Nashriyot-matbaaijodiy uyi


-§. GAZLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

6.2-§. GAZLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH 
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki 
komponentlar yig'indisi konsentratsiyasi haqida ma'lumot beradigan 
qurilmalardir. Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-
tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza 
qilishga katta e'tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari 
chiqindilari tarkibidagi zararli qo'shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish 
xonalari va atmosferadagi zararli qo'shilmalar miqdorini nazorat qilishga 
mo'ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish 
keskin kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar havosining sifatini nazorat 
qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo'shoksid, chang va 
boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o'lchanadi. 
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko'pchiligi gaz 
aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o'lchash uchun 
mo'ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi 
aniqlanadigan komponent o'lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy 
xossalariga ta'sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va 
konsentratsiyasidan qat'i nazar, ularning xossalariga ta'sir qilmaydi va 
142 


aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko'p komponentli gaz 
aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo'ljallangan gaz 
analizatorlari ham mavjud. 
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayot-
gan muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish 
turi, chiqayotgan signalni uniflkatsiyalash usuli va o'lchash natijalarini 
berish usuli kabi belgilariga ko'ra tasniflanishi mumkin. 
Eng oddiy holda namunani o'zgartirmasdan tahlil qilish mumkin, 
bunda tahlil qilinayotgan aralashma tarkibi to'g'risida o'lchanayotgan 
parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. Tahlil qilishda namunani 
o'zgartirish analitik o'lchash tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. 
Namunani o'zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy usullardan 
ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta'sir qilish uning fizik 
xossalarini tubdan o'zgartirib yuborsa, bunday o'zgartirish fizik o'zgarti-

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling