Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Absorbsion-optik gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Absorbsion-optik gaz analizatorlari. Optik gaz analizatorlarida optik 
zichlik, sindirish koeffitsiyenti va boshqa optik xossalarning tekshirilayotgan 
komponent konsentratsiyasiga bog'liqligidan foydalaniladi. Elektromagnit 
nurlanish jadalligining pasayishi yoki nurlanish oqimining tekshirilayotgan 
gaz spektrining infraqizil, ultrabinafsha yoki ko'rinadigan qismlaridagi 
yutilishini o'lchashga asoslangan absorbsion-optik usul ko'proq tarqalgan. 
Vodorod, ammiak, metan kabi gazlar infraqizil nurlarni, xlor, ozon, 
simob bug'lari esa ultrabinafsha nurlarni yutadi. Shuning uchun tahlil 
qilinayotgan komponent turiga qarab bunday gaz analizatorlarida infraqizil 
yoki ultrabinafsha nurlanishdan foydalaniladi. 
Spektrning infraqizil sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida nurlat-
kichlar sifatida 700—800 °C gacha qizdirilgan sim spirallaridan foydalaniladi. 
Spektrning ultrabinafsha sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida esa gaz 
razryad lampasi nurlanish manbayi bo'lib xizmat qiladi. 
Optik-absorbsion gaz analizatorlarining ko'pi differensial sxema bo'yicha 
qurilgan (6.4-rasm). Manba 1 dan olinadigan nurlanish oqimi yo'lida 
yorug'lik filtrlari 2 orasidan tekshirilayotgan gaz aralashmasi o'tadigan 
ishlovchi kamera 3 va aniqlanayotgan komponent qo'shilmagan gaz 
aralashmasi bilan to'ldirilgan taqqoslash kamerasi 4 o'rnatiladi. Qabul 
qilgich 5 ishchi va taqqoslash kameralaridagi nurlanish jadalligi farqini qabul 
qiladi, aniqlanayotgan komponent miqdoriga mutanosib bo'lgan nobalanslik 
signali esa kuchaytirgich 6 da kuchayib, o'lchash asbobi 7 da qayd qilinadi. 
Odatda optik gaz analizatorlari kompensatsion sxema bo'yicha ishlanib, 
o'lchash sxemasi optik, gaz yoki elektr usullar yordamida muvozanatlanadi. 
Optik kompensatsiya usulida teskari aloqa signali to'siq yoki optik pona 
siljishiga aylantiriladi. Bu esa taqqoslash kanalida nurlanish jadalligini 
tegishlicha o'zgartiradi. Ikkinchi holda, taqqoslash kanalida nurlanish oqimi 
yo'lida kompensatsiyalovchi aralashma qatlamining qalinligi o'zgaradi. Va 
nihoyat, elektr kompensatsiyalash usulida zanjirda elektr bilan ta'minlash 
kuchlanishi o'zgartiriladi. 
148 


Infraqizil nurlanishli gaz analizatorlarida qoldiq energiya tekshirilayotgan 
komponent bilan to'ldirilgan nur qabul qilgichlarida yutiladi. Uzlukli 
nurlanishdan foydalanilganda nur qabul qilgichda energiyaning yutilishi 
sababli haroratning o'zgarishi, shu bilan birga, bosimning o'zgarishi 
vujudga keladi. Bu tebranishlarni tegishli o'lchash asbobi bilan olingan nur 
kabi qabul qilgich mikrofonining membranasi qabul qiladi. 
Bunday nur qabul qilgichda gaz bosimining pulslanishi akustik samara 
nomini olgan. Bunday gaz analizatorlari esa optik-akustik asboblar deyiladi. 
Bu asboblarning afzalligi ularning universalligidadir, chunki ko'pchilik 
moddalarning infraqizil yutilish spektri bir-biridan farq qiladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling