Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Fotokalorimetrik gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Fotokalorimetrik gaz analizatorlari. Bu gaz analizatorlarida erigan 
moddaning konsentratsiyasi eritma yoki lentaning jadal bo'yalishiga qarab 
aniqlanadi. Suyuqlikli va lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari gazlarning 
mikrokonsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu gazlar (H
2
S, S0
2

NH
3
, Cl
2
, NO, N0
2
) maxsus tanlangan reaktivlar bilan rangli reaksiyaga 
kirishadi. Bu asboblaming flzikaviy asosi Buger-Lambert-Ber qonunidir. 
Bo'yalgan komponentlar (yoki reaksiyaga kirgan gaz massasi) ning konsen-
tratsiyasi quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi: 
(6.7) 
bu yerda: D, — optik zichlik: % — yutilish koeffitsiyenti; l
x
— kyuvetning uzunligi. 
Fotokalorimetrik tahlil qilish usuli yuqori sezgirlikka va tanlovchanlikka 
ega. Bu usul sezgirligining yuqoriligi tahlil qiUnadigan komponentni eritmada 
yoki indikator lentasida yig'ish imkoniyati borligi bilan belgilanadi. Usulning 
tanlovchanligi yuqoriligiga tahlil qilinayotgan komponent bilan reaktiv-
indikator o'rtasidagi reaksiya sabab bo'ladi. 
6.10-rasmda eritma yoki gaz davriy ravishda uzatiladigan FKG turidagi 
fotokalorimetrik gaz analizatorining sxemasi ko'rsatilgan. Asbobda ikki optik 
kanal: ishchi va taqqoslash kanallari bo'lib, ularning ichida ishchi kyuvet 4 
va taqqoslash kyuveti 12 joylashtirilgan. 
Absorbsiyalovchi eritma bak 15 dan nasos yordamida taqqoslash kyuveti 
orqali dozator 6 ga haydaladi. Dozatorda to'kish naychasi 7 bor bo'lib, u 
orqali ortiqcha eritma bakka qaytib qo'yiladi. Buyruq beruvchi rele belgilay-
digan teng vaqt oraliqlarida elektromagnit klapan 3 ishga tushadi, u kyuvet 
4 dagi ishlab bo'lgan eritmani bakka chiqarib yuboradi, bu yerda eritma 
157 


regeneratsiyalanadi. Kyuvetlar bo'shatilganidan keyin klapanlar 5 va 8 ishga 
tushib, dozator ular yordamida eritma beruvchi quvurchadan uziladi va ayni 
bir vaqtda kyuvet 4 bilan birlashib, unga eritmaning o'lchangan hajmini 
quyadi. Klapanlar 5 va 8 dozatorni yangi eritma bilan to'ldirish uchun 
dastlabki vaziyatlariga qaytadi. Kyuvet 4 da eritmaning yangi berilgan porsiyasi 
orqali tekshirilayotgan gaz chiqib ketganidan keyin rangli reaksiya sodir 
bo'ladi. Ma'lum vaqt tutib turilganidan keyin buyruq relesi klapan 3 ni ochadi 
va navbatdagi sikl boshlanadi. Har ikkala kyuvet orqali yoritish lampasi 2 dan 
linza 1 orqali yorug'lik oqimi o'tadi. Kyuvetlarning orqasida fotoelementlar 9 va 
14 joylashgan bo'lib, ular kyuvetlardagi eritmalardan o'tgan yorug'lik oqim-
larini qabul qiladi. Fotoelementlar elektron kuchaytirgich 10 ning chiqishiga 
differensial tarzda ulangan bo'lib, u ikki fotoelementning signallari farqini 
kuchaytiradi. Kuchaytirilgan signal reversiv dvigatel 11 ning boshqaruvchi 
chulg'amiga keladi, dvigatel kompensatsiyalovchi optik pona 13 ni kyuvet 12 
ning optik kanalida har ikki fotoelement bir xildagi yoritilganlikka ega bo'lganiga 
qadar kerakli yo'nalishda siljitadi. Optik ponaning surilish kattaligi va u bilan 
bog'liq bo'lgan asbob ko'rsatkichining surilish kattaligi tekshirilayotgan gaz-
dagi aniqlanadigan komponent konsentratsiyasining o'lchovi bo'ladi. 
Ishlab chiqarish xonalari havosidagi xlor qoldiqlarini o'lchash diapa-
zonining ± 20 % iga teng xatolik bilan aniqlashga imkon beradigan gaz 
analizatorlaridan sanoat FKG-ZM turidagi fotokalorimetrik analizatorlarni 
ishlab chiqaradi. 
Asbobsozlik sanoati FSL turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlarini 
ishlab chiqaradi. Uning ishlashi kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo'lgan 
lentadagi dog'dan qaytgan yorug'lik oqimini etalon yorug'lik oqimi bilan 
taqqoslashga asoslangan. 
158 


FSL turidagi lentali gaz analizatorlarining boshqa rusumlari ishlab 
chiqarish xonalari va texnologik liniya havosidagi fosgen, vodorod sulfid, 
sianid kislotani aniqlash uchun chiqariladi. Ishlab chiqarish xonalarining 
havosidagi ammiak miqdorini 0—3 • 10~
3
va 0—3 • 10~
2
% chegarasida aniqlash 
uchun FSL1,107 turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlari ishlab chiqariladi. 
Lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari uchun ishchi eritma sarfining 
juda kamligi va u bilan bog'liq bo'lgan yuqori sezgirlikka erishish osonligi 
xarakterlidir, chunki gazlarning reaksiyaga kiruvchi miqdori bilan erigan 
miqdorining nisbati juda katta bo'lishi mumkin. Biroq lentaning sirti bir jinsli 
bo'lmaganligi va boshqa bir qancha omillar ta'siri tufayli lentali fotoka-
lorimetrik gaz analizatorlarining xatoligi suyuqlikli fotokalorimetrik gaz ana-
lizatorining xatoligidan yuqoridir. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling