Nashriyot-matbaaijodiy uyi
rish deb ataladi. Agar namunaga ta'sir qilish uning tarkibining tubdan o'zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o'zgartirish
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termokonduktometrik gaz analizatorlari.
rish deb ataladi. Agar namunaga ta'sir qilish uning tarkibining tubdan
o'zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o'zgartirish deb ataladi. Gaz analizatorlari hajmga nisbatan %, g/m 3 , mg/1 larda o'lchanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining foiz hisobidagi miqdori harorat va bosim o'zgarganida doimiyligicha qoladi. Gaz anaUzatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o'lchagichdan tashqari, asbobning normal ishlashini ta'minlovchi bir qancha qurilmalar ham kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir. Gaz analizatorlarining mavjud tasnifi aralashmaning aniqlanadigan komponentlarining konsentratsiyasini o'lchashga asos qilib olingan fizik- kimyoviy xossalarga asoslanadi. Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko'rib chiqiladi. Termokonduktometrik gaz analizatorlari. Termokonduktometrik gaz analizatorlarining ishlash prinsipi gaz aralashmasini issiqlik o'tkazish xususiyatining tekshirilayotgan komponent konsentratsiyasiga bog'liqligiga asoslangan. Agar binar aralashmadagi komponentlarning issiqlik o'tkazuv- chanligi har xil bo'lsa, bu usulni qo'llash qulay. Ko'p komponentli gaz aralashmasini tahlil qilishda yuqoridagi usulni qo'llash mumkin, lekin aniq- lanmaydigan komponentlarning issiqlik o'tkazuvchanligi bir-biridan uncha farq qilmaydi, aniqlanayotgan komponentning issiqlik o'tkazuvchanligi esa ulardan ancha farq qilishi kerak. Ko'pchilik gaz aralashmalarining issiqlik o'tkazuvchanligini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin: (6.1) bu yerda: C,, C 2 , C 3 , ..., C n — issiqlik o'tkazuvchanligi tegishlicha Я,,, X 2 , ..., A. n bo'lgan komponentlar miqdori (bunda, C t + C 2 + C 3 + . . . + C n = 100 % bo'lishi shart). 143 Aniqlanmaydigan komponentlarning yig'indi konsentratsiyasi C B (6.1) ga ko'ra mos keladigan issiqlik o'tkazuvchanligi bo'lgan aralashmaning issiqlik o'tkazuvchanligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: (6.2) bu yerda: C A — issiqlik o'tkazuvchanligi X A bo'lgan aniqlanadigan komponent miqdori. C B + C A = 1 bo'lganligi uchun aniqlanadigan komponent konsentratsi- yasi C A ning aralashmaning o'lchanadigan issiqlik o'tkazuvchanligi X ga bog'liqligi, aniqlanmaydigan va aniqlanadigan komponentlarning issiqlik o'tkazuvchanliklari ma'lum bo'lganda quyidagi ko'rinishda bo'ladi: (6.3) Gaz aralashmasining issiqlik o'tkazuvchanligini o'lchash uchun tahlil qilinayotgan aralashma bilan to'ldirilgan kameraga joylashtirilgan, qizdiri- ladigan o'tkazgichdan foydalaniladi. Agar o'tkazgichdan kamera devorlariga faqat issiqlik o'tkazuvchanlik tufayligina issiqlik berilsa, quyidagi ifoda to'g'ri bo'ladi: (6.4) bu yerda: Q — o'tkazgich 1 sekundda beradigan issiqlik miqdori; /, d — o'tkazgichning uzunligi va diametri; D — kamera diametri, X — gaz aralashmasining issiqlik o'tkazuvchanligi; t & , t d — o'tkazgich va kamera devorlarining harorati. O'tkazgich beradigan issiqlik Q va kamera devorlarining atrof-muhit haroratiga bog'liq bo'lgan harorati t d o'zgarmas boiganida gaz aralash- masining issiqlik o'tkazuvchanligi o'tkazgichning haroratini, binobarin, uning o'tkazuvchanligini bir xil qiymatda aniqlaydi. O'tkazgich sifatida elektr qarshiligining harorat koeffitsiyenti yuqori va kimyoviy jihatdan chidamli metall simdan foydalaniladi; platina ko'proq, volfram, nikel, tantal kamroq ishlatiladi. Termokonduktometrik gaz analizatorlarining o'lchash elementlari o'zi qiziydigan qarshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan kamera shaklidagi o'zgartkichdan iborat. Gaz aralashmasi tarkibining o'zgarishi uning issiqlik o'tkazish qobiliyatini o'zgartiradi, natijada qizigan tola va gaz aralashmasi o'rtasida o'zaro issiqlik almashuvining jadalligi ham o'zgaradi. Tolaning elektr qarshiligi tekshirilayotgan komponent konsentra- tsiyasini bildiradi. Bu turdagi sanoat gaz analizatorlarida o'lchashning differensial usuli qo'llaniladi, bu yerda tekshirilayotgan va namuna gaz aralashmalarining issiqlik o'tkazuvchanligi ishi solishtirma kameralar yordamida solishtiriladi. Ish kamerasi gaz oqib o'tadigan qilib ishlanadi, solishtirma kamera esa tarkibiga konsentratsiyasi o'lchashning pastki, o'rta va yuqorigi chegarasiga mos keladigan, o'lchanayotgan komponent kirgan gaz aralashmasi bilan to'ldiriladi. 144 O'lchash sxemalari bevosita hisob- lash yoki avtomatik muvozanatlash prinsipiga ko'ra quriladi. 6.1-rasmda ko'rsatilgan termokonduktometrik gaz analizatori konsentratsiyani muvozanat- lashgan ko'prik yordamida o'lchaydi. Doimiy sarfga ega bo'lgan, tekshirila- yotgan gaz aralashmasi R t l ish kame- ralariga keladi. Ko'prikning qolgan yelkasiga etalon aralashmali R t 2 yor- damchi kameralar ulangan. Sezgir ele- mentning tolalari ko'prik sxemasining ta'minlash toki (STM — stabillashgan ta'minlovchi manba) hisobiga qiziydi. Ko'prik sxemasi R3 reostat orqali sozlanadi. Bu turdagi sanoat gaz anali- zatorining o'lchash asboblari standart avtomatik kompensator asosida bajariladi. Termokonduktometrik gaz anlizatorlarida xatolik, asosan, quyidagi sabablarga ko'ra sodir bo'ladi: a) atrof-muhit haroratining o'zgarishi, bunda o'lchash kameralarining devorlaridagi harorat o'zgaradi; b) o'lchash ko'prigi ta'minlovchi manba kuchlanishining o'zgarishi; c) gaz aralashmasining kameralar (yacheykalar) orasida o'tish tezligi- ning o'zgarishi; d) ikkilamchi tekshirilmayotgan komponentlarning (xususan, suv bug'- lari) mavjudligi. O'lchash blokini termostatlash va stabillashgan ta'minlash manbalari- dan foydalanish zarurati asbobni murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi. Havodagi yoki gaz aralashmalaridagi (vodoroddan tashqari tarkibida CO, C0 2 , CN 4 , N 2 va 0 2 bo'lgan) vodorod miqdorini, shuningdek, ko'p kompo- nentli aralashmalarda C0 2 miqdorini aniqlash uchun TP turidagi termokon- duktometrik gaz analizatorlaridan foyda- laniladi (6.2-rasm). Sxema muvozanatlashmagan ikkita A va В ko'priklardan iborat bo'lib, ular o'zgaruvchan tok manbayidan transfor- mator orqali ta'minlanadi. Ko'priklar- ning yelkalari platina simlardan tayyor- langan va shisha ballonchalarga joylashti- rilgan. O'lchash ko'prigining ikkita ishchi yelkasi 7 va J ning atrofidan tahlil qili- nayotgan gaz o'tib turadi. Qolgan ikkita yelkasi 2 va 4 gaz muhitida turadi, bu Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling