Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari. Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni 
va bug'larni uzluksiz tarzda avtomatik tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa, bu 
usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning mikrokonsentratsiyasini, toza 
gazlar ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar konsentratsiyasini, shuning-
dek, suyuqliklarda erigan gazlar konsentratsiyasini aniqlash uchun keng 
qo'llaniladi. 
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida biror komponentning konsentratsi-
yasi aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralash-
masining elektr-kimyoviy xossalarining o'zgarishiga qarab aniqlanadi. Quyida 
eng ko'p tarqalgan asboblar ko'rib chiqiladi. 
Konduktometrik gaz analizatorlari gaz aralashmasining o'lchanadigan 
komponentini absorbsiyalovchi yutuvchi eritmalarning elektr o'tkazuv-
chanligini o'lchashga asoslangan. 
Kontaktli konduktometrik usullar yutuvchi eritma o'lchash yacheyka-
sining elektrodlari bilan bevosita kontaktlashishi bilan xarakterlanadi. Bu 
asboblar murakkab qurilmalar bo'lishni talab qilmaydi, ko'rsatishlarni 
bevosita hisoblab borishga imkon beradi, tayyorlanishi va ishlatilishi sodda. 
Yutuvchi eritma sifatida, odatda, shunday eritma tanlanadiki, u tahlil 
qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi. 
Dissotsiatsiyalangan molekulalar soni kamayishi natijasida eritmaning 
elektr o'tkazuvchanligi yutilgan komponent miqdoriga mutanosib ravishda 
kamayadi. Yutuvchi eritmalar tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas 
reaksiyaga kirishi natijasida asbob kanalchalarining devorlarida hamda o'lchash 
elektrodlarida cho'kmalar hosil bo'ladi, bu esa o'lchash natijalarini xato 
ko'rsatadi va komponentlarning mikrokonsentratsiyalarini aniqlash da gaz 
analizatorlaridan foydalanishni cheklab qo'yadi. 
153 


Konduktometrik o'lchashlar uchun o'lchanayotgan komponent absorb-
siyasining qaytar reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin. Ularning 
afzalliklari: reaksiyalarda cho'kmalar absorbsiyalanmaydi va yutuvchi 
eritmalarning regeneratsiyalanish imkoni bor. Biroq, ko'pgina hollarda bunday 
yutuvchi eritmalarning tanlash darajasi kam bo'ladi. 
6.7-rasmda konduktometriya prinsipida ishlaydigan gaz analizatorining 
sxemasi keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz kapillar naycha 1 orqali o'tadi va 
reaksiya boradigan idish 2 hamda chulg'amli naycha 3 ga beriladi, u yerda 
aniqlanadigan komponent o'zgarmas tezlikda berib turiladigan elektrolit 
eritmasi bilan absorbsiyalanadi. Shundan keyin elektrolit eritmasi bir juft 
elektrodlari 5 turgan o'lchash yacheykasidan o'tadi, gaz fazasi esa gaz 
analizatoridan naycha 6 orqali chiqariladi. Taqqoslash elektrodlari 7 naychada 
turadi, bu naycha orqali elektrolitning yangi eritmasi beriladi. 
Shunday qilib, gaz analizatorlarida elektrolit eritmasining elektr o'tka-
zuvchanligi o'lchanayotgan komponent absorbsiyalanguncha va absorb-
siyalangandan keyin o'lchanadi. O'tkazuvchanlik qiymatlaridagi farqlar 
aniqlanadigan komponentning ikkilamchi asbob 8 yordamida o'lchanadigan 
konsentratsiyasiga mutanosib bo'ladi. Elektroliz vaqtida cho'kmalar hosil 
bo'lishining oldini olish uchun yacheyka elektrodlariga o'zgaruvchan 
kuchlanish beriladi, keyin bu kuchlanish to'g'rilanadi. 
Elektr o'tkazuvchanlikni o'lchashga asoslangan gaz analizatoridan 0
2

C0
2
, H
2
S, S0
2
, NH
3
, suv bug'i va boshqa komponentlarni tahlil qilishda 
foydalanish mumkin. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling