Nashriyot-matbaaijodiy uyi
- §. RADIOIZOTOPLI SATHO'LCHAGICHLAR
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
5.6- §. RADIOIZOTOPLI SATHO'LCHAGICHLAR
Radioizotopli satho'lchagichlarning ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha bo'lgan ikki muhitdan o'tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muhitlarning chegarasi o'zgarishi bilan nurlanish o'zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli satho'lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbayi va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbayi sifatida o'zidan j nurlar chiqaradigan Co 60 , Cs 137 , Se 75 va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, ssintilatsion hisoblagichlar yoki yarimo'tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo bo'lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o'zga- rishiga muvofiq elektr signalga aylanadi. y'-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi eksponensial munosabat bilan ifodalanadi: (5.20) bu yerda: / 0 — j- nurlanishning boshlang'ich jadalligi; Ц — moddaning tabiati va uning qatlami qalinligi x ga bog'liq bo'lgan y'-nurlanishning kuchsizlanish koeffitsiyenti. Radioizotopli satho'lchagichning prinsipial sxemasi 5.12-rasmda ko'rsa- tilgan. U radioaktiv nurlanish manbayi 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, elektr toki manbayi 3, qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 va o'lchash asbobi 6 dan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo'lib, ichi inert gaz bilan to'ldirilgan. Silindr markazida 135 undan izolator bilan ajratilgan metall sim o'rnatilgan. Silindr devori elektr manbayining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. Silindr inert gaz bilan to'ldirilgan bo'lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo'lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta'sir etib, undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida tok hosil bo'ladi. Bu tok miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog'liq bo'ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbayi bilan hisoblagich orasiga o'rnatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog'liq ravishda o'zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo'lini to'la berkitsa, rezistordan o'tadigan tok nolga yaqin bo'ladi, nur yo'li ochilishi bilan, ya'ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o'lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so'ngra esa o'lchash asbobi 6 ga uzatiladi. Radioizotopli satho'lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath o'lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o'lchash uchun ishlatilishi mumkin, o'lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog'lanish bo'lmaganligi sababli agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o'lchash mumkin. Asboblar ko'rsatishining aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o'tkazuvchanlik, zichUk va boshqa fizik xossalarning) o'zga- rishiga bog'liq emas. Barcha radioizotopli asboblaming umumiy kamchiligi radioaktiv nurlaming tirik organizmga zararli ta'siridir. Asboblaming xatoligi ±0,5—1% dan oshmaydi. Bular, asosan, boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo'lmagan hollardagina qo'llaniladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling