Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Aerozolli-ionli gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Aerozolli-ionli gaz analizatorlari gazni tahlil qiladigan radioizotopli 
asboblarga taalluqli bo'lib, ularda gaz muhitining fizik parametri — gazlarning 
elektr o'tkazuvchanligi, ionlanuvchi nurlanish ta'sirida bo'lgan gazlarning 
elektr o'tkazuvchanligi o'lchanadi. Bu asboblarda gazning yoki aktiv izotop 
ko'rinishidagi ichki ionlanish manbayiga ega bo'lgan ionlanish tok kamerasi 
sezgir element bo'lib xizmat qiladi. Muhitning nazorat qilinayotgan kom-
ponenti konsentratsiyasining o'lchovi bo'lib, kameraning elektrodlari orasida 
ularga kuchlanish berilganda hosil bo'ladigan ionlanish toki xizmat qiladi. 
Bu gaz analizatorlarining xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat 
qilinayotgan komponent oldin aerozol holatiga keltiriladi. Bu yerda hosil 
bo'ladigan aerozol zarralari soni nazorat qilinayotgan komponent konsen-
tratsiyasiga mutanosib bo'lib, ionlanish tokining o'lchanayotgan kuchining 
o'zgarishini aniqlaydi. 
Aerozol zarralari ta'sirida kamera ionlanish toki / ning o'zgarishi quyidagi 
munosabat bilan ifodalanadi: 
(6.8) 
bu yerda: /
0
— kamerada aerozol zarralari bo'lmagandagi boshlang'ich tok kuchi; 
N— Brikard doimiysi bo'lib, uni gaz ionlarining aerozol zarralaiga o'tirish ehtimoli 
borligi nuqtayi nazaridan aniqlanadi; С — gazdagi aerozol zarralarining kon-
sentratsiyasi; г — gaz ionlarining kamera ichida „yashash" vaqti bo'lib, uni ionlanish 
kamerasining tuzilishi va elektr maydonning kuchayishiga qarab aniqlanadi; r — 
aerozol zarralarining o'rtacha radiusi. 
6.12-rasmda aerozolli-ionli gaz ana-
lizatorining prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. 
Nurlanish manbayi 1 va ionlar kollektori 
3 joylashitirilgan ionizatsion oqim kamerasi 
2 ga gaz sarfi uyg'otgichi bilan tahlil 
qilinayotgan havo so'rib olinadi. Ayni bir 
vaqtda kameraga tegishli kimyoviy rea-
gentning bug'lari kiritiladi. Kamera ichida 
kimyoviy reaksiya sodir bo'lib, buning 
natijasida aniqlanayotgan komponent aero-
zolga aylanadi. 
160 


Ionizatsiya toki qarshiligi katta nagruzka rezistori R da kuchlanish 
tushuvini vujudga keltiradi, bu kuchlanish o'zgarmas tok kuchaytirgichi 4 da 
kuchaytiriladi. Aerozol zarralarining konsentratsiyasiga ko'ra o'zgaradigan 
ionizatsion tokning kuchi aniqlanayotgan komponent konsentratsiyasining 
o'lchovi hisoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 aniqlanayotgan komponentning 
konsentratsiyasini ko'rsatadi. 
Asbobdan havodagi zararU moddalarni, shu jumladan, azot oksidlari, 
vodorod xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish 
mumkin. Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining yuqori chegarasi 
aniqlanayotgan komponentning 0,5 dan 50 mg/m
3
miqdorida o'rnatiladi. 
Asosiy xatolik shkala chegarasining 10—15 % i atroflda. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling