Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Massa-spektrometrik gaz analizatorlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Massa-spektrometrik gaz analizatorlari. Massa-spektrometrlar gazlarni 
tahlil qilishda eng takomillashgan asboblardandir. Ular kimyoviy va fizik 
xossalaridan qat'i nazar, moddalarning izotop va molekular tarkibini aniq-
lashga mo'ljallangan. 
Massa-spektrometrik usul murakkab aralashmalardagi ko'p kompo-
nentlarning miqdorini aniqlashga imkon berib, tahlilni juda tez o'tkazishni 
ta'minlaydi. 
Tahlil qilishda tahlil qilinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod 
emitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr linzalar tizimi 
vositasida tor dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr 
maydonida tezlatiladi va elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Ion dastaning 
tarkibi tahlil qilinayotgan gaz aralashmasining molekular tarkibiga mos 
keladi. Ko'ndalang magnit maydoni ta'sirida oqim ionlar massasining 
ularning zaryadlariga nisbati bilan farq qiladigan ion nurlariga ajraladi, bular 
keyin kollektorga keladi. Kollektor zanjirida massalari turlicha ionlar elektr 
toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin o'lchanadi 
hamda elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo'yiladi. Magnit 
maydonining kuchlanganligi asta-sekin o'zgartirib borilganida, tekshirila-
yotgan gazning molekular tarkibini xarakterlovchi ion toklari spektri yoki 
massa-spektrlari yoziladi. Miqdoriy tahlil o'tkazish uchun massa-spektro-
metrni tekshirilayotgan moddada bor deb taxmin qilingan har qaysi 
komponent bo'yicha oldindan darajalanadi. 
165 


Massa-spektrometrlarning tuzilishi analitik va o'lchash qismlaridan iborat. 
Analitik qismda ion dastalari massalari bo'yicha hosil qilinadi, shakllantiriladi 
va ajratiladi. O'lchash qismi ionlar manbayini va ishga tushirish tizimining 
stabillashgan kuchlanish bilan ta'minlash, ion toklarini o'lchash va qayd 
etish, vakuum tizimida bosimni o'lchash, massa sonlarini indekslash va 
hokazolar uchun mo'ljallangan. 
Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun — 
MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS; izo-
toplarni tahlil qilish uchun — MI turlarga bo'linadi. MS turidagi massa-
spektrometrlar laboratoriya sharoitlarida o'tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar 
uchun mo'ljallangan. 
Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX-7201, MX-
7304, MX-1320 va izotopni tahlil qiladigan MI-1201B massa-spektrometr-
larini ishlab chiqaradi. 
MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida N
2

0
2
, N
2
, S
2
gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo'shilmalari miqdorini 
aniqlash uchun mo'ljallangan. Tekshirilayotgan materialdan gaz ajralib 
chiqishi vakuumda suyuqlantirish yo'li bilan yoki grafitli tigelda amalga oshi-
riladi. Gazsimon qo'shilmalarning tarkibini aniqlash monopolar (bir qutbli) 
massa-spektrometr yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo'yicha 
o'lchash chegaralari 2—60. 
Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so'rib (tortib) olish tizimlari 
bilan ta'minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil 
qilish uchun mo'ljallangan. Massa sonlari bo'yicha o'lchash chegaralari 2— 
200, tahlil qilish xatoligi ±2,5 %. 
MX-1320 massa-spektrometri gaz aralashmalarini, suyuqliklarni va 400 °C 
gacha haroratda gazsimon holatga o'tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat 
jihatidan tahlil qilish uchun mo'ljallangan. Massa sonlari bo'yicha o'lchash 
chegarasi 1—4000, tahlil qilish xatoligi ± 5 • 10~
6
%. 
MI-120IB massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop 
tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun mo'ljallangan. Natijalarini SMI 
bazaviy hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari 
bo'yicha o'lchash chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ±0,15%. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling