Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida havodagi simob
bug'lari konsentratsiyasini, xlor, vodorod sulfid, azot qo'shoksidi va boshqa moddalarning konsentratsiyasini o'lchashda qo'llaniladi. Ultrabinafsha nurlarning manbayi simobli lampalar bo'lib, ular chiqar- gan nurlarning ko'p qismi ultrabinafsha nurlar bo'ladi. Nurlanishni qo'shim- cha monoxromatlash uchun shisha svetoforlardan foydalaniladi, ular tahlil qilinayotgan modda yutilishining maksimumi vaziyatiga qarab tanlanadi. Ultrabinashfa nurlanishni elektr signaliga aylantirish uchun fotoelement - lar va fotorezistorlardan foydalaniladi. Amalda ultrabinafsha nurlarni yutadigan elektr kompensatsiyali ikki nurli gaz analizatorlari, optik kompensatsiyali gaz analizatorlari, shuningdek, bevosita o'lchaydigan, ultrabinafsha nurlarni yutadigan bir nurli gaz analiza- torlari ham ishlatiladi. 6.6- rasmda bir nurli ultrabinafsha nurlarni yutadigan gaz analizatorning blok sxemasi ko'rsatilgan. Asbobda bitta manba 1 va bitta foto qabul qilgich 8 bor. Manbaning nurlanishini elektr dvigatel 2 aylantiradigan obturator 3 uzadi va u qarama-qarshi fazalarda o'zgaradigan ikkita bir xil oqimga bo'linadi. Bu oqimlarning har qaysisi tegishli optik yorug'lik filtri — ishchi filtr 5 va taqqoslash filtri 6 dan o'tadi. 152 Filtrlarning shaffoflik polosalari berkitilmaydi va /,, f 2 chastotalar chegarasida to'plangan bo'ladi. Nurlarning filtrlangan oqimlari ishchi kyuvet 7 dan o'tadi, bu kyuvet orqali nurlanishni f t chastotada yutadigan tahlil qilinayotgan gaz kyuvet 7 ga haydaladi, so'ngra oqim umumiy nur qabul qilgichga keladi. Kyuvet 7 da tahlil qilinayotgan, komponent bo'lmaganida ishchi va taqqoslash oqimlarining jadalligi nolni rostlash zaslonkasi 4 ni surish yo'li bilan baravarlashtiriladi. Bu holda tizim muvozanatlashadi va foto qabul qilgichdan olinadigan farq signali nolga teng bo'ladi. Tahlil qilinayotgan gaz kyuvetga kirganida /j chastotadagi nurlanish oqimining jadalligi kamayadi, f 2 chastotasidaginiki esa o'zgarishsiz qoladi. Foto qabul qilgich chiqishida farq signali hosil bo'ladi va u kuchaytirgich 9 da kuchaytiriladi. Farq signalining amplitudasi tahlil qilinayotgan komponent konsentratsiyasining o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. Konsentratsiya ikkilamchi asbob 10 bilan o'lchanadi. Harorat tufayli yuzaga keladigan xatoni yo'qotish uchun asbob ter- mostatlanadi. O'lchash chegaralari 0—30 mg/1; massa bo'yicha 0—3 %; asosiy xatolik shkala diapazonining ± 4 % i atroflda. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling