Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Termokimyoviy gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Termokimyoviy gaz analizatorlari. Bu gaz analizatorlarining ishlashi 
kislorodning boshqa gazlar bilan katalizatorlar ishtirokida o'tadigan reak-
siyasining issiqlik samarasini o'lchashga asoslangan. Mazkur asboblarning 
ikki guruhi keng tarqalgan. 
Asboblarning birinchi guruhida yonish katalitik aktiv bo'lgan platina tolada 
sodir bo'ladi, bu tola ayni bir vaqtda sezgir element — o'lchash ko'prigining 
yelkasi hisoblanadi. Bu guruhdagi asboblarda tahlil qilish aniqlanadigan 
komponent yonganida haroratning ortishini o'lchashga asoslangan. 
Ikkinchi guruh asboblarda oksidlanish reaksiyasi katalizator qatlamida 
sodir bo'ladi, reaksiyaning issiqlik samarasi esa qarshilik termometri yoki shu 
katalizatorda joylashtirilgan termobatareya bilan o'lchanadi. 
Birinchi guruh termokimyoviy gaz analizatorlarining prinsipial sxemasi 
6.9-rasmda keltirilgan. Gaz analizatorining o'lchash sxemasi o'zgarmas yoki 
o'zgaruvchan tokda ishlaydigan muvozanatlashmagan ko'prikdan iborat. 
Ishchi yacheyka deb yuritiladigan oqim o'lchash yacheykasi ko'prikning bitta 
yelkasi ni hosil qiladi. Ko'prikning R^ yelkasini hosil qiladigan taqqoslash 
yacheykasi o'z parametrlari va tuzilishi jihatidan ishchi yacheykaga ekvivalent 
bo'lib, havo to'ldirilgan bo'ladi. Ko'prikning R
3
, R
4
yelkalari o'zgarmas 
qarshiliklar bo'lib, ular manganindan tayyorlangan. Ko'prikli sxemaning noli 
reostat R
5
bilan o'rnatiladi. Tahlil qilinayotgan komponentning yonishida 
haroratning ortishi bilan platina tolasi elektr qarshiligining o'zgarishi o'lchash 
ko'prigi muvozanatining buzilishiga olib keladi. Muvozanat buzilgandagi tok 
kuchi gaz aralashmasidagi komponent miqdoriga mutanosib bo'ladi. O'lchash 
asbobi tahlil — nazorat qayta ulagichi yordamida sxemaga kiritilgan maxsus 
156 


o'zgarmas rezistorga ulanadi, asbobning 
strelkasi R
5
reostat strelkasi bilan talab 
etilgan reper (tayanch) nuqtaga qo'yiladi. 
Millivoltmetrning shkalasida platina tola-
sini qizdiradigan, turli komponentlarni 
tahlil qilish uchun zarur bo'lgan tok 
kuchini qo'yadigan uchta tayanch nuqta 
bor. 
Bu turdagi asboblar, asosan, havodagi 
yonuvchi (metan, benzin bug'lari va h.k.) 
gazlarning portlash xavfini yuzaga kelti-
radigan konsentratsiyasining indikatorlari 
va analizatorlari sifatida ishlatiladi. Ular ko'pincha ko'chma (ko'tarib 
yuradigan) turda chiqariladi. O'lchash xatoligi taxminan ± 10 %. 
Sanoat binolari xonalari havosining yonuvchi gazlar bilan ifloslanishini 
avtomatik nazorat qilish uchun yonuvchi gazlarga mo'ljallangan SGS 
turidagi, metanga mo'ljallangan CMC turidagi, benzinga mo'ljallangan GPB 
turidagi va boshqa signalizatorlar ishlab chiqariladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling