Nashriyot-matbaaijodiy uyi


rish deb ataladi. Agar namunaga ta'sir qilish uning tarkibining tubdan  o'zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o'zgartirish


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

rish deb ataladi. Agar namunaga ta'sir qilish uning tarkibining tubdan 
o'zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o'zgartirish deb ataladi. 
Gaz analizatorlari hajmga nisbatan %, g/m
3
, mg/1 larda o'lchanadi. 
Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining 
foiz hisobidagi miqdori harorat va bosim o'zgarganida doimiyligicha qoladi. 
Gaz anaUzatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o'lchagichdan 
tashqari, asbobning normal ishlashini ta'minlovchi bir qancha qurilmalar 
ham kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini 
tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir. 
Gaz analizatorlarining mavjud tasnifi aralashmaning aniqlanadigan 
komponentlarining konsentratsiyasini o'lchashga asos qilib olingan fizik-
kimyoviy xossalarga asoslanadi. 
Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko'rib chiqiladi. 
Termokonduktometrik gaz analizatorlari. Termokonduktometrik gaz 
analizatorlarining ishlash prinsipi gaz aralashmasini issiqlik o'tkazish 
xususiyatining tekshirilayotgan komponent konsentratsiyasiga bog'liqligiga 
asoslangan. Agar binar aralashmadagi komponentlarning issiqlik o'tkazuv-
chanligi har xil bo'lsa, bu usulni qo'llash qulay. Ko'p komponentli gaz 
aralashmasini tahlil qilishda yuqoridagi usulni qo'llash mumkin, lekin aniq-
lanmaydigan komponentlarning issiqlik o'tkazuvchanligi bir-biridan uncha 
farq qilmaydi, aniqlanayotgan komponentning issiqlik o'tkazuvchanligi esa 
ulardan ancha farq qilishi kerak. 
Ko'pchilik gaz aralashmalarining issiqlik o'tkazuvchanligini quyidagi ifoda 
bilan aniqlash mumkin: 
(6.1) 
bu yerda: C,, C
2
, C
3
, ..., C
n
— issiqlik o'tkazuvchanligi tegishlicha Я,,, X
2
, ..., 
A.
n
bo'lgan komponentlar miqdori (bunda, C
t
 + C
2
 + C
3
 + . . . + C
n
 = 100 % bo'lishi 
shart). 
143 


Aniqlanmaydigan komponentlarning yig'indi konsentratsiyasi C
B
(6.1) 
ga ko'ra mos keladigan issiqlik o'tkazuvchanligi bo'lgan aralashmaning 
issiqlik o'tkazuvchanligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
(6.2) 
bu yerda: C
A
— issiqlik o'tkazuvchanligi X
A
bo'lgan aniqlanadigan komponent miqdori. 
C
B
+ C
A
= 1 bo'lganligi uchun aniqlanadigan komponent konsentratsi-
yasi C
A
ning aralashmaning o'lchanadigan issiqlik o'tkazuvchanligi X ga 
bog'liqligi, aniqlanmaydigan va aniqlanadigan komponentlarning issiqlik 
o'tkazuvchanliklari ma'lum bo'lganda quyidagi ko'rinishda bo'ladi: 
(6.3) 
Gaz aralashmasining issiqlik o'tkazuvchanligini o'lchash uchun tahlil 
qilinayotgan aralashma bilan to'ldirilgan kameraga joylashtirilgan, qizdiri-
ladigan o'tkazgichdan foydalaniladi. Agar o'tkazgichdan kamera devorlariga 
faqat issiqlik o'tkazuvchanlik tufayligina issiqlik berilsa, quyidagi ifoda to'g'ri 
bo'ladi: 
(6.4) 
bu yerda: Q — o'tkazgich 1 sekundda beradigan issiqlik miqdori; /, d — o'tkazgichning 
uzunligi va diametri; D — kamera diametri, X — gaz aralashmasining issiqlik 
o'tkazuvchanligi; t
&
, t
d
 — o'tkazgich va kamera devorlarining harorati. 
O'tkazgich beradigan issiqlik Q va kamera devorlarining atrof-muhit 
haroratiga bog'liq bo'lgan harorati t
d
o'zgarmas boiganida gaz aralash-
masining issiqlik o'tkazuvchanligi o'tkazgichning haroratini, binobarin, 
uning o'tkazuvchanligini bir xil qiymatda aniqlaydi. O'tkazgich sifatida elektr 
qarshiligining harorat koeffitsiyenti yuqori va kimyoviy jihatdan chidamli 
metall simdan foydalaniladi; platina ko'proq, volfram, nikel, tantal kamroq 
ishlatiladi. 
Termokonduktometrik gaz analizatorlarining o'lchash elementlari o'zi 
qiziydigan qarshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan 
kamera shaklidagi o'zgartkichdan iborat. Gaz aralashmasi tarkibining 
o'zgarishi uning issiqlik o'tkazish qobiliyatini o'zgartiradi, natijada qizigan 
tola va gaz aralashmasi o'rtasida o'zaro issiqlik almashuvining jadalligi ham 
o'zgaradi. Tolaning elektr qarshiligi tekshirilayotgan komponent konsentra-
tsiyasini bildiradi. 
Bu turdagi sanoat gaz analizatorlarida o'lchashning differensial usuli 
qo'llaniladi, bu yerda tekshirilayotgan va namuna gaz aralashmalarining 
issiqlik o'tkazuvchanligi ishi solishtirma kameralar yordamida solishtiriladi. 
Ish kamerasi gaz oqib o'tadigan qilib ishlanadi, solishtirma kamera esa 
tarkibiga konsentratsiyasi o'lchashning pastki, o'rta va yuqorigi chegarasiga 
mos keladigan, o'lchanayotgan komponent kirgan gaz aralashmasi bilan 
to'ldiriladi. 
144 


O'lchash sxemalari bevosita hisob-
lash yoki avtomatik muvozanatlash 
prinsipiga ko'ra quriladi. 6.1-rasmda 
ko'rsatilgan termokonduktometrik gaz 
analizatori konsentratsiyani muvozanat-
lashgan ko'prik yordamida o'lchaydi. 
Doimiy sarfga ega bo'lgan, tekshirila-
yotgan gaz aralashmasi R
t
l ish kame-
ralariga keladi. Ko'prikning qolgan 
yelkasiga etalon aralashmali R
t
2 yor-
damchi kameralar ulangan. Sezgir ele-
mentning tolalari ko'prik sxemasining 
ta'minlash toki (STM — stabillashgan 
ta'minlovchi manba) hisobiga qiziydi. 
Ko'prik sxemasi R3 reostat orqali sozlanadi. Bu turdagi sanoat gaz anali-
zatorining o'lchash asboblari standart avtomatik kompensator asosida 
bajariladi. Termokonduktometrik gaz anlizatorlarida xatolik, asosan, 
quyidagi sabablarga ko'ra sodir bo'ladi: 
a) atrof-muhit haroratining o'zgarishi, bunda o'lchash kameralarining 
devorlaridagi harorat o'zgaradi; 
b) o'lchash ko'prigi ta'minlovchi manba kuchlanishining o'zgarishi; 
c) gaz aralashmasining kameralar (yacheykalar) orasida o'tish tezligi-
ning o'zgarishi; 
d) ikkilamchi tekshirilmayotgan komponentlarning (xususan, suv bug'-
lari) mavjudligi. 
O'lchash blokini termostatlash va stabillashgan ta'minlash manbalari-
dan foydalanish zarurati asbobni murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi. 
Havodagi yoki gaz aralashmalaridagi (vodoroddan tashqari tarkibida CO, 
C0
2
, CN
4
, N
2
va 0
2
bo'lgan) vodorod 
miqdorini, shuningdek, ko'p kompo-
nentli aralashmalarda C0
2
miqdorini 
aniqlash uchun TP turidagi termokon-
duktometrik gaz analizatorlaridan foyda-
laniladi (6.2-rasm). 
Sxema muvozanatlashmagan ikkita A 
va В ko'priklardan iborat bo'lib, ular 
o'zgaruvchan tok manbayidan transfor-
mator orqali ta'minlanadi. Ko'priklar-
ning yelkalari platina simlardan tayyor-
langan va shisha ballonchalarga joylashti-
rilgan. O'lchash ko'prigining ikkita ishchi 
yelkasi 7 va J ning atrofidan tahlil qili-
nayotgan gaz o'tib turadi. Qolgan ikkita 
yelkasi 2 va 4 gaz muhitida turadi, bu 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling