konsen-
tratsiyasini aniqlashga imkon beradi. Xromatografik gaz analizatorlari 
(xromatograflar) ulardan farqli ravishda gaz aralashmasini to'la tahlil qilishga, 
ya'ni bu aralashmani tashkil etuvchi hamma gazlarning konsentratsiyasini 
aniqlashga imkon beradi. 
Xromatografik ajratish yo'li bilan ko'p komponentli gaz aralashmalarini 
tahlil qilish uchun mo'ljallangan asboblar xromatograflar deb ataladi. 
Ularning prinsipial sxemasi 6.13-rasmda keltirilgan. O'lchash jarayoni 
xromatografda ikki bosqichda o'tadi: oldin aralashma alohida komponentlarga 
ajratiladi, so'ngra aralashmadagi har qaysi komponentning miqdori 
o'lchanadi. Gaz aralashmasini ajratish kolonkasi 2 da sodir bo'ladi. 
Bu kolonka yupqa naychadan iborat bo'lib, o'z sirtidagi gazlarni ushlab 
olish va tutib turish xususiyatiga ega bo'lgan modda — sorbent bilan 
to'ldirilgan bo'ladi. Tahlil qilinayotgan gazning dozator 1 da o'lchab olingan 
porsiyasi davriy ravishda eltuvchi gaz deb ataladigan yordamchi gazning 
uzluksiz oqimiga berib turiladi. Kolonka orqali aralashma porsiyasi haydalganida 
tegishli komponentlarga ajraladi. Ajralish gazlarning turlicha absorbsiyalanishi 
tufayli yuz beradi. Absorbsiyalanish qancha yuqori bo'lsa, eltuvchi gaz 
molekulalarini sorbent sirtidan shuncha qiyinlik bilan ajratib oladi. Shuning 
uchun eltuvchi gaz kolonkaga to'x-
tovsiz kirib turib, undan kompo-
nentlarni navbati bilan siqib chi-
qaradi: oldin aralashmaning kuchsiz 
absorbsiyalanadigan komponenti, 
so'ngra qolganlarini. Shunday qilib, 
kolonkadan haqiqatan olganda binar 
aralashma chiqadi, uning kompo-
nentlaridan biri eltuvchi bo'lib, 
boshqasi tahlil qilinayotgan aralash-
ma bo'ladi. Binar aralashmalar 
detektor 3 yordamida tahlil qilinadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling