Nashriyot-matbaaijodiy uyi


-§. GIDROSTATIK SATHO'LCHAGICHLAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

5.4-§. GIDROSTATIK SATHO'LCHAGICHLAR 
Gidrostatik satho'lchagichlar usti ochiq hamda bosim ostida bo'ladigan 
idishlardagi turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va 
qovushqoq moddalar) sathini o'lchashda ishlatiladi. Gidrostatik satho'l-
chagichlarda suyuqlik sathini o'lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan 
bosimni o'lchash bilan amalga oshiriladi, ya'ni: 
(5.10) 
bu yerda: P — suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Pa; H — suyuqlik sathi; m; p — 
suyuqlik zichligi, kg/m
3
;
 g — erkin tushish tezlanishi, m/s
2

(5.10) tenglama bosimni o'lchash asosida 
ishlaydigan satho'lchagichlarni qurish mum-
kinligini ko'rsatadi. 
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difma-
nometr yordamida o'lchaydigan gidrostatik 
satho'lchagichlar difinanometrik satho'lcha-
gichlar deb ataladi. 
Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo 
bosimiga o'zgartiruvchi gidrostatik satho'lcha-
gich pyezometrik satho'lchagich deb ataladi. 
Difmanometr bilan ochiq va yopiq idish-
lardagi suyuqliklar sathini, ya'ni bosim 
ostidagi, atmosfera yoki siyraklanish sha-
roitidagi suyuqliklar sathini o'lchash mumkin. 
Bunday asboblarning ishlash prinsipi ikki 
suyuqlik ustunining gidrostatik bosimlar farqini o'lchashga, ya'ni idishdagi 
suyuqlik sathiga bog'liq bo'lgan o'zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va 
solishtirish o'lchovi vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo'yicha bosimlar 
farqini o'lchashga asoslangan. 5.6-rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sathini 
difmanometr bilan o'lchash sxemasi ko'rsatilgan. 1 difmanometrning ikkala 
impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u agressiv bo'lmasa) bilan to'ldi-
riladi. Difmanometr sezgir elementiga ta'sir etadigan P
t
va P
2
bosimlar 
farqini o'lchaydi. Shu bosimlar uchun (5.10) tenglamaga mos ravishda 
quyidagi ifodalarni yozish mumkin: 
(5.11) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling