Nashriyot-matbaaijodiy uyi
5.8- §. SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O'LCHASH
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
138
5.8- §. SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O'LCHASH Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi idishlardagi sochiluvchan moddalar sathini o'lchash — suyuq moddalar sathini nazorat qilishga nisbatan ancha murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlarni to'ldirishda va bo'shatishda gorizontal sirtga ega bo'lmay, balki sochiluvchan moddaning zarrachalari orasidagi ishqalanish va ma'lum bir Hashish natijasida qiyaliklar hosil qilishi bilan bog'liq. Sochiluvchan muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi sathning balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal qonuni ta'sir etmaydi. Ko'pchilik sochiluvchan materiallar (ayniqsa, sement, qum, selitra, shakar, un, tuz va shularga o'xshash) saqlashda sochiluvchanligini yo'qotadi, ya'ni yopishuvchanlik xossasiga ega bo'ladi. Bulardan tashqari, ular idishlarning sirtiga va satho'zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin, bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba'zi hollarda vertikal tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba'zi sochiluvchan moddalarning (bug'doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o'rnatiladigan sath datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik shikastlantirishi mumkin. Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma'lum sharoitlarda esa portlash xavfi bo'lgan changni hosil qiladi. Shuning uchun elektr satho'lchagichlar, faqat portlash xavfi bo'lmaydigan hollarda qo'llanilishi mumkin. Sochiluvchan muhitlarni o'lchash sharoitlarining va tavsiflarining turli- chaligi sochiluvchan materiallar sathini o'lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqo- vichli, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va boshq. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, suyuq muhitlarning sathini o'lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan mod- dalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqa- rilgan asboblar sanoatda TJABT ni joriy qilishda vujudga keladigan barcha xilma-xil vazifalarni hal qila olmaydi. Membranali satho'lchagichlar sochiluvchan yopishmaydigan moddalarning chegaraviy sath- larini o'lchash va signal berishda keng tarqalgan. Bunker devoriga mahkamlanadigan sochiluvchan modda sathini membranali signallovchida (5.15- rasm) sochiluvchan moddalarning bosim kuchi qattiq metall disk 2 li rezinalangan matodan qilingan egiluvchan membrana 1 ga ta'sir qiladi va prujina 3 ning kuchini yengib, uni siljitadi. Bu siljish korpus 5 ning ichida joylashgan mitti 139 almashlab ulagich 4 ning elektr kontaktlarining ulanishiga olib keladi. Kontaktlar membrana ustidagi sochiluvchan kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta'siri prinsipida ishlaydi. Kontaktli-mexanik (mayatnikli) sath signalizatorlari idishga tushayotgan sochiluvchan moddalarning ta'siri ostida sezgir elementning (sharnirli yoki egiluvchan osma ko'rinishda ishlangan plastina yoki qalqovich) va uning kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta'siri prinsipi bo'yicha ishlaydi. Vaznli satho'lchagichlari sochiluvchan moddalarning bunkerga solinishi va undan to'kilishi bir me'yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O'zgartkich sifatida turli vaznli qurilmalar qo'llaniladi. Vaznli satho'lchagichlarda o'zgart- kich sifatida messdozalar ishlatilishi mumkin. Bu yerda, bunker tayanchiga ko'rsatiladigan bosim o'lchanadi. Bu holda bosim bunkerni modda bilan to'ldirish funksiyasidan iborat. Bir xillashtirilgan chiqish signalli bosimni (yoki kuchni) o'lchashning zamonaviy vositalaridan foydalanish bunday idishlardagi sathni nazorat qilishga va rostlab borishga imkon beradi. Hozirgi paytda datchik sifatida nominal yuklanish 10 dan 10000 kGk gacha bo'lgan kuchni o'lchovchi tenzorezistorli datchiklardan foydalaniladi. O'lchashning barcha elektrik usullari ichida sig'imli usul ko'proq qo'llaniladi. Turli xil sig'imli sath signalizatorlari sanoatda bunkerlarni, idishlarni va boshqa texnologik qurilmalarning to'lishini signallash uchun keng qo'llaniladi. Idishlardagi sochiluvchan moddalarning yuqori va quyi sathlarini nazorat qilish uchun bitta (BKS-2.1) yoki ikkita (BKS-2.2) sath datchiklari bilan bir komplektdagi BXS-2 bloki asosida qurilgan sath signalizatorlari (rele) o'zini oqladi. Nazorat bloklari uchqundan xavfsiz qilib ham chiqariladi (BKS- 24 turidagi). Sath signalizatorlari sifatida o'lchashning rezonans sxemali (ko'prikli emas) sig'imli signalizatorlaridan foydalanish mumkin, masalan, ESU-1, ESU-2 va boshqa turlaridan. Bunday qurilmalarda elektrod 1 va bunker devori 2 (5.16-rasm) dan tuzilgan sig'imli o'zgartkich induktivlik g'altagi L bilan birga tebranish konturini tashkil etadi. Uning rezonans chastotasi o'zgartkich sig'imi bilan, ya'ni sathning qiymati bilan aniqlanadi. Kon- turning rezonans chastotasi bilan gene- rator G ning kuchlanish chastotasi (sath- ning chegaraviy qiymatiga mos kelgan) ustma-ust tushsa, R rele signalizatsiya sxemasini ulaydi. Akustik sath signalizatorlari zarra- chalar o'lchami 2 dan 200 mm gacha bo'lgan sochiluvchan va bo'lakli modda- larning sathini kontaktsiz avtomatik sig- 140 nalizatsiyalash uchun qo'llaniladi. EXO turidagi signalizator akustik o'zgart- kichdan, uzatuvchi o'zgartkichdan va releli chiqishdan iborat. Signalizatsiya oralig'iga bog'liq holda turli xil akustik o'zgartkichlar qo'llaniladi. Sathdan qaytgan impulslar generatordan kelayotgan impulslardan vaqt oralig'ining farqi bilan belgilanadi. Keyin moslashish sxemasidan chiqish signali chiqish qurilmasiga keladi, u yerda rele qurilmasini ishga tushuruvchi o'zgarmas tokning chiqish kuchlanishi shakllanadi. Sath o'lchashning bir qator uslub va vositalari (radioizotopli, rezonansli, konduktometrik va boshq.) mavjud bo'lib, ular qurilmasi murakkab bo'l- ganidan yoki o'lchanayotgan muhitning tavsifiga ko'p jihatdan bog'liqligidan, yoki oziq-ovqat mahsulotlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lganligidan sanoatda amalda deyarli qo'llanilmaydi, shunga qaramay ular yuqori metrologik xossalarga ega. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling